К содержанию
РецензированоUZ2026

ABU ALI IBN SINONING TA`LIM-TARBIYAGA OID FIKRLARI

T.B. Norimbetov (Ipak Yo’li Innovatsiyalar Universiteti dotsenti, psihol.f.n.) · N.T. Norimbetova (Ipak Yo’li Innovatsiyalar Universiteti o’qituvchisi)

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Sharqning buiyk mutafakkurlari jahon stivilizastiyasi rivojlanishiga salmoqli qissa qoshgan.Ushbu mutafakkurlarning asarlari hozirgi kunga qadar o’z ahamiyatini yo’qatmagan va qullanma sifatida jahon fani va madaniyatida keng foiydalaniladi.Shundaiy allomalardan biri Abu Ali Ibn Sinodir. Ushbu Sharq allomalasi nafaqat tibbiyiot,falsafa, tabyi va gumanitar fanlar balkyi ta’lim va tarbiya sohasiga ham katta e’tibor qaratgan.Uning ta`lim- tarbiyaga oyid ugitlari va yaratgan asarlari hozirgi kunga qadar o’sib kelayiotgan yosh avlodni tarbiyalashda va ta’lim berishla jahonda keng qo’llaniladi. Kalit so’zlar: Ta`lim-tarbiya, kamolot, bilim, ma`rifat, birga o`qitish, bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkur, o`quv materiallarini o`zlashtirishda bir-biriga yordamlash, o`zaro suhbat, bolalarga bilim berish o`qituvchining ma`suliyati. Kirish. IХ-ХI asr Markaziy Osiyo fani va madaniyati uchun oltin davr hisoblanadi. Sharqning buiyk mutafakkurlari jahon fani taraqqiyotiga salmoqli qissa qo’shib, fan va madaniyan rivojlanishida buiyk allomalar sifatida e’trof e’tilgan. Shunday allomalardan biri Abu Ali Ibn Sinodir. Ibn Sino haqiqiy qomusiy olim sifatida o`z davridagi fanlarning barcha y’onalishlari bilan muvaffaqiyatli shug`ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan. Ibn Sino xayioti va ijodi bilan shug’ullangan L.G.Soldadzening [3] takidlashicha bu asarlardan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiyaga, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 7 tasi astronomiyaga, 1 tasi matematika, 1 tasi muzikaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo`lgan ilmiy yozishmalarga bag`ishlangan. Alloma yaratgan ilmiy asarlar keyingi avlodlar uning ilmiy asarlari boy meros bo`lib qoldi. Materiallar, usullar, natijalar. Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o`zining ta`lim- tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog`liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etgan. Bunda u birinchi o`ringa tibbiyot fanlarini qo`yadi. Falsafani esa ikki guruhga, ya`ni nazariy va amaliy guruhlarga bo`ladi. Nazariy guruh kishilarni o`zidan tashqaridagi borliq holati haqidagi bilimlarni egallashga yo`llasa, amaliy qism bizga bu dunyoda nimalar qilishimiz kerakligini o`rgatadi deydi. U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika, dunyo qonuniyatlarini o`rganuvchi barcha fanlarni kiritadi. 1961-yilda nashr qilingan «O’rta va yaqin Sharq allomalarining fikrlari»[2] nomli tanlangan asarlar to’plamida, Abu Аli ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma`rifatni egallashga da`vat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga yetkazishi kerak. Bu maqsadga yetishish uchun inson qiyinchiliklardan qo`rqmasligi zarur, deydi. «Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo`rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo`rqog`idir». Zero, ma`rifatli kishi jasur, o`limdan ham qo`rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo`ladi, deydi u fikrini davom ettirib. 69 Biz tomonimizdan «Tasavvufda komil inson masalasi» maqolada Bilimsiz kishilar johil bo`ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni yetuk bo`lmagan kishilar qatoriga qushadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini ta`kidlaydi. U haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo`lish kerakligi, lekin har qanday bilim ham haqiqatga olib kelmasligi, inson o`z bilimining haqiqiyligini bilishi uchun mantiqni ham bilishi zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning ta`lim metodlari haqidagi ta`limoti asosida ham bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish kerak degan g`oya yotadi. Ibn Sino bolani maktabda o`qitish va tarbiyalash zaraurligini qayd etib, maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi va birga o`qitilishi va tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy sharoitida yakka o`qitishga qarshi bo`lgan. Bolani maktabda jamoa bo`lib o`qishini foydasi quyidagicha ifodalangan: Agar o`quvchi birga o`qisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bularning hammasi o`qishning yaxshilanishiga yordam beradi. O`zaro suhbatda o`uvchilar bir-biriga kitobdan o`qib olganlari, kattalardan eshitganlarini hikoya qiladilar. Bolalar birga to`planganlarida bir-birini hurmat qila boshlaydilar, do`stlashadilar, o`quv materiallarini o`zlashtirishda bir-biriga yordamlashadilar, bir-biridan yaxshi odatlarni qabul qiladilar Bilim olishda bolalarni maktabda o`qitish zarurligini qayd etar ekan, ta`limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta`kidlaydi: - bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo`ymaslik; - ta`limda yengildan og`irga borish orqali bilim berish; - olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo`lishi; - o`qitishda jamoa bo`lib maktabda o`qitishga e`tibor b

Доказательный фрагмент

«Sharqning buiyk mutafakkurlari jahon stivilizastiyasi rivojlanishiga salmoqli qissa qoshgan.Ushbu mutafakkurlarning asarlari hozirgi kunga qadar o’z ahamiyatini yo’qatmagan va qullanma sifatida jahon fani va madaniyat…»

Образец извлечения

Демо-превью

Sharqning buiyk mutafakkurlari jahon stivilizastiyasi rivojlanishiga salmoqli qissa qoshgan.Ushbu mutafakkurlarning asarlari hozirgi kunga qadar o’z ahamiyatini yo’qatmagan va qullanma sifatida jahon fani va madaniyat… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkur, birga o`qitish, bilim, ma`rifat, Ta`lim-tarbiya, o`quv materiallarini o`zlashtirishda bir-biriga yordamlash, kamolot, bolalarga bilim berish o`qituvchining ma`suliyati., o`zaro suhbat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники