American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
YANGI FIZIOLOGIK FAOL MODDALARNI PAXTA HOSILDORLIGIGA, BARG YUZASI VA QURUQ MODDA MIQDORIGA TA’SIRI
К.А Давронов · Д.К. Ибрагимова
Interpretation and researches · 2 · 1978
Аннотация
Maqolada g‘o‘za o‘simligining ma’lum rivojlanish davrlarida, ularga har xil yangi fiziologik faol moddalarni ta’siri o‘rganilib, paxta hosildorligiga va barg sathiga va quruq massa miqdoriga ta’siri haqida bayon etilgan. O‘simliklarga ta’sir etuvchi asosiy moddalar sifatida “Avangart start”, “Guliver” biostimulyator g‘o‘za o‘rtacha hosil o‘zgarishi laboratoriya va dala sharoitlarida fenologik kuzatuvlarga asosan o‘rganilib, xosil sifatiga ijobiy tasiri kuzatilgan. Kalit so‘zlar: G‘o‘za parvarishi, agrotexnik omillar, "Guliver", “Avangart” biostimulyatorlari, “Antiklorat” insektitsit , gumin tuzlari, yantar kislota, hosil elementlari, g‘o‘za navlari, paxta hosili, Nichiporovich usuli, kimyoviy moddalar. Kirish:Respublikamiz taraqqiyotining bozor munosabatlariga o‘tish davrida barcha yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik maxsulotlari jahon bozori talablariga javob beradigan darajada sifat ko‘rsatkichiga ega bo‘lishini taqozo etadi. Shu boisdan, jahon talablariga javob beradigan serhosil, tezpishar, sifatli va kasalliklarga chidamli paxta navlarini yaratish va ularni parvarishlashda yuqori sifatli agrotexnologiyalarni ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida ekinlari parvarishida urug‘ining unuvchanligi va unib chiqish quvvatini oshirishda, o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishini yaxshilanishida, qurg‘oqchilikka, sho‘rga, kasallik hamda zararkunandalarga chidamliligini oshirishda fiziologik faol moddalarni o‘rni juda katta bo‘lib, ular o‘simlikka ijobiy ta’sir etadi. (Blagoveщenskiy A.V. (1978), Aximbetova G. Rashidova S.Sh. (2003), Abdualimov Sh.H. (2007). Respublikamizda mahalliy xomashyolaridan tayorlangan va chetdan keltirilgan yangi biostimulyatorlarni, o‘g‘itlarni sinash, qo‘llash muddat va me’yorlarini ishlab chiqish maqsadida Farg‘ona viloyati o‘tloqi soz tuproq iqlim sharoitida yangi ishlab chiqarilgan “Guliver”, “Avangart” va “Antiklorat” stimulyatorlari bilan S-8290 g‘o‘za navining shonalash davrida ishlov berishning nihollarni o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini o‘rganish hamda maqbul me’yorlarini aniqlab, ishlab chiqarishga tavsiya etish uchun tajribalar olib bordik. Tadqiqot ishimizdagi biostimulyatorlarni qisqacha kimyoviy va fiziologik tavsifi. 212 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Guliver urug‘larni ekishdan oldin dorilashda va ekinlarni bargi orqali oziqlantirishda qo‘llaniladigan ekinlarni o‘sishi va rivojlanishini faollashtiradigan stimulyatorlar kompleksi. Guliver stimulyatorlar Gumin kislotalarni kaliy tuzlari 40g/lda, yantar(qahrabo) kislotasi 3g/l va mikroelementlar. Ekin unib chiqishini tezlashtiradi, o‘sish quvvatini oshirib, ildiz tizimini o‘sish va rivojlanishini tezlashtiradi.Ekinlarni noqulay tashqi muhit ta’siriga va kasalliklarga chidamliligini oshiradi. Gullash va xosil to‘plash xususiyatlarni yaxshilaydi. Ekin turiga qarab xosildorlikni 10-15%ga oshiradi va xosilni sifatini yaxshilaydi. Avangart Start ekinlar tomonidan oson o‘zlashtiriladigan, makro-mikro elementlarning eng muqobil nisbati bo‘lgan murakkab o‘g‘it. Urug‘larga ekishdan oldin ishlov berishda va ekinlari bargi orqali oziqlantirishda qo‘llaniladi. Preparatning afzalliklari xosildorlikni 10-30%oshiradi(ekin turiga qarab). Urug‘ni rivojlanish quvvatini 3-5% ga dalada unib chiqishini 8-10% ga oshiradi, yoppasiga unib chiqishini ta’minlaydi. Ekinlar immunitetini, ularning kasalliklarga chidamliligini oshiradi, o‘sishi va rivojlanishi kuchaytiradi. Ekinlarda mikroelementlarning yetishmasligi tezda bartaraf etadi. Ekinlarning past, sovuq xaroratlarga chidamliligini oshiradi va kuzgi ekinlarning yaxshi qishlashiga yordam beradi.Ildiz tizimini, ayniqsa, yon ildizlarining o‘sishi va rivojlanishini faollashtiradi, mineral ozuqalarni va suvni faol iste’mol qilish xususiyatlarni kuchaytiradi. Olingan natijalar va ularning taxlili. 1-Jadval Nazorat Qaytariqlar Terimlar O‘rtacha dan № Tajriba variantlari bo‘yicha, bo‘yicha hosil farqi I II III 1 2 1 Nazorat 32,9 27,6 28,9 20,8 10,0 30,8 - 2 Universal (andoza) 30,6 33,6 31,6 21,8 10,1 31,9 1,1 3 Antiklorat 30,6 34,2 32,9 21,6 11,0 32,6 1,7 4 Avangart 39,5 35,5 38,2 26,1 11,6 37,7 6,9 5 Guliver 36,8 39,5 36,2 23,7 13,8 37,5 6,7 6 Gul+Avan+Antiklorat 34,9 36,2 32,6 23,6 11,0 34,5 3,7 7 Avan+Gul+Antiklorat 36,2 34,2 31,6 22,8 11,2 34,0 3,2 8 Gul/Avangart/Antiklorat 39,5 34,2 34,2 24,8 11,2 36,0 5,1 213 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Tajriba xulosalari: Biostimulyatorlar qo‘llanilgan variantlarda nazoratga nisbatan 1,1-6,9 s/ga qo‘shimcha hosil olingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich Avangart nisbatan 6,9 s/ga yoki qo‘shimcha 6,2-10,8% ni tashkil etdi. G‘o‘zani bargidan oziqlantirishda Guliver variantida qo‘llanilganda ham nazoratga nisbatan 6,7 s/ga qo‘shimcha paxta hosil olingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich Gul+Avan+Antiklorat aralashma xolatida qo‘llanilgan variantda 3,7 s/gani, 7 var
Доказательный фрагмент
«Maqolada g‘o‘za o‘simligining ma’lum rivojlanish davrlarida, ularga har xil yangi fiziologik faol moddalarni ta’siri o‘rganilib, paxta hosildorligiga va barg sathiga va quruq massa miqdoriga ta’siri haqida bayon etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada g‘o‘za o‘simligining ma’lum rivojlanish davrlarida, ularga har xil yangi fiziologik faol moddalarni ta’siri o‘rganilib, paxta hosildorligiga va barg sathiga va quruq massa miqdoriga ta’siri haqida bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- hosil elementlari, Nichiporovich usuli, agrotexnik omillar, G‘o‘za parvarishi, g‘o‘za navlari, gumin tuzlari, paxta hosili, kimyoviy moddalar., yantar kislota, "Guliver", “Avangart” biostimulyatorlari, “Antiklorat” insektitsit
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016