Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
QARNOBCHO‘L LANDSHAFTLARINING GEOEKOLOGIK MUAMMOLLARI
QARNOBCHO‘L LANDSHAFTLARINING GEOEKOLOGIK · Abdurashidova Saida Tolliboy Qizi
Interpretation and researches · 2 · 2026
Аннотация
This article discusses the landscape, geological characteristics, problems and factors causing such problems, as well as the loss of biodiversity in Karnabakh, which has a negative impact on livestock. Measures to improve the geo- ecological situation in the Karnabakh landscape are considered. Key words: Geo-ecological state, soil degradation, soil erosion, connecting lines, plant life, and ephemeral plants. Kirish. Bugungi kunda insoniyat oldida turgan eng jiddiy ekologik va sotsial- iqtisodiy muammolardan biri, bu cho‘llanish muammosidir. Cho‘llanish - bu tabiiy- geografik va antropogen jarayonlarning o‘zaro ta’siri yig‘indisi bo‘lib, arid hududlardagi ekosistemalarni yemirilishi, organik hayot shakllarining degeradatsiyalashuvi va bu hududlarning tabiiy-iqtisodiy imkoniyatlarining pasayishi tushuniladi. Cho‘llanish, asosan arid mintaqa uchun xos bo‘lib, yer, suv, o‘simlik va boshqa resurslarning degeradatsiyalashuvidir (fr.degredation – asta-sekin yomonlashuvi), yogin miqdorining kamayib borishi bilan iqlimning quruqlashishi, cho‘l hududlari maydonining kengayishi natijasida yuzaga keladigan tabiiy ekosistemalarning buzilishidir. Qurg‘oqchil (arid) iqlim mintaqasida cho‘llar maydonining 1960 yillardan boshlab keskin kengayishi avvalo mamlakatlarda aholi sonini to‘xtovsiz oshib borishi, mamlakatlarning aholini oziq-ovqat bilan ta‘minlash, maqsadida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun ekin maydonlarining kengayib borganligi hamda ma’lum ma’noda qurg‘oqchillikning tez-tez sodir bo‘lganligi bilan bog‘liqdir. 4 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash ishlari samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasida cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish chora –tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori qabul qilingan bo‘lib, unda mamlakatimizda cho‘llanishni oldini olish, cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish kabi vazifalar belgilab berilgan [1;1b.]. Cho‘llanish jarayoni oqibatida ekologik vaziyatning yomonlashuvi O‘zbekiston viloyatlari uchun ham xosdir. Inson xo‘jalik faoliyatining kuchli ta’siri natijasida O‘zbekiston hududida cho‘llanish jarayoni chuqurlashib va kengayib bormoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra O‘zbekiston hududining 60%dan ko‘proq maydonida har xil darajada cho‘llanish jarayoni sodir bo‘lmoqda[2; 10-168 b.]. Cho‘llanish jarayonining shiddatli borishi ko‘pgina ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik oqibatlarga olib kelmoqda. Asosiy qism: Qarnob choʻli Zarafshon daryosi oʻrta oqimining chap sohilidagi toʻlqinsimon tekislik.Samarqand va Navoiy viloyatlari hududlarida.Gʻarbdan sharqqa 120 km ga choʻzilgan. Oʻrtacha eni 40–50 km. Oʻrtacha balandligi 300 m (markaziy qismida 350 m, sharqiy qismida 450 m). Yer yuzasi tekislik. Janubiy sharqdan shimoli-gʻarbga bir necha qator tepalar choʻzilgan. Ular bir-biridan quruq soylar bilan ajralgan. Qator tepalar shimolida Ziyovuddin va Zirabuloq to‘glariga tutashadi. Cho‘l g‘arb tomon pasayib Toshloqqum va Uchqum cho‘llariga qo‘shilib ketadi. Iqlimi quruq va keskin kontinental. O‘rtacha yillik temperatura 16°. Yanvar oyining o‘rtacha temperaturasi - 15°, -20°. Iyul oyida 40-45° ga yetadi. Yillik yog‘in o‘rtacha 165 mm. Qarnobcho‘l tuproqlari och tusli bo‘z, bo‘zqo‘ng‘ir tusli taqir, sho‘rxok, qum va qumoq,sur- qo‘ng‘ir va och sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar keng tarqalgan. Uning profili bir -biridan keskin farq qiladigan quyidagi gorizontlardan iborat: tuproqning yuzasi 2-4 sm, ba’zan 5 sm qalinlikdagi sarg‘ishbo‘z tusli mayda g‘ovak, teshiklardan iborat qatqaloq bilan qoplangan. Qatqaloqqa ba’zan chang yoki qum yopishgan bo‘ladi. Qatqaloq ostida deyarli shunday tusli tangacha qatlamli (5-7 sm) gorizont ajralib turadi. Bu gorizont ko‘pincha juda g‘ovak bo‘lib, nafaqat qatlamli, balki plastinkasimon strukturaga ham ega. Bu gorizontdan pastda rangi to‘qroq, ko‘pincha och jigarrang tusli zich, ba’zan temirga boy gil ko‘p to‘plangan uvoqli gorizont joylashgan. Zichlangan gorizontning yuqori qismida karbonatlarning oqish dog‘lari ajralib turadi. Karbonatlar tuproq profilining yuqori va o‘rta qismlarida ko‘proq to‘planadi. Zichlangan qatlamning pastki qismida 18-25 sm chuqurlikda sarg‘ish tusli gips kristallari va suvda oson eriydigan tuzlar bo‘lgan qatlam ajralib turadi. Oʻsimliklardan qumli va qumoq yerlarda shuvoq, selin, oq saksovul kabi galofitlar oʻsadi, taqirlarda siyrak shoʻralar uchraydi. Bahorda choʻlni efemerlar qoplab oladi. Qarnob choʻlidan yil davomida qorakoʻl qoʻylarni boqish uchun yaylov sifatida foydalaniladi. Tabiiy yaylovlarda pichanning oʻrtacha hosildorligini oshirish 5 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 uchun 10,5 ming ga maydonda saksovulzordan iborat sunʼiy yaylovlar vujudga kelgan. O‘zbekistonda cho‘l va yarim cho‘l tab
Доказательный фрагмент
«This article discusses the landscape, geological characteristics, problems and factors causing such problems, as well as the loss of biodiversity in Karnabakh, which has a negative impact on livestock.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the landscape, geological characteristics, problems and factors causing such problems, as well as the loss of biodiversity in Karnabakh, which has a negative impact on livestock. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Geo-ecological state, soil degradation, soil erosion, connecting, qаzilmа bоyliklаr, tuproq degradatsiyasi, efemer o‘simliklar., tuproq erroziyasi, aloqa liniyalari, Geoekologik holat
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025