Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
HUVAYDO G‘AZALLARIDA TASAVVUF VA ZIKR MASALASI
Hayotjon Abdullayev
Interpretation and researches · 2 · 2026
Аннотация
ushbu maqolada Huvaydo ijodidagi g‘azal janridagi she’rlarda tasavvuf va tariqat, zikrning qanday ulug‘ amallardan ekaniga va g‘azallardagi she’riy san’atlar hamda tasavvufiy qarashlarning badiiy ifodasi kabi qator o‘ziga xos masalalar yuzasidan fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: Huvaydo, g‘azal, tasavvuf, orif, tariqat, she’riy san’at, tatabbu, ma’rifat, aruz, hazaj, ramah, rajaz va mutaqorib, bahr, tazod, tashbeh, irsoli masal, xusni ta’lil, kitobat, talmih, ruju, zikr. Xojanazar Huvaydoning asarlarida asosan hasbi hol, ya’ni o‘zining ahvolini bayon qilgan holda, boshqalarga ma’rifat tarqatish maqsadi birinchi planga ko‘tarilgan. Uning g‘azallari asosan aruz vazninig mumtoz milliy adabiyotimiz uchun an’anaviy bo‘lgan hazaj, ramah, rajaz va mutaqorib bahrlarida bo‘lib, o‘ziga xos musiqiylikni kasb etgan. Shu bilan birga ulug alloma Ahmad Yassaviyning hikmatlarida bo‘lgani kabi o‘zini analiz qilish va shu orqali hayotiy xulosalar chiqarish ustuvorlik qiladi. Masalan Xojanazar Huvaydo devonidan joy olgan “Majnuni benavo kabi…” g‘azalida ham o‘z ahvolini bayon qilish orqali atrofdagilarni Haq yo‘lida odimlash mashaqqatlari haqida so‘z yuritadi. Majnuni benavo kabi Layliga yig‘lag‘on o‘zum, Dashti jununda loladek bag‘rini tig‘lag‘on o‘zum.11 Mazkur g‘azalning birinchi misrasida solik, ya’ni tariqat yo‘lidagi oshiq o‘zining holatini xuddi sahrodagi Layli ishqida azoblangan Majnunga qiyoslaydi. Bu o‘rinda tashbihx va talmih san’atlari yuzaga keladi. Tashbihning turli navlarni bor bo‘lib, bu misrada ulardan fe’l-atvorini, holatini, xatti-harakatini o‘xshatish o‘rinlari o‘xshaydi. O‘zidan avval yashab ijod qilgan ustozlarning asarlaridagi qahramonlarni o‘z asariga kiritish she’riy san’atlar orasida talmih deb ataluvchi san’atni yuzaga chiqarishini bilamiz. Yuqoridagi misrada ham mashxur “Layli va Majnun” dostoni qahramonlari tilga olinadi. Baytning ikkinchi misrasida ham talmih hamda tashbih she’r san’atlari namoyon bo‘ladi, “dashti junun” va “loladek” so‘zlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Tashbih – o‘xshatish demak. Shoir tasvirda biror narsani ikkinchi biror narsaga o‘xshatsa, tashbih san’ati bo‘ladi. O‘xshatishlar esa behad xilma-xil: hajman o‘xshatish, rangini o‘xshatish, hidini o‘xshatish, xatti-harakatini o‘xshatish, fe’l- 11 Ҳожаназар Ҳувайдо. “Девон”.– Тошкент: “Янги аср авлоди”, 2008. 163-b. 51 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 atvorini o‘xshatish, narsani odamga va odamni narsaga o‘xshatish… Tashbihdan maqsad: o‘sha o‘xshatilgan narsani aniqroq tasavvur etish; butun ta’sirchanligi bilan ko‘z oldiga keltirish; o‘xshatib suydirish va o‘xshatib bezdirish; o‘xshatib maqtash va o‘xshatib rasvoyi jahon qilish… Xullas, bu tashbeh degan san’at imkoniyatlari chek- chegarasizdir.12 Yetti baytdan iborat bo‘lgan yuqoridagi g‘azalning qolgan o‘rinlarida ham o‘z holini bayon qilish yo‘sini davom ettiriladi, ishq yo‘lida, katta orzular bilan Haq jamoliga yetishga bel bog‘lagan solik o‘zi duch kelgan mashaqqatu azoblarni bir-ma- bir bayon qiladi. Jumladan, g‘azalning so‘nggi baytida shunday deydi: Xasta Huvaydoni biling jumla taaluqotini, Misli kulolning loyidek yerda ayoqlag‘on o‘zum.13 Mazkur g‘azal aruz she’r tizimining ramal bahrida yozilgan bo‘lib, a-a, b-a, d-a shaklida qofiyalangan va yakpora g‘azalga misol bo‘ladi. G‘azalning dastlabki ikki misrasida, yani matlada kelgan va qilgan baytlarning ikkinchi misrasida qo‘llangan “o‘zim” so‘zi radif vazifasini o‘tagan. Bundan kelib chiqadiki, Huvaydoning bu she’rini “O‘zim” radifli g‘azali deyish mumkin. G‘azalning maqtasida muallif o‘zining tahallusini kiritib ketgan. Bu jarayon Huvaydoning ko‘plab g‘azallarida uchraydi. Shoir bu yondashuv bilan o‘zini ta’kidlabgina qolmay, ko‘p o‘rinlarda o‘zini koyidi. Mazkur asarda boshdan-oyoq tariqat yo‘lidagi orifning dardu azoblari rang- barang tashbih va boshqa vositalar misolida tasvirlangan. Xojanazar G‘oyibnazar o‘g‘li Huvaydo ijodining butun mazmun- mohiyati Alloh rizoligiga yetishish, bu yo‘lda sobitqadam bo‘lib, islomiy arkonlarnito‘kis bajarish, Haq ishqi bilan g‘ofil ko‘zlarni ochishni ko‘zda tutadi. So‘fiy ijodkor bu borada o‘z maqsadini zamondoshlari va kelajak avlodga yetkazish uchun she’riy yo‘lni tanlagan. Huvaydo o‘zi yashab, ijod qilgan davrida ham, hozirgi kunda ham milliy adabiyotimizning oldingi qatorlarida tilga olinadi. Huvaydo g‘azallarida majoziy ishqdan ko‘ra, haqiqiy, ya’ni Alloh ishqini kuylash yetakchilik qiladi. Uning g‘azallarining bir baytida ham bir katta hajmli asarda uchrashi mumkin bo‘lgan ma’no va mazmun mujassamligini anglash mumkin. Hozir ana shunday baytlardan birini tahlil qilishga harakat qilib ko‘ramiz. Masalan avliyo ijodkor devoniga kiritilgan g‘azallardan birining bir baytini olaylik. Yig‘lagil Haq yodi birla kecha-kunduz zor-zor, Ko‘z yoshingni oquzub, monandi abri navbahor.14 12 Rahmonov V. She’r san’atlari, “Sharq” nashriyoti. Toshkent – 2020. 127-b. 13 Ҳожаназар Ҳувайдо. “Девон”.– Тошкент:
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada Huvaydo ijodidagi g‘azal janridagi she’rlarda tasavvuf va tariqat, zikrning qanday ulug‘ amallardan ekaniga va g‘azallardagi she’riy san’atlar hamda tasavvufiy qarashlarning badiiy ifodasi kabi qator o‘…»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada Huvaydo ijodidagi g‘azal janridagi she’rlarda tasavvuf va tariqat, zikrning qanday ulug‘ amallardan ekaniga va g‘azallardagi she’riy san’atlar hamda tasavvufiy qarashlarning badiiy ifodasi kabi qator o‘… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tasavvuf, kitobat, tazod, aruz, tatabbu, tariqat, tashbeh, g‘azal, she’riy san’at, zikr., Huvaydo, rajaz va mutaqorib, ramah, hazaj, ruju, irsoli masal, bahr, orif, talmih, ma’rifat, xusni ta’lil
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026