К содержанию
РецензированоRU2026

TA’LIM TIZIMIDA CHIZMACHILIK FANINI O‘QITISHNING TARIXI VA HOZIRGI KUNDAGI AHAMIYATI

HOZIRGI KUNDAGI AHAMIYATI · Muxamedjanova Guzal Javlon qizi

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

В этом статье дается краткая информация о науке черчении, истории ее возникновения, разделах, ранних представлениях о черчении и ученых, внесших вклад в науку черчения. Обсуждались вопросы развития науки и реформ современной эпохи. Ключевые слова. История черчении, возникновение науки, античность, ученые и ее создавшие, многоуголники, перспектива, функция науки, разделы черчении. Annotation. This article provides a brief overview of the science of drawing, its history of origin, sections, initial ideas about drawing, and scholars who contributed to the science of drawing. It discusses the development of the science and its current reforms. Keywords. History of drawing, emergence of science, antiquity, scientists who created it, diversity, perspective, function of science, departments of drawing. Har bir fanning yuzaga kelishi, o‘zining tarixiy taraqqiyotiga ega. U ilk shakllanish davridan to fan darajasiga yetgunga qadar rivojlanib, sayqallanib boradi. Bu haqida ko‘plab olim va tadqiqotchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirgan: Nizomiy nomidagi TDPU “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi dotsenti N.G‘ulomovaning “Chizmachilik” metodik qo‘llanmasida – “Har qanday fanning o‘z tarixi mavjud bo‘lib, u orqali o‘rganilayotgan fan insoniyatning turmush tarziga, rivojlanishiga qanday ta’sir qilayotganligi orqali uning qanchalik muhimligi aniqlanadi. Chizmachilik ibtidoiy odamlar tomonidan qoya, g‘orlarda chizilgan har xil ko‘rinishdagi turli tasvir, belgilar orqali dunyoga kelgan” – deb ta’kidlagan. Darhaqiqat chizmachilik juda qadimiy fan sifatida juda ko‘p tarixiy manbalarga ega. U odamlar yozuv yaratishidan ancha oldin paydo bo‘lib, ular atrofidagi narsalarni chizishni o‘rganishlaridan boshlangan. Dastlab, chizma materiallari tuproq, g‘or devorlari va tirnalgan toshlar edi. Keyin ular qayin po‘stlog‘i, teri, papirus, pergament, qog‘oz va boshqa materiallardan foydalanishni boshladilar, ularning ustiga g‘oz patlari yordamida siyoh yoki hind siyohi bilan tasvirlar chizdilar. 18-asrning oxiriga kelib odamlar qalamlarni grafik tasvirlar yaratish uchun ishlata boshlandi. Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun I.Rahmonovning Chizmachilik – 8 sinf darsligida “Ibtidoiy odamlar o‘zlari ko‘rgan va hayoti davomida tarixiy kechinmalarini g‘or devorlariga, tog‘ qoyalariga turli tasvirlar chizish orqali muhrlashgan. Ushbu tasvirlar chizmachilik fanining ibtidoiy boshlanish bo‘lib, o‘sha davrda yashagan odamlarni fikr 22 yuritishga majbur qilgan va ongini rivojlantirishga turtki bo‘lgan. Shu tariqa mantiqiy fikrlash yordamida o‘zining fazoviy tasavvur qilish qobiliyatini oshirgan hamda insoniyat tarixida ilk bor yaratilgan chizmachilik (chizmalar chizish) faning poydevorlari qurila boshlagan. Qadimgi misrliklar tomonida turar joylar, saroylar, ibodatxonalar barpo etishda shakl va o‘lchamlarini oddiy usulda bo‘lsa-da chiza olganlar. Shaharlarning qoldiqlari, binolarning plani, fasadlari hamda papiruslar, devorlardagi naqqoshlik, xattotlik san’ati va shunga o‘xshash tasvirlar o‘sha zamon xalqlarining chizma sohasidagi ilk dalillardir. Ushbu fanga talluqli dastlabki axborotlar eramizdan 300 yil muqaddam paydo bo‘lgan” – deb mulohaza yuritgan. Vaqt o‘tishi bilan tasvirlangan ob’ektlar soni ortib bordi va shunga mos ravishda foydalaniladigan ma’lumotlar hajmi ham oshdi. Hududning tabiiy xususiyatlari, barpo etilayotgan binolar va mehnat ob’yektlari haqida yetarlicha batafsil ma’lumotlarni uzatish va idrok etish zarurati tug‘ildi. Ma'lum bo‘lishicha, uch o‘lchovli, haqiqiy yoki xayoliy ob’yekt haqidagi ma’lumotni yetkazishning eng qulay usuli - uni tekislikda grafik tasvirlash. Yaratilayotgan muhandislik inshootlari, mexanizmlari va mashinalarining murakkabligi oshgani sayin, cheklangan miqdordagi vositalardan foydalangan holda, har qanday mutaxassis uchun mavjud bo‘lgan shaklda yetarli darajada to‘liq ma’lumotlarni uzatish imkonini beradigan, ularni namoyish qilish qoidalarini ishlab chiqish zarurati tug‘ildi. Sivilizatsiyaning rivojlanishi chizmachilikning paydo bo‘lishiga va takomillashishiga olib keldi. U yer, uchastkalarini oʻlchash zaruratidan kelib chiqib, Yassi va fazoviy figuralarning shakllarini hamda ular oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrganuvchi fanga aylandi. Inson foydalanadigan tuzilmalar va ob’yektlar murakkablashib borishi, demak, uzatiladigan axborot hajmining ortib borishi bilan uning amaliy ahamiyati ortdi. ADABIYOTLAR SHARHI M.K.Xalilov, Z.E.Mirzaliyev, F.E.Ochilovlar – “CHIZMACHILIK” (geometriya va proyeksion chizmachilik) o‘quv qo‘llanmasida - “ IX-XI asrlarda Markaziy Osiyo hududida yashab, ijod qilgan allomalarimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr al-Farobiy, Ahmad al- Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalarning geometriya va astronomiya asarlarida chizmachilik haqida ayrim ma’lumotlar keltirilgan” – deb yozishgan,1 Tarixga yuzlanadigan bo‘lsan bu mo‘jizaviy fanning yaratilishi bobokalonimiz Muhammab al-Xorazmiyning o‘z asarlarida turli mamlakatlar, daryo va ko‘llar,

Доказательный фрагмент

«В этом статье дается краткая информация о науке черчении, истории ее возникновения, разделах, ранних представлениях о черчении и ученых, внесших вклад в науку черчения.»

Образец извлечения

Демо-превью

В этом статье дается краткая информация о науке черчении, истории ее возникновения, разделах, ранних представлениях о черчении и ученых, внесших вклад в науку черчения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
History of drawing, emergence of science, antiquity, scientists who created, ученые и ее создавшие, ijod qilgan allomalar, История черчении, функция науки, многоуголники, perspective, qadimiyligi, departments of drawing., античность, chizmachilik bo‘limlari., перспектива, Chizmachilik tarixi, разделы черчении., ko‘pyoqliklar, возникновение науки, function of science, diversity, perspektiva, fanning vazifasi, fanning yuzaga kelishi, scientists who created it
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники