Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALABALARDA 4+2 MALAKAVIY AMALIYOT DAVRIDA RIVOJLANADIGAN KOMPETENSIYALAR
RIVOJLANADIGAN KOMPETENSIYALAR
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
Ushbu maqola Talabalarda 4+2 malakaviy amaliyot davrida rivojlanadigan kompetensiyalari, oliy ta’lim muassasasidan biriktirilgan metodistning vazifalari, talabalar mehnat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun zarur bo'lgan ko'nikmalar, bilimlar va shaxsiy fazilatlar, rivojlanadigan asosiy kompetensiyalar haqida fikrlar bayon etilgan. Tayanch iboralar: talaba, malakaviy amaliyot, ta’lim-tarbiya, metodist, ko'nikmalar, bilimlar, shaxsiy fazilatlar, rivojlantish, kompetensiya, malaka. Bugungi kunda 4+2 tartibda malakaviy amaliyot bakalavr yo‘nalishdagi talabalarning oliy o‘quv yurtida olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonining izchil davomi sanalib, bakalavriyat yo‘nalishi bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni mustahkamlsh va mazkur bilim, ko‘nikma, malakalarni bevosita talim-tarbiya jarayoniga qo‘llash imkoniyatini beradi. 4+2 tartibda malakaviy amaliyot talabalarning kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi pedagogik jarayon bo‘lib, amaliyotchi talabalar o‘quv-tarbiya jarayonining barcha tomonlarini tahlil qiladilar. 4+2 tartibda malakaviy amaliyot o‘tayotgan talaba qabul qiluvchi ta’lim muassasalar bilan belgilangan tartibda tuzilgan uch tomonlama namunaviy shartnomalari asosida tashkil qilinadi. 4+2 tartibda malakaviy amaliyotni tashkil etishga mas’ul oliy ta’lim muassasasi va uni o‘tkazish uchun mas’ul qabul qiluvchi muassasa zimmasiga yuklatiladi. Amaliyotchi-talabaning 4+2 tartibda malakaviy amaliyot reja-jadvali va dasturlarini to‘liq bajarilishiga qabul qiluvchi muassasa rahbari javobgar hisoblanadi. Amaliyotchi-talabalar va 4+2 tartibda malakaviy amaliyot uchun mas’ul metodistlarning faoliyati 4+2 tartibda malakaviy amaliyot dasturiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muassasalar tomonidan belgilanadigan mas’ul bo‘linma 4+2 tartibda malakaviy amaliyotni tashkil etish, o‘quv-uslubiy ta’minlash hamda o‘tashni muvofiqlashtirish ishlarini mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudiri, fakultet dekani hamda qabul qiluvchi muassasa rahbari bilan birgalikda amalga oshiradi. Oliy ta’lim muassasasi tomonidan amaliyotchi talabalarning o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha doimiy yashash 211 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference hududidagi ta’lim muassasalarida shartnoma asosida pedagogik faoliyatini davom ettirayotgan bitiruvchilarga mutaxassis chiqaruvchi kafedralar tomonidan uslubiy yordam ko‘rsatish monitoringi joriy etiladi. Oliy ta’lim muassasasidan biriktirilgan amaliyot metodistlari amaliyot davomida talaba tomonidan amaliyot dasturining o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi va zarur hollarda unga amaliy yordam ko‘rsatadi. 1.Oliy ta’lim muassasasidan biriktirilgan 4+2 tartibda malakaviy amaliyot metodist vazifalari: fakultet dekanati bitiruvchi talabani oliy ta’lim muassasini tugatgandan keyin ish bilan ta’minlash bo‘yicha uch tomonlama shartnoma imzolagan qabul qiluvchi muassasada 4+2 tartibda malakaviy amaliyotni tashkil qilish hamda amaliyot boshlanishidan ikki oy oldin pedagogik amaliyot reja- jadvali va dasturini tasdiqlash uchun oliy ta’lim muassasasi kengashiga taqdim etish; texnologik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 4+2 tartibda malakaviy amaliyot buyruqlar loyihalarini shakllantirish; 4+2 tartibda malakaviy amaliyotni o‘tkazuvchi qabul qiluvchi tashkilotlarni amaliyotchi-talabalarning pedagogik amaliyotini o‘tash to‘g‘risida buyruq bilan xabardor qilish; talabalarni sinflarga taqsimlashda ishtirok etadi; amaliyotchi-talabalarning ish hujjatlarini nazorat qiladi; talaba amaliyotiga umumiy rahbarlik qiladi; talabaga zarur ko‘rsatmalar beradi; talabaning amaliyot o‘tash joyiga yetib borishi va qaytishini nazorat qiladi; qabul qiluvchi umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan amaliyot rahbari bilan birgalikda amaliyot o‘tash holati bo‘yicha muntazam axborot almashgan holda faoliyat yuritadi; talabaga amaliyot o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha uslubiy yordam beradi; amaliyot o‘tash joylariga borish orqali amaliyot o‘tash tartibiga talaba tomonidan rioya qilinishi va amaliyot o‘tash dasturi bajarilishini nazorat qiladi; amaliyot o‘tashni takomillashtirish yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini oliy ta’lim tashkiloti kengashida ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi. Ma’sul kafedralarga tegishli yig‘ilishlarda 4+2 tartibda malakaviy amaliyot o‘tkazilganligi haqida hisobot berish. 212 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Umumta’lim maktablarida malakaviy amaliyot jarayonida talabalar quyidagi malakalarni egallaydilar: Tashkilotchilik malakalari: - tadbirlarni o‘tkazishga tayyorgarlikni amalga oshirish (tadbir joylarini bezatish, moslama va jihozlarni joylashtirish va boshqalar); - “Texnologiya” faniga oid - tadbirlarini tashkil qilish; - madaniy – ma’rifiy tadbirlarini tashkil qilish; - jamoaviy tadbirlarni tashkil etish; - tashkiliy ko‘nikmalarni rivojlantirish jarayonda turli usullar, trening, amaliy tajriba va fikr-mulohazalardan foydala
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola Talabalarda 4+2 malakaviy amaliyot davrida rivojlanadigan kompetensiyalari, oliy ta’lim muassasasidan biriktirilgan metodistning vazifalari, talabalar mehnat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola Talabalarda 4+2 malakaviy amaliyot davrida rivojlanadigan kompetensiyalari, oliy ta’lim muassasasidan biriktirilgan metodistning vazifalari, talabalar mehnat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- malakaviy amaliyot, talaba, rivojlantish, malaka., metodist, kompetensiya, ko'nikmalar, bilimlar, shaxsiy fazilatlar, ta’lim-tarbiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024