К содержанию
РецензированоUZ2025

JADIDLARNING 1916 YILDAGI XALQ QO’ZG’OLONIDA TUTGAN O’RNI. MILLIY HUKUMAT - TURKISTON MUXTORIYATI VA UNING FAOLIYATI.

Yarashova Mohlaroyim Shuxrat qizi · Yuldosheva Feruza Yashin qizi · Mehriddin Yunusovich Haqqulov

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kunda ta'lim tizimida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar, ularning xalq turmushidagi ahamiyati haqida, shuningdek, ta’lim olishning yangicha ko’rinishdagi tartiblari haqida so’z yuritiladi. Kalit so’zlar: Masofaviy ta’lim, raqamli texnologiyalar, individual ta’lim, multimedia, dual ta’lim, konsensus, inklyuziv ta’lim. Bugungi kunda taʼlim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda, taʼlim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonuni 2020 yil 23 sentyabr kuni qabul qilingan boʼlib, uning maqsadi taʼlim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Mazkur Qonunga asosan taʼlim sohasidagi asosiy prinsiplar, taʼlim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qoʼyildi, unda belgilangan masofaviy taʼlim haqidagi qoidalar oʼquv rejalari va oʼquv dasturlariga muvofiq taʼlim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va koʼnikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmogʼidan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953-sonli Farmoni bo‘yicha harakatlar strategiyasida «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da masofaviy ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi ustuvor vazifalar belgilandi. Natijada masofaviy ta’lim jarayonlarini zamon talablariga mos ravishda raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirishga harakatlar boshlandi va jadallik bilan davom ettirilmoqda. 73 Mart, 2025-Yil Hozirgi vaqtda kompyuterdan foydalanish savodxonligi, shuning bilan birga yuqori darajada rivojlangan raqamli texnologiyalarning hayotimizga kirib kelganligi barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim sohasida ham katta o‘zgarishlar olib kirdi. Multimedia, gipermatnli qo‘llanmalarining yaratila boshlaganligi, mavzuga oid ma’lumotlarning to‘liq bera olish imkoniyatining paydo bo‘lganligi, shuningdek, o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida masofaviy muloqotning vujudga kelishi ta’lim jarayonini tashkil qilishni ancha yengillashtiradi. Qonunda dual taʼlimga oid qoidalar belgilanib, u taʼlim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va koʼnikmalarni olishga qaratilgan boʼlib, ularning nazariy qismi taʼlim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa taʼlim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.Shu o’rinda dual ta’lim haqida to’xtalib o’tamiz.Xo’sh dual ta’lim qanday ta’lim? Qisqacha aytganda, dual ta'lim - bu o'quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirish shakli bo'lib, u ta'lim muassasasida nazariy tayyorgarlikni va ish beruvchining tashkilotida amaliy mashg'ulotni nazarda tutadi. Dual ta'lim tor ma'noda amalda o'quv dasturi doirasidagi ish joyida amaliyotni tashkil etish shakliga to'g'ri keladi. Ushbu shakl, qoida tariqasida, kasb-hunar ta'limi tashkilotining ish beruvchining tashkiloti bilan o'zaro munosabatini anglatadi.Keng ma'noda, dual ta'lim - bu tizimlarning o'zaro ta'sirini ta'minlaydigan infratuzilmaviy mintaqaviy model: kadrlar ehtiyojini prognoz qilish, kasbiy o'zini o'zi aniqlash, kasb-hunar ta'limi, kasbiy malakani baholash, o'qituvchilar tarkibini, shu jumladan ishlab chiqarish ustozlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish. Tomonlarning munosabatlari moslashuvchan konsensus, kollegial boshqaruv tizimi bilan tartibga solinadi. Har bir tizim ikkinchisining rivojlanishiga ta'sir qiladi va ularning biri ikkinchisisiz mavjud bo'lolmaydi. Bu ikkitomonlama ta'lim (ta'lim) modeli samaradorligini ta'minlaydigan ishtirokchilarning funksiyalarini yaxlitligi va taqsimlanishi. Asosiy kasb-hunar ta'limi dasturini ishlab chiqish (yangilash) ish beruvchi tashkilotlar va kasbiy ta'lim tashkilotlari vakillari bilan birgalikda amalga oshirilishi kerak. Rivojlanish yoki yangilanish, bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lgan alohida ishchi guruhlarini yaratishni talab qiladi. O‘zbekistonda yoshlarning kasblar va mutaxassisliklarni egallashga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida 2021/2022-o‘quv yilidan professional ta’lim tizimida dual ta’lim tashkil etiladi. Bu haqda 29-mart kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi, manfaatdor vazirliklar va idoralarga iqtisodiyot tarmoqlarida tegishli kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan ehtiyojni muntazam o‘rganib, dual ta’lim tizimini tashkil etish hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli chora- 74 Mart, 2025-Yil tadbirlarni belgilash hamda dual ta’lim tashkil etiladigan tashkilotlar bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga takliflar kiritib borish vazifalari topshirildi.Hujjatga muvofiq, o‘quvchilar professional ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonlarida haftada kamida ikki kun ishtirok etadi. Qolgan ish kunlarida tegishl

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bugungi kunda ta'lim tizimida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar, ularning xalq turmushidagi ahamiyati haqida, shuningdek, ta’lim olishning yangicha ko’rinishdagi tartiblari haqida so’z yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bugungi kunda ta'lim tizimida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar, ularning xalq turmushidagi ahamiyati haqida, shuningdek, ta’lim olishning yangicha ko’rinishdagi tartiblari haqida so’z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yosh buxoroliklar, «Sho’roi ulamo», Rossiya, «Sho‘roi Islomiya», Turkiston jadidlari., Nikolay II, yosh xivaliklar, Oktyabr inqilobi, Moskva, «Turon» uyushmasi, Ittifoqi muslimin, Birinchi jahon urushi, Kuropatkin
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники