К содержанию
РецензированоUZ2025

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASHGA PEDAGOGIK TAYYORGARLIGINI SHAKLLANTIRISH

TAYYORGARLIGINI SHAKLLANTIRISH · Mo‘minova Marhabo · Abdushukurova Muxlisa Foziljon-qizi (Guliston davlat pedagogika instituti)

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This article analyzes the processes of forming pedagogical readiness of primary school teachers to work in inclusive education. The concept of inclusive education, methods of developing pedagogical competencies, and the role of teachers in inclusive education are discussed. The results of the study include recommendations necessary for organizing effective pedagogical activities in an inclusive education environment. Kirish: XXI asr ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish muhim yo‘nalishlardan biriga aylandi. Bu jarayon, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagogik tayyorgarligini yangi bosqichga ko‘tarishni talab etadi. Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi barcha o‘quvchilar, jumladan, maxsus ehtiyojli bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratishdan iborat. 28 Mart, 2025-Yil Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv muhitda ishlashga tayyorlashning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Inklyuziv ta’lim – oʻquvchilarning imkoniyatlari, individual-psixologik, jismoniy nuqson va oʻzlashtirish xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladigan ta’lim jarayonidir Inklyuziv ta’lim jismoniy va psixik imkoniyatlari cheklangan oʻquvchilarni sogʻlom oʻquvchilar bilan birgalikda oʻqitishni anglatadi. Inklyuziv ta’lim bir qator muhim tamoyillarga tayanilgan holda amalga oshiriladi. Jumladan,  inson qadri uning layoqatlari va yutuqlariga bogʻliq emasligi prinsipi;  har bir shaxsning his qilish va oʻylash layoqatiga egaligi prinsipi;  har bir shaxsning muloqot qilish va tinglash huquqiga egaligi prinsipi;  har bir shaxsning bir-biriga kerakliligi prinsipi;  shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim jarayonining aniq hamkorlik asosida amalga oshirilishi prinsipi;  har bir oʻquvchining oʻz tengdoshlarining qoʻllab-quvvatlovi va doʻstona munosabatlariga ehtiyojmandligi prinsipi;  turli-tumanlik oʻquvchi hayotining barcha jabhalarini rivojlantirishni ta’minlashi zarurligi prinsipi kabilar. Inklyuziv ta’limning maqsadi - alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar uchun maktabda maxsus vosita va metodlarni qoʻllash orqali maxsus pedagoglarni jalb etgan holda toʻsiqsiz moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish, ularning jamiyatga samarali moslashuvi hamda toʻlaqonli uygʻunlashuviga xizmat qiladigan sifatli ta’lim berishni ta’minlashdan iborat. Inklyuziv ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat:  rivojlanishning turli imkoniyatlariga ega boʻlgan oʻquvchilar uchun har qanday kamsitilishni istisno qiladigan, barcha bolalarga teng munosabatda boʻlishni ta’minlaydigan yagona moslashtirilgan ijtimoiy muhitni yaratish;  jamoatchilik hamda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarida alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar muammolariga nisbatan bagʻrikenglik munosabatini shakllantirish;  ta’lim jarayonida sogʻlom bolalar bilan bir qatorda alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning aqliy va ijtimoiy salohiyatlarini rivojlantirish; barcha oʻquvchilar uchun davlat ta’lim standartlariga muvofiq maktabgacha, umumiy oʻrta, kasb-hunar va oliy ta’lim dasturlarini oʻzlashtirish uchun imkoniyat yaratish; 29 Mart, 2025-Yil  oʻquvchilarning har tomonlama rivojlanishi, emotsional-irodaviy sohasi, bilish faoliyatini faollashtirish, ijtimoiy koʻnikma va salohiyatini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;  alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga maslahat yordami berish hamda ota-onalarni farzandlariga ta’lim-tarbiya berish, pedagogik texnologiyalar, ta’lim- tarbiya metod va vositalarini qoʻllash sohasida xabardorlik darajasini oshirish, ularni psixologikpedagogik jihatdan qoʻllab-quvvatlash. Inklyuziv ta’lim jarayonida alohida ta’lim ehtiyojiga ega boʻlgan oʻquvchilar sogʻlom bolalar bilan birga bir maktabda, sinfda oʻqitiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar maktabga qadam qoʻygan kunlaridan boshlab alohida qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻladilar. Bunday qoʻllab- quvvatlash ularning butun hayotlari davomida zarur hisoblanadi. Shuning uchun ham maktab ta’limining dastlabki boʻgʻinlaridan boshlab, bunday oʻquvchilarning ijtimoiy rivojlanishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish talab etiladi. Material va uslublar: Tadqiqot davomida quyidagi usullar qo‘llanildi: 1. Nazariy tahlil: inklyuziv ta’lim bo‘yicha ilmiy adabiyotlar va hujjatlarni o‘rganish. 2. So‘rovnoma va intervyu: boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining inklyuziv ta’limga tayyorligi darajasini baholash. 3. Pedagogik eksperiment: maxsus tayyorgarlik dasturlarining samaradorligini sinovdan o‘tkazish. 4. Statistik tahlil: yio‘ilgan ma'lumotlarni tizimlashtirish va umumlashtirish. Natijalar va muhokamalar: Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining inklyuziv ta’limga tayyorligi ko‘p jihatdan ularning maxsus bilimlari va amaliy ko‘nikmalariga boo‘liq. Tadqiqot ishtirokchilari orasida inklyuziv ta’lim tamoyillari va metodikasi haqida yetarli bilimga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar mavjudligi aniqlandi. Maxsus dasturlar asosida o‘tkazilgan tayyorgarlik jarayonlari o‘qituvc

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the processes of forming pedagogical readiness of primary school teachers to work in inclusive education.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the processes of forming pedagogical readiness of primary school teachers to work in inclusive education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘qituvchi kompetensiyalari, maxsus ehtiyojli bolalar, Inklyuziv ta’lim, pedagogik metodika., boshlang‘ich sinf, pedagogik tayyorgarlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники