К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG'ICH TA‘LIMDA DARS JARAYONLARINI TASHKIL ETISH

Baxtiyorova Zarifa

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Maqola pedagogik metodlar, o'qituvchining roli, ta'limda innovatsion texnologiyalarni qo'llash, darsning samaradorligini oshirish uchun zarur bo'lgan uslubiy yondashuvlar haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishda o'qituvchining yaratgan o'quv muhiti va darsning o'ziga xos xususiyatlari haqida ham so'z boradi. Kalit so’zlar: Differentsial, klister, pedagogik, aqliy hujum, STEM, metodlar, kooperativ ta'lim. Boshlang‘ich ta'lim bosqichida o'quvchilarning ta‘limga bo‘lgan munosabati, qiziqishlari shakllanadi. O‘quvchilarning ta'limga bo‘lgan munosabatini o'stirish uchun ta'lim jarayonining samaradorligini hisobga olgan holda ish yuritishimiz zarurdir. Avvalo boshlang‘ich ta'lim darslari bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etilishi lozim. Boshlang‘ich ta'lim darslari bolalarga faqat bilim berishga emas, balki qiziqish uyg'otishga, mustaqil fikrlashga, ijotkorlikni rivojlantirishga ham yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bolalarga dars davomida mavzuni yaxshi tushunishi uchun yoki fikrlash qobiliyatini yanada oshirish uchun, o'tilgan mavzularni takrorlash va eslab qolishi uchun interfaol metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Dars jarayonida o‘quvchilar bilan rolli o‘yinlar, guruh-guruh bo'lib ishlash,muammoli ta'lim usullarini qo'llash ham yaxshi samara beradi va yana o‘quvchilar bilan savol-javob tarzda darsni olib borish, darslik kitoblarda berilgan she'rlar yoki matnlarni soniyaga quyib o‘qitish ham o‘quvchilarning bilim darajasini tekshirish va yanada yaxshi o‘qishiga sababchi bo‘ladi desak mubolag'a bo'lmaydi va yana qo'llashimiz mumkin bo‘lgan metodlardan "Beynstorming" (fikrlar bo‘roni), "Klaster" usuli, " Aqliy hujum" kabi metodlar o'quvchini dars davomida faol ishtirok etishga undaydi. Bundan tashqari boshlang‘ich sinf o'quvchilariga bilim berishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishimiz ta'lim samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi. Quyida eng dolzarb bo‘lgan zamonaviy ta'lim texnologiyalarini sanam o'tamiz, misol tariqasida elektron darsliklar, videodarslar, interfaol doskalar, proyektor va sensorli ekranlar, raqamli ta'lim platformalari, mobil ilovalar, virtual va kengaytirilgan reallik, robotatexnika va STEM, sun'iy intellekt va ovozli yordamchilar. 9 Mart, 2025-Yil Bu texnologiyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qiziqishini oshirish, mustaqil o‘rganish va interfaol ta'lim jarayonini tashkil etishda katta yordam beradi. Boshlang‘ich ta'limda differentsial yondashuv haqida so‘z borganda shuni tushunishimiz mumkinki, har bir o‘quvchining qobiliyati, qiziqishi va o'zlashtirish tezligini inobatga olgan holda individual yondashuv muhimdir. O‘quvchilarni rag'batlantirish, ularga mos topshiriqlar berish motivatsiyani oshiradi. Topshiriqlarni murakkablik darajasiga qarab moslashtirish, ba'zi o‘quvchilar dars materialini tez o‘zlashtiradi, boshqalar esa ko'proq vaqt talab etishi mumkin. Shuning uchun topshiriqlar yengil, o‘rtacha va murakkab variantlarga bo‘linadi. O‘quvchilarning qiziqishiga mos yondashish ham muhim hisoblanadi, ba'zi bolalar tasviriy san'at orqali yaxshi o‘rganadi, boshqalari esa tajribalar orqali o'rganishi mumkin. Differentsial yondashuv har bir bolaning o‘rganish uslubiga mos metodlarni qo‘llashga yordam beradi. Differentsial yondashuvni uch turga bo'lib o'rganamiz, 1.Mazmun bo‘yicha differentsial yondashuv, ya'ni o‘quvchilarning bilim darajasiga qarab turli topshiriqlar berish. 2.Jarayon bo‘yicha differentsial yondashuv, ya'ni o‘quvchilarning o‘ziga qo'lay usulda o‘rganishini ta'minlash. 3.Natijaga yo'naltirilgan differentsial yondashuv, ya'ni o‘quvchilarning imkoniyatlariga mos baholash tizimini qo‘llash kerak. Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda dars jarayonini samarali tashkil etishning asosiy jihatlari ko'rib chiqiladi. Maqola pedagogik metodlar, o'qituvchining roli, ta'limda innovatsion texnologiyalarni qo'llash, darsning samaradorligini oshirish uchun zarur bo'lgan uslubiy yondashuvlar haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishda o'qituvchining yaratgan o'quv muhiti va darsning o'ziga xos xususiyatlari haqida ham so'z boradi. 1.Pedagogik metodlar va yondashuvlar: Boshlang'ich sinflarda dars jarayonini samarali tashkil etish uchun o'qituvchilar didaktik metodlardan foydalanadilar. Bu metodlar ta'limning turli jihatlarini o'z ichiga oladi, masalan: so'zlashuv, yozma ishlar, amaliy mashqlar, o'yinlar, guruh ishlari va boshqalar. Har bir metodning o'ziga xos afzalliklari bor. Masalan, o'yinlar orqali o'quvchilar darsda faollashadilar, guruh ishlari orqali esa ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantiradilar. 2.Innovatsion texnologiyalarni qo'llash: Hozirgi kunda raqamli texnologiyalar ta'lim jarayoniga katta ta'sir ko'rsatmoqda. Boshlang'ich sinflarda interaktiv doskalar, ta'lim ilovalari, onlayn resurslar va multimedia materiallari qo'llanilishi darsni yanada qiziqarli va samarali qiladi. Bu texnologiyalar o'quvchilarning mustaqil fikrlash qo

Доказательный фрагмент

«Maqola pedagogik metodlar, o'qituvchining roli, ta'limda innovatsion texnologiyalarni qo'llash, darsning samaradorligini oshirish uchun zarur bo'lgan uslubiy yondashuvlar haqida ma'lumot beradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqola pedagogik metodlar, o'qituvchining roli, ta'limda innovatsion texnologiyalarni qo'llash, darsning samaradorligini oshirish uchun zarur bo'lgan uslubiy yondashuvlar haqida ma'lumot beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kooperativ ta'lim., klister, pedagogik, Differentsial, STEM, aqliy hujum, metodlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники