Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TASAVVUF TERMINOLOGIYASINING LEKSIK-GENETIK XUSUSIYATLARI
TASAVVUF TERMINOLOGIYASINING LEKSIK-GENETIK · Raximova Nodira Kadirovna
Инновационные исследования в науке · 2026
Аннотация
Sufism is a spiritual and moral direction of Islam, its terminology and provisions are based on many historical, cultural and religious factors. The article emphasizes the fact that Sufi terms are based on roots originating from the Arabic language, and were also formed as a result of interaction with Persian, Turkish and other cultures. Lexical features indicate the richness of the vocabulary of mystical terms and their uniqueness in expressing religious and spiritual practices. Genetic features, on the other hand, analyze the historical development and change of Sufi terminology, emphasizing that these terms have changed over time, adapting to cultural, social and scientific conditions. This article contributes to a deeper understanding of the terminology of Sufism and is an important source for studying its historical, cultural and religious development. Keywords: Sufism, terminology, term, genetic, lexical, term, historical, cultural, spiritual. Bugungi fan taraqqiyoti rivojida tilshunoslikda termin va terminologiya, terminshunoslik sohasida olib borilayotgan qator tadqiqotlar bo`lsada, termin haqidagi ta`rif, ayniqsa, terminologiyaning tarixiy ildizlari, shakllanishi, madaniy-tarixiy rivojlanishi va taraqqiyot bosqichlari, termin tushunchasi hamda unga doir muammolar, terminlarning milliy o`ziga xosligi, shuningdek, ularning kompozitsion jihatlari kabi masalalar yuzasidagi tadqiqotlarning kun tartibiga qo`yilishi amalga oshirilgan tadqiqotlarni har jihatdan puxta va xolis baholashga imkon beradi. Terminologiya sohasidagi jumboqlarni echimini topish dolzarbligi keng bo`lib, hayot bilan hamohang yuradi. Qolaversa,Tilshunoslikda terminologik masalalarga oid ko`pgina tadqiqotlar olib borilgan bo`lsa-da, tasavvufga oid terminlar tadqiqi masalasi juda ko`plab o`z yechimini kutayotgan muammolar sirasiga kiradi. Asosiy qism: Tasavvuf terminologiyasi, asosan, Islom dinining ma`naviy va ruhiy yo`nalishlariga doir atamalarni o`z ichiga oladi. Bu terminlar faqat ma`naviy bilimlarni ifodalash emas, balki tasavvufiy yo`lda yuksalishning turli bosqichlarini, inson ruhining o`zgarishi va Alloh bilan bo`lgan aloqani tasvirlash uchun ishlatiladi. Tasavvuf terminologiyasining leksik-genetik xususiyatlari uning tarixiy va madaniy ildizlari bilan bog`liq bo`lib, bu atamalar, ko`pincha, vaqt o`tishi bilan o`zgarib, yangi shakllarni olgan. Ushbu terminlarning leksik- genetik tahlili ularning madaniy va dini kontekstlarda qanday shakllanganini, o`zgarganini va rivojlanganini tushunishga yordam beradi. Ma`lumki so`zning leksik xususiyatlar, biror tilning leksik (so`zlar) tarkibining shakllanishi va rivojlanishini anglatadi. Tasavvuf terminologiyasining leksik xususiyatlari esa 74 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference uning so`z boyligi va terminologik tizimining boyligi bilan bog`liqdir. Bu xususiyatlar quyidagi omillarni o`z ichiga oladi 1.Arabcha ildizlar: Ma`lumki, tasavvuf, asosan, arab tilida shakllangan va rivojlangan, chunki Islom dinining asosiy manbasi – Qur`on va hadislar arab tilida yozilgan. Shuning uchun tasavvufiy atamalar ko`plab arabcha ildizlarga asoslanadi. Masalan, «nafs» (nafsy) – «ruh», «fano» (fanāʾ) – «yo`qolish», «baqo» (baqāʾ) – «davom etish», «ma`rifat» (maʿrifa) – «bilish», «ihsan» – «ehson» kabi atamalar arabcha ildizlardan kelib chiqqan. 2.Islomiy madaniyat va uning tarixi: Tasavvuf atamalari Islomning madaniy va diniy tarixiga chuqur bog`liq. Tasavvufning ko`plab atamalari, asosan, Qur`on va hadislarning ma`nolariga asoslanadi, shuningdek, Muhammad (s.a.v) va uning sahobalari ruhiy tajribalari bilan bog`liq bo`lgan tushunchalardan olingan. Bu tushunchalar nafaqat ilmiy, balki amaliy tajribalar orqali o`rganiladi. 3.O`zlashtirish va o`zlashish: Tasavvuf terminologiyasi nafaqat arab tilidan, balki boshqa tildan (masalan, fors, turk) o`zlashtirilgan so`zlarni ham o`z ichiga oladi. Bu o`zlashtirish, tasavvufning boshqa madaniyatlar bilan aloqada bo`lishi natijasida yuzaga kelgan. Masalan, «murshid» (o`rgatuvchi), «darvish» (so`fi) kabi so`zlar turk va fors tillaridan kelib chiqqan. Genetik xususiyatlariga kelganda esa, shuni aytishimiz mumkinki, tasavvuf terminologiyasining tarixiy rivojlanishi va o`zgarishini o`rganishga yordam beradi. Bu xususiyatlar, tasavvufning qanday qilib ma`naviy bilimni tarqatishda va ommalashtirishda o`zgarishini, yangi madaniy, diniy sharoitlar va tarixiy davrlar bilan qanday moslashganini tushunishga yordam beradi. Birinchidan, tasavvufning ilk davrida tasavvufiy atamalar ko`proq Qur`on va hadislarning o`zida mavjud bo`lgan ma`nolardan foydalanishga asoslangan edi. Dastlabki tasavvuf ilmida, ruhiy yuksalish va diniy amallarni ta`riflashda oddiy va aniq atamalar ishlatilgan Ikkinchidan, tasavvufda «badi`a» (yangilik) va «ijtihod» (mustaqil fikr): Tasavvufning keyingi rivojlanishida, tasavvufiy atamalar o`zgarib, yangi ma`nolarni o`z ichiga olgan. Bu, asosan, tasavvuf shayxlarining o`z tajribalari va fikrlari orqali amalga oshdi. Dastlabki
Доказательный фрагмент
«Sufism is a spiritual and moral direction of Islam, its terminology and provisions are based on many historical, cultural and religious factors.»
Образец извлечения
Демо-превьюSufism is a spiritual and moral direction of Islam, its terminology and provisions are based on many historical, cultural and religious factors. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sufism, terminology, term, genetic, lexical, term, historical, ruhiy., atama, terminologiya, madaniy, leksik, genetik, tarixiy, Tasavvuf, termin
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014