К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QUVCHILARDA KITOB O‘QISHGA QIZIQISHNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI · Shagulyamova Durdona Jaxongir qizi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 144-155 · 2026

Аннотация

This article discusses the pedagogical and psychological characteristics of developing students' interest in reading and the importance of reading today. Keywords: pedagogical - psychological basis, emotional impact, environment, speech, characteristics. Yoshlarning axloqiy rivojlanishi, ularni insonparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga Oʻzbekistonda katta e'tibor qaratilgan. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan taklif etilgan mamlakatimizni rivojlantirish va uning mustaqilligini mustahkamlashning strategik vazifalarida ma'nan etuk, barkamol avlodni va raqobatbardosh kadrlarni tayѐrlash hamda ijtimoiy vazifalarni hal etishda jamiyatga yordam koʻrsata oladigan koʻngilli, milliy gʻurur hissi ustun boʻlgan yoshlarni tarbiyalash muhim vazifalardan biri sifatida belgilab berilgan. Bu vazifalarni amalga oshirishda “Biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an'analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz” [1] va oʻsib kelayotgan yosh avlodni Sharqona tarbiya asosiga qurilgan umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash jamiyat oldiga ulkan mas'uliyat yuklamoqda. Mazkur belgilangan vazifalarni hal etishda esa albatta, maktab ta'limining oʻrni beqiyosdir. Davlatimiz rahbari bu borada maktab oʻqituvchilarining oldiga oʻquvchilarda milliy xususiyatlardan boʻlmish kitobxonlik madaniyatini shakllantirish masalasiga urgʻu bermoqdalar. Kitob o‘qish – insonni taraqqiy ettirishda, uning intellektual va ruhiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunda kitob o‘qishning ahamiyati ortib bormoqda, ayniqsa o‘quvchilarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Pedagogik psixologiya nuqtai nazaridan o‘quvchilarda kitob o‘qishga qiziqishni rivojlantirish, ularning umumiy rivojlanishiga, dunyoqarashining kengayishiga, til va nutqining rivojlanishiga bevosita ta’sir qiladi. 1. Kitob o‘qishga qiziqishni rivojlantirishning pedagogik asoslari Pedagogik yondashuvda kitob o‘qishga qiziqishni rivojlantirishda quyidagi asosiy faktorlar rol o‘ynaydi: Shaxsiy namuna ko‘rsatish: O‘qituvchi va ota-onalar tomonidan kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish va sevgi o‘quvchilarga ko‘rsatgan namuna orqali rivojlanadi. 86 Tarbiyaviy muhit: Sinf yoki oilada kitob o‘qishning ahamiyati va qadri o‘quvchilarga muntazam ravishda tushuntirilishi kerak. Motivatsiya yaratish: O‘quvchilarda kitob o‘qish istagini uyg‘otish uchun rag‘batlantirish, mukofotlash va qiziqarli adabiyotlarni tanlash muhim. 2. Kitob o‘qishga qiziqishni rivojlantirishning psixologik asoslari Psixologik jihatdan kitob o‘qish o‘quvchining kognitiv va emotsional rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunga quyidagi psixologik omillar sabab bo‘ladi: Egoistik ehtiyojlar va motivlar: O‘quvchilar kitob o‘qish orqali o‘zlarini yaxshiroq anglashadi, ular o‘z ichki dunyosini kashf etadilar. Yoshga mos adabiyot tanlash: O‘quvchilarni kitob o‘qishga qiziqtirishda ularning yoshiga mos, qiziqarli va ma’naviy jihatdan boy adabiyotlarni tanlash muhimdir. Emotsional ta’sir: Kitob o‘qish o‘quvchilarda turli xil emotsiyalarni uyg‘otadi, bu esa ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. O‘quvchilarda kitob o‘qishga qiziqishni rivojlantirish usullari Darslarni qiziqarli o‘tkazish: Kitob o‘qishga qiziqishni rivojlantirish uchun darslarda o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, ular bilan kitob haqidagi fikrlarni muhokama qilish zarur. Tanlovlar va musobaqalar o‘tkazish: O‘quvchilar o‘rtasida kitob o‘qish bo‘yicha musobaqalar va tanlovlar tashkil qilish, ularga o‘zaro fikr almashish imkoniyatini berish kitobga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi. O‘qish klublari tashkil etish: Sinfda yoki maktabda o‘qish klublarini tashkil qilish, o‘quvchilarni bir-biri bilan kitoblar haqida suhbatlashishga undaydi. Xulosa. O‘quvchilarda kitob o‘qishga qiziqishni rivojlantirish muhim pedagogik va psixologik jarayon bo‘lib, bu jarayonda o‘qituvchining roli katta. O‘quvchilarga kitob o‘qishning foydalari, ularning intellektual va ruhiy rivojlanishiga bo‘lgan ta’siri haqida muntazam ravishda tushuntirishlar berish, qiziqarli va mos kitoblarni tanlash, o‘quvchilarni rag‘batlantirish orqali kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish mumkin. Shu tarzda, o‘quvchilarda kitob o‘qishga qiziqishni rivojlantirish nafaqat bilim olishga, balki dunyoqarashni kengaytirish, nutqni rivojlantirish va shaxsiy rivojlanishning muhim qismiga aylanishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. Мирзиѐев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиѐти ва халқ фаровонлигининг гарови. – Т.: Ўзбекистон 2017. Б.48. 2. Dilova N.G.(2021). Formative assessment of student knowledge-as a means of improving the of education. Scientific reports of Bukhara State University. 3:5,pp.144-155. 3. Dilova H.G. (2018) Buyuk ajdodlarimizning ta’limotlarida mujassamlashgan o’qituvchi bilan o’quvchilar hamkorligining pedagogik xususiyatlari. Zamonaviy ta’lim. №3, 63-68 b. 4. www. Ziyonet.uz Ibragimova G.N. Interfaol o’qitish metodla

Доказательный фрагмент

«This article discusses the pedagogical and psychological characteristics of developing students' interest in reading and the importance of reading today.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the pedagogical and psychological characteristics of developing students' interest in reading and the importance of reading today. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pedagogical - psychological basis, emotional impact, environment, speech, речь, xususiyatlar, pedagogik – psihologik asos, среда, characteristics., педагогико-психологическая основа, эмоциональное воздействие, muhit, emotsional ta`sir, nutq, характеристики.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники