Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
INKLYUZIV TA’LIMNING SHARQ VA G‘ARB MAMLAKATLARIDA RIVOJLANISH TARIXI
RIVOJLANISH TARIXI · Musayeva N.S. · Adhamova D
Interpretation and researches · 2 · 04-06 · 2020
Аннотация
In this article, views on inclusive education in Eastern and Western countries and the history of its development are covered Keywords: special education, inclusive education, child with disabilities, general education institutions, socialization, history of its development. Bugungi kunda respublikamizda barcha ta’lim shakllari kabi inklyuziv ta’limning ahamiyati yanada oshib bormoqda. Jumladan, 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonnuning 20-mоddаsidа inklyuziv tа’lim аlоhidа tа’lim ehtiyоjlаri vа individuаl imkоniyаtlаrning xilmа-xilligini hisоbgа оlgаn hоldа bаrchа tа’lim оluvchilаr uchun tа’lim tаshkilоtlаridа tа’lim оlishgа bо‘lgаn teng imkоniyаtlаrni tа’minlаshgа qаrаtilgаnligi mustаhkаmlаnаdi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2019-yil 29-аpreldаgi Fаrmоnidа tаsdiqlаngаn О‘zbekistоn Respublikаsidа xаlq tа’limi tizimini 2030-yilgаchа rivоjlаntirish kоnsepsiyаsida inklyuziv ta’limni joriy qilishda barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishi, pedagog xodimlarni tayyorlash, o‘quv-metodik ta’minot ishlab chiqish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan61. Inklyuziv ta’limni rivojlantirish muammosi jahonda ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Uni rivojlantirish maqsadida BMT, YUNESKO kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan bir qator qarorlar qabul qilinib, katta loyiha ishlari amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bunga misol tariqasida 1994-yil 7-8-iyunda o‘tkazilgan Ispaniyaning Salamanka shahrida o‘tkazilgan “Ta’lim hamma uchun” nomli konferensiyasini olishimiz mumkin. “Salamanka bayonoti va ish faoliyati Rejasi” 61 Musayeva. N.S, Tolibjonova.D. “Inklyuziv ta’lim ta’limning imkoniyati cheklangan bola hayoti va ta’limida tutgan o‘rni”. “Inklyuziv ta’limning dolzarb masalalari: muammo va ularning yechimlari”, Qo‘qon davlat pedagogika instituti. 215-219 betlar. 97 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 ning asosiy yetakchi tamoyili shundan iboratki, maktablar barcha bolalarni, ularning jismoniy, aqliy, ijtimoiy, hissiy, tili va boshqa xususiyatlaridan qat’iy nazar o‘qishga qabul qilishlari lozim62. Bu atama (ingiliz tilidan olingan bo‘lib, inclusive, inclusion- uyg‘unlashish, uyg‘unlashtirish, qamrab olmoq ma’nolarini bildiradi) nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni (diskriminatsiya) bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga tushishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. Yuqorida berilgan ta’rifdan ham ko‘rinib turibdiki, inklyuziv ta’lim turli ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan barcha ta’lim oluvchilarni qo‘llab- quvvatlaydi va o‘z bag‘riga oladi. Hech kim umumta’lim tizimidan chetda qolmaydi63. Xo‘sh, bu ta’lim shakli qanday qilib butun biri tizimga kiritildi? Bunga qanday sabablar bor edi? Ushbu ta’lim shakli qanday rivojlandi? Quyida qisqacha tarixi bilan tanishaylik. Yevropa tarixida nogironlarga nisbatan bugungi kunda biz bilganimizdek munosabatda bo‘lishmagan. Ularning huquqlari uchun kurashishmagan. Aksincha ularni o‘ldirishgan yoki o‘yin-kulgi obyekti sifatida qarashgan. Ular imkoniyati cheklangan odamlarni boshqa sof inson turini ifloslantiruvchi, ijtimoiy xavf sifatida qaraganlar. Shunday qilib, ularning naznida jamiyat nogironlardan himoyalangan bo‘lishi kerak edi. Haqiqatda esa ular jamiyatdan himoyalangan bo‘lishlari zarur bo‘lgan. Xayriyachilar nogironlarga vasiylik ostida bo‘lishlarini muhim deb bildilar. Bunday munosabat nogironlarning oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlangan boshpanalarga joylashtirilishiga olib keldi. Boshpanalar lekin bu ta’lim muassasalari emasdi (Pritchard, 1960; Bender, 1970)64. Ba’zi imkoniyati cheklanganlar, asosan jismoniy va aqliy nuqsonlari bo‘lganlar, shuningdek, ruhiy kasallar, parvarishlash va davolash uchun shifoxonalarga joylashtirildi. Bu institutsionalizatsiya davri edi. XV asrda xususiy xayriya tashkilotlari tomonidan sezgi organlarida nuqsoni bo‘lgan nogironlar uchun maxsus maktablar ochila boshladi. Davlat maktablarini esa kengaytirib, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus sinflar ochish ko‘rib chiqila boshlandi. Ilk maxsus maktablarda asosiy e’tibor imkoniyati cheklangan bolalarni kasb-hunar o‘rgatishga qaratildi. Shunisi bilan ularning o‘quv rejasi davlat maktablarinikidan farq qilardi. Bu maxsus maktablar xayriya jamiyatlariga tegishli bo‘lsa-da, keyinroq ularda hukumatning ishtiroki paydo bo‘lgan. Keyinchalik, 62 Shomahmudova. R.Sh. “Maxsus va inklyuziv ta’lim. Xalqaro va milliy tajribalar”. Uslubiy qo‘llanma. “Chashma Print”. Toshkent. 2011. 63 Musayeva. N.S, Tolibjonova.D. “Inklyuziv ta’lim ta’limning imkoniyati cheklangan bola hayoti va ta’limida tutgan o‘rni”. “Inklyuziv ta’limning dolzarb masalalari: muammo va ularning yechimlari”, Qo‘qon davlat pedagogika instituti. 215-219 betlar. 64 Kisanji J. Historical and Theoretical Basis of
Доказательный фрагмент
«In this article, views on inclusive education in Eastern and Western countries and the history of its development are covered Keywords: special education, inclusive education, child with disabilities, general educatio…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, views on inclusive education in Eastern and Western countries and the history of its development are covered Keywords: special education, inclusive education, child with disabilities, general educatio… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- special education, inclusive education, child with disabilities, ijtimoiylashuv, imkoniyati cheklangan bola, umumta’lim muassasalari, maxsus ta’lim, rivojlanish tarixi., inklyuziv ta’lim
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025