Иностранная филология: язык, литература, образованиеИрода Баенханова2019
ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Abdulloyeva Dilafruz G‘aybulloyevna
Interpretation and researches · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu maqola ona tili darslarida qo‘llash mumkin bo‘lgan turli xil metodlar, o‘quvchilarning kreativ, mantiqiy fikrlashiga yo‘naltirilgan bir qancha ko‘nikma va malakalar, zamonaviy tilshunoslikda metodlarni qo‘llash va ta’limni rivojlantirishga oid fikrlar ilgari suriladi. Kalit so‘zlar: metod, til, interfaol ve interaktiv metodlar, so‘z, gap, metodika, ta’lim. USE OF INTERACTIVE METHODS IN UZBEK LANGUAGE LESSONS Annotation: This article presents various methods that can be used in native language classes, a number of skills and qualifications aimed at creative and logical thinking of students, ideas on the use of methods in modern linguistics and the development of education. Key words: method, language, interactive and interactive methods, word, sentence, methodology, education. Uzoq yillar davomida an’anaviy dars o‘tish ta’limning asosiy shakllaridan biri bo‘lib keldi. An’anaviy darsda o‘qituvchi faol, o‘quvchi esa passiv ishtirokchiga aylanadi. Bu esa o‘quvchining mustaqil fikrlashi, hodisaga kreativ yondashishi, izlanuvchanlik qobiliyatining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bugungi kunga kelib ta’lim tizimi ancha taraqqiy qildi hamda yangi, zamonaviy, interaktiv va interfaol metodlar orqali o‘quvchilarga bilim, ko`nikma va malakalar o`rgatib kelinmoqda. Zamonaviy tilda metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi esa butun jarayon davomida faol ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: - ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish; - ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi; - ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi; 106 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 - o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi; - ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi; - amalda bajarish orqali o‘rganilishi; - ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi Shu jumladan, har bir fanni qunt bilan o‘rganishda metodlarning ahamiyati katta. Shuningdek, ona tili o‘qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlaydi, o‘qishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va kamchiliklarini bartaraf etish usullarini topadi. Ona tili metodikasi ta’lim tizimining barcha bosqichlirida ona tilini o‘qitishning izchillik va uzlnksizligini ta’minlaydi. Maktabgacha tarbiya muassasasida, asosan, bolalaning nutqini o‘stirish nazarda tutiladi. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar nutqini o‘stirishdan tashqari, ona tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o‘zlashtirishlari ham nazarda tutiladi. Maktabda ona tili o‘qitish metodikasining bunday yo‘nalishi haqiqatni bilish qonuniyatlariga ham, hozirgi zamon didaktikasi vazifalariga ham mos keladi. „Ta’lim to‘g‘risida“gi qonunda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari belgilab berildi: — ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; — ta’limning uzluksizligi va izchilligi; — umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limilmning majburiyligi; — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; — ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; — davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; — ta ’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; — bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; — ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish; Metod so‘zining asl ma’nosiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, aslida yunoncha,,metodos“ so‘zidan olingan bo‘lib, „bilishva tadqiqot yo‘li“, „nazariya“, „ta’limot“ kabi ma’nolarini bildiradi. Maktablarda o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshirish, ta’lim sifatini yana samarali qilish, darsnind tarbiyaviy, ta’limiy hamda rivojlantiruvchi maqsadiga erishish uchun yuzlab interfaol metodlar ishlab chiqilgan. Har bir pedagog o‘z faniga mos bo‘lgan metodlarni qo‘llab, o‘quvchining o‘zini mustaqil fikrlashga, mantiqiy o‘ylashga undaydi. Turli xildagi interaktiv metodlar va o‘yinlarning dars davomida foydalanilishi avvalo, pedagog mahorati bilan bog‘liq. Sababi, metodlar darsdan bir kun oldin tayyor holga keltirilishi, kerakli ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, qisqa savol-javob va testlar, baholash mezonlarini shakllantirish shuningdek o‘rganuvchilarni rag‘batlantirish va jazolash maqsadga muvofiq. Har bir metod 107 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola ona tili darslarida qo‘llash mumkin bo‘lgan turli xil metodlar, o‘quvchilarning kreativ, mantiqiy fikrlashiga yo‘naltirilgan bir qancha ko‘nikma va malakalar, zamonaviy tilshunoslikda metodlarni qo‘llash…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola ona tili darslarida qo‘llash mumkin bo‘lgan turli xil metodlar, o‘quvchilarning kreativ, mantiqiy fikrlashiga yo‘naltirilgan bir qancha ko‘nikma va malakalar, zamonaviy tilshunoslikda metodlarni qo‘llash… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- method, language, interactive and interactive methods, word, so‘z, metodika, til, gap, interfaol ve interaktiv metodlar, metod, ta’lim.
Смежные источники
Медицина и инновацииХ Камилов, К Тахирова +12021
Иностранная филология: язык, литература, образованиеА.Нурмухамедов СамДУ доценти, Илм аҳлига инкор категорияси2017
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021