Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
I.G. FIXTE FALSAFASIDA SUBYEKTNING O‘ZARO MUNOSABATI VA IJTIMOIY MULOQOT
IJTIMOIY MULOQOT · Ashurova Xurshida Sag‘dullaevna
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 1 · 2026
Аннотация
Maqolada I.G. Fixte falsafasida subyektning o'zini anglash jarayoni va uning ijtimoiy munosabatlar bilan bog'liqligi muhokama qilinadi. Fixte, subyektning o'zini tushunishi faqat ijtimoiy va huquqiy tizimlarda faol ishtirok etish orqali amalga oshishini ta'kidlaydi. Kantning "boshqa o'ylovchi mavjudotlarning mavjudligini isbotlash" masalasiga javob sifatida Fixte, faoliyat va intersubyektivlik tushunchalarini kiritadi, bu jarayonni boshqalar bilan aloqada bo'lish va muloqot orqali anglashni zarur deb hisoblaydi. Subyektning o'zini konsipsiya qilish jarayoni, uning aql-idrokli faoliyatini boshlashda boshqalar bilan teng va o'zaro aloqada bo'lishini taqozo etadi. Fixte, ijtimoiy tizimlar va huquqiy normalarning ta'sirini hisobga olgan holda, subyektlar o'rtasidagi o'zaro anglashuv va muloqotning tabiiy va zarurligini ta'kidladi. Shunday qilib, maqolada Fixte'ning falsafasidagi subyektlar o'rtasidagi o'zaro anglashuv va ijtimoiy tizimlar o'rtasidagi bog'liqlik tafsilotlari ochib beriladi. Kalit so'zlar: Fixte, subyekt, o'zini anglash, ijtimoiy munosabatlar, huquqiy tizim, faoliyat, intersubyektivlik, Kant, o'zaro anglashuv, muloqot, aql-idrok, konsipsiya qilish, subyektlar, axloq, huquq, tizimlar, normalar, aloqalar, o'zini yaratish, faol ishtirok, subyektning tabiati. Nemis faylasufi Johann Gottlieb Fixte (1762–1814) idealistik falsafaning muhim vakillaridan biri hisoblanadi. Shuningdek u, Kantning falsafasini davom ettirgan va uni yangi bir bosqichga olib chiqqan shaxs. Faylasuf Fixte, sub’yektning o‘z-o‘zini anglash va bilim olish jarayonini tasvirlash bilan tanilgandir. Uning sub’yekt va ob’yekt o‘rtasidagi aloqalar falsafasi, sub’yektning faol va yaratuvchan roli bilan bog‘liq. Fixte falsafasining asosiy printsipi, “Men = Men” degan iborada mujassamlangan. Bu printsip, sub’yektning o‘zligini tan olishini va o‘zini anglash jarayonini boshlashini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, sub’yektning o‘zi haqida bilish bu barcha bilish jarayonlarining asosini tashkil etadi. Fixte, bundan tashqari ijtimoiy va huquqiy munosabatlarga ham katta e’tibor qaratgan. U sub’yektning o‘z-o‘zini mavjudligini anglashi va o‘zaro muloqotlari orqali jamiyatni shakllantirishi kerakligini ta’kidlaydi. Fixtening fikricha sub’yektlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va faoliyatni asosiy tushuncha sifatida qabul qilgan. 164 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Fixte, o‘zining qarashlarini rivojlantirganidek, idealizmning keyingi vakillari bo‘lgan Shelling va Gegel falsafasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Uning falsafasi, ayniqsa, transsendental idealizmga asoslanib, sub’yektning ongini markazga qo‘yadi va unga ruhiy, ijtimoiy va ma’naviy dunyoni shakllantirishda faol rol beradi. O‘z-o‘zini anglash bu Fixte falsafasining asosiy tamoyili bo‘lib, u sub’yektning har bir fikrini va harakatini tashkil etadi. Sub’yekt o'zining ichki dunyosini tushunish orqali tashqi dunyoni anglashga kirishadi. Bu ongning passiv emas, balki faol va yaratuvchan bir jarayon ekanligini ko‘rsatadi. Fixte inson ongni alohida bir narsa sifatida ko‘rishni rad etadi sababi ong har doim o‘z-o‘zini anglash va shakllanish jarayonida bo‘ladi. Fixtening falsafasida har qanday fikr va harakat sub’yekt tomonidan biror maqsadga yoki ob’yektga qaratilgan edi. Uning sub’yekt va ob’yekt o‘rtasidagi munosabatlari markaziy o‘rini tutadi. Inson o‘zi haqida o‘ylash, atrofdagi dunyo va boshqa sub’yektlar haqida fikr yuritish, sub’yektning ongida bir-biriga bog‘liq holatda rivojlanadi. Sub’yekt har doim ob’yektni tasavvur qiladi, ob’yekt esa sub’yektni. Shu bilan birga, ob’yekt faqat sub’yektning “Men”iga qarama-qarshi sifatida tasavvur qilinadi. Bu yerda, intersub’yektivlik tushunchasi ham muhim rol o‘ynaydi. Fixtening fikricha, sub’yektlar o‘rtasidagi anglash va muloqot faqat bir-birini tushunish orqali amalga oshadi. Intersub’yektivlik, sub’yektlar o‘rtasida umumiy tushuncha va muloqot mavjudligini anglatadi. Fixte uchun, har qanday sub’yekt o‘zining ichki dunyosini boshqalarga izhor etishi va boshqalarning fikrlarini tushunishi uchun o‘zaro anglashuv zarur. Boshqacha aytganda, sub’yekt faqat o‘zini anglab qolmasdan, boshqa sub’yektlarning ongini ham tushunishi kerak. I.G.Fixte falsafasida intentsionallik va intersub’yektivlik tushunchalarining rivojlanishi, Kant falsafasining muammosiga javob sifatida qaraladi. Ya’ni Kant, boshqa o‘ylovchi mavjudotlarning mavjudligini isbotlashga harakat qilgan bo‘lsa, Fixte esa bu muammoni faoliyat tushunchasi orqali hal etiga erishgan edi. Kantning fikricha, biz faqat o‘zimizni va tajribamizni bilamiz, boshqalarning ongini va mavjudligini bilish uchun isbot talab etiladi. Fixte, bu muammoni faoliyat tushunchasini joriy etish orqali hal qilishni taklif qiladi. Fixtening fikricha, faoliyat - bu sub’yektning o‘z-o‘zini anglash jarayonida boshqalarga nisbatan faollik ko‘rsatishdir. Har qanday sub’yekt o‘zining aql- idrokli faoliyatini boshlaganida, boshqa aql-idrokli mavjudotlarning borligini t
Доказательный фрагмент
«Maqolada I.G. Fixte falsafasida subyektning o'zini anglash jarayoni va uning ijtimoiy munosabatlar bilan bog'liqligi muhokama qilinadi. Fixte, subyektning o'zini tushunishi faqat ijtimoiy va huquqiy tizimlarda faol is…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada I.G. Fixte falsafasida subyektning o'zini anglash jarayoni va uning ijtimoiy munosabatlar bilan bog'liqligi muhokama qilinadi. Fixte, subyektning o'zini tushunishi faqat ijtimoiy va huquqiy tizimlarda faol is… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Fixte, subyekt, o'zini anglash, ijtimoiy munosabatlar, huquqiy, aloqalar, aql-idrok, axloq, huquq, huquqiy tizim, normalar, subyektning tabiati., subyektlar, konsipsiya qilish, faoliyat, o'zaro anglashuv, intersubyektivlik, faol ishtirok, o'zini yaratish, Kant, muloqot, tizimlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025