К содержанию
РецензированоUZ2025

YONDASHUVLAR ASOSIDA TIL TA’LIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA YOZMA NUTQ MOHIYATI

NUTQ MOHIYATI · Gulnora Narimova · Nizomiy nomidagi TDPU

Современная наука и исследования · 4 · 8911 – 8923 · 2025

Аннотация

In this article, in the improvement of language education, stereotyped word combinations in the student's official work documents, their characteristics, and the places of use of the stereotyped combination used in the official text are analyzed. Keywords. language education, administrative documents in the state language, approaches, style, text, morphological units, morphemic forms, syntactic device, work on the text. Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol yetib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilgan. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. 4 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O‘qitishga zamonaviy yondashuvlar asosida tashkillashtirish va interfaol metodlarini qo‘llash yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. Adabiy tilning nutq uslublari haqidagi dastlabki bilimlar umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridanoq ona tili darsliklarida o‘quvchilarga berib boriladi. O‘quvchilar yoshligidan nutq uslublarining ahamiyati, jamiyatdagi o‘rni haqida tushunchalarga ega bo‘lishadi. Uslublar til birliklaridan qanday foydalanishni ko‘rsatib beruvchi nutq turidir. Insonlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va mavqeini belgilaydigan mezon ham uning nutqidir. Nutq amaliyotida so‘zlashuv, ilmiy, publitsistik, badiiy va rasmiy uslublar mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z xususiyatlariga, qo‘llanish sohasiga ega. Jumladan, og‘zaki jonli so‘zlashuvda so‘zlashuv uslubidan, badiiy ijodiy matnlarda badiiy uslubdan, hujjatchilikda esa rasmiy uslubdan foydalaniladi. Nutq uslublarining rasmiy uslub turiga kiruvchi ish hujjatlari jamiyatda alohida o‘rin tutadi, chunki qaysi kasb egasi bo‘lishidan qati nazar har bir insonda rasmiy idoralarga, ishxona va tashkilotlarga yozma murojaat qilish ehtiyoji bor. Shu bois rasmiy ish hujjatlarini to‘g‘ri yozishga o‘rgatish millat savodxonligini ta’minlashning asosiy omillaridan biridir. Rasmiy uslubga xos ish yuritish hujjatlarida so‘zlar, leksik vositalar tanlab olinadi. Leksik vositalar nutq uslublarining qaysi turiga mansubligini aniqlab beradi. Har bir uslubga xos bo‘lgan leksik vositalar o‘sha uslub uchun uslubiy me’yor sanaladi. Nutqimizda ishlatilayotgan har bir so‘z leksik va grammatik ma’nolari bilan shu matndagi boshqa so‘zlarga mos kelsagina jumla ravon, fikr ifodali tarzda shakllangan bo‘lib, bu matn usluban sayqallashgan bo‘ladi. Ish yuritish hujjatlari matnida hissiy-emotsional so‘zlar ishlatilmaydi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining rasmiy ish uslubini ilk bor tadqiqot ishlarini olib borgan tilshunos D.A.Boboxonova ikki guruh leksikasini farqlaydi. 1. Rasmiy ish uslubida qo‘llaniladigan so‘zlar. 2. Bu uslubda qo‘llanmaydigan so‘zlar. Rasmiy ish uslubini morfologik jihatdan tahlil qilib ayrim leksik birliklarning qo‘llanilish yoki qo‘llanmasligiga ko‘ra bo‘linishi to‘g‘ri deb hisoblaymiz. O‘quvchilarga bu uslubda qo‘llaniladigan so‘zlar yuzasidan ma’lumot berib, misollar orqali tushuntirilganidan keyin q‘llanmaydigan so‘zlarni ham sanab o‘tish rasmiy matnni to‘g‘ri tuzish uchun zarur omil 4 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ vazifasini bajaradi. Hujjat matnlarida leksik birliklarni to‘g‘ri ishlata olgan o‘quvchi qoliplashgan birikmalarni ham mazkur matnlarda to‘g‘ri qo‘llab rasmiy matn tuza oladi. O‘zbek tilshunosligida ham rasmiy matnlarda qoliplashgan birikmalarni qo‘llash borasida talaygina ilmiy izlanishlar olib borilgan. Rasmiy uslubning hujjat matnlarida turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikmalarining ishlatilish o‘rinlari o‘rganilgan. “Turkiy hujjatchilik tarixida stereotip birliklarning ishlatilishi keng rusum bo‘lgan. Rasmiy qog‘ozlarning muayyan turlari va ularning bo‘limlari alohida o‘zigagina tegishli formulyarlarini yuzaga keltirgan. Rasmiy matnlarda qo‘llaniluvchi formulyarlarga qarab muayyan turlarga ajratish va uning janrini aniqlash imkoni yuzaga keladi”.1 Qoliplashgan so‘z birikmasini o‘quvchi tushuna olishi uchun u birinchi navbatda so‘z birikmasini o‘zi mustaqil tuza oladigan bo‘lishi kerak. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchida hujjat turlarining mohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan qoliplashgan so‘z birikmalari, qoliplashgan sintaktik tuzilmalar shakllana boshlaydi. Ariza birinchi shaxs tomonidan yozilishi haqida ma’lumotlar berilib, keyin bu hujjat matnida ishlatiladigan qoliplashgan so‘z birikmalari izohlanishi kerak. Turli zamonaviy yondashuvlarga tayanib ishlab chiqilgan innovatsion metodlarni qo‘llashning ijobiy tomoni shundaki, o‘quvchilar hujjat matnidagi qoliplashgan birikmani ishlatishni o‘rganishadi. Arizaning matn qismidagi “...ga qabul qilishingizni so‘rayman” “...ga ruxsat berishingizni so‘rayman” kabi qoliplashgan sintaktik tuzilmalar o‘quvchining hujjat matnini tuzishini yengillashtiradi. O‘quvchi

Доказательный фрагмент

«In this article, in the improvement of language education, stereotyped word combinations in the student's official work documents, their characteristics, and the places of use of the stereotyped combination used in th…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, in the improvement of language education, stereotyped word combinations in the student's official work documents, their characteristics, and the places of use of the stereotyped combination used in th… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
language education, administrative documents in the state language, uslub, yondashuvlar, morfemik shakllar, til ta’limi, matn ustida ishlash., davlat tilida ish yuritish hujjatlari, sintaktik qurilma, morfologik birliklar, matn
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники