Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MALAKAVIY AMALIYOT YAKUNIDA TALABALAR EGALLAGAN BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI BAHOLASH MEZONLARI
N.I. Mirzaqulova
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2018
Аннотация
Amaliyotchi talabalar 4+2 tartibda malakaviy amaliyot yakunida yakka tartibdagi ishni keng ko‘lamda reja topshiriqlarini mustaqil individual bajarish va egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari baholash, malakavıy amaliyot yakunıda talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritish natijalarini baholash mezonlari jadvali keltirilgan. Tayanch iboralar: talaba, malakaviy amaliyot, bilim, ko‘nikma, malaka, baholash, mustaqil, xulosa, qaror qabul qilish, ijodiy fikr, vazifalarni bajarish. O‘quv jarayonini uzluksiz davom etishini ta’minlash, talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish, ularda bevosita amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilish maqsadida 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF-134-sonli Farmonining 7- bandida hamda 2022-yil 21- iyundagi “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ– 289-Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu ilmiy tadqiqotimiz muayyan darajada xizmat qiladi. Talabalarning nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazish, fanlarga doir mustaqil ta’limni samarali tashkil etish, hayotiy faoliyat bilan o‘zaro bog‘lash bo‘yicha tashkil etilgan 4+2 tartibda malakaviy amaliyotida texnologik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oladigan talabalar barcha majburiy fanlaridan olgan bilimlarini umumta’lim maktablaridagi o‘quv jarayonida sinab ko‘radilar, amalga tatbiq qiladilar. Shuning uchun ham 4+2 tartibda malakaviy amaliyoti o‘zining ilmiy-tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalariga ega. 4+2 tartibdagi malakaviy amaliyotni modifikatsion yondashuv asosida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llab tashkil etish muhim vazifalardan hisoblanadi. 4+2 tartibdagi malakaviy amaliyoti samaradorligini oshirish, umumta’lim maktablari o‘quvchilarini ta’lim jarayonining subyektiga aylantirish, o‘quvchilarining egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishning qulay yo‘llarini aniqlash, sinfdan tashqari ishlari tashkil qilish singari faoliyatlar 4+2 tartibda malakaviy amaliyotning ilmiy-tadqiqot obyekti hisoblanadi. Talabalar 4+2 tartibda malakaviy amaliyoti davrida “Texnologiya” fani tarixi, maktablarda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish metodikasini o‘zlashtirishlari zarur. Amaliyotchi talabalar 4+2 tartibda malakaviy amaliyot yakunida yakka tartibdagi ishni keng ko‘lamda reja topshiriqlarini mustaqil individual bajarish va egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari baholanadi. 50 Zamonaviy ta'lim sharoitida talabalarning bilim, ko'nikma va malakalarini ob'ektiv baholash muhim vazifadir. Ushbu komponentlarni baholash ta'lim jarayonini shakllantirishda asosiy rol o'ynaydi va o'quv faoliyatini optimallashtirishga yordam beradi. Baholash mezonlari ta'lim darajasiga va muayyan fan sohasiga qarab farq qilishi mumkin, lekin ba'zi umumiy tamoyillar o'zgarishsiz qoladi. Birinchidan, baholash mezonlari aniq va shaffof bo'lishi kerak. Talabalar ishi qanday baholanishini oldindan bilishlari kerak. Bu ularga o'z bilimlarini mustaqil nazorat qilish va o'quv faoliyati uchun motivatsiyani oshirish imkonini beradi. Mezonlarning aniqligi ham baholashda sub'ektivlikni kamaytirishga yordam beradi. Ikkinchidan, baholash usullari va shakllarining xilma-xilligini hisobga olish kerak. Baholash yozma va og'zaki, shuningdek amaliy topshiriqlarni, loyihalarni va guruh ishlarini o'z ichiga olishi mumkin. Baholashning har xil turlariga o'rganishning turli tomonlarini va talabalarning individual qobiliyatlarini hisobga olish uchun modifikatsion yondashuv bilan yondashish kerak. Uchinchidan, nafaqat yakuniy natijaga, balki o'quv jarayoniga ham e'tibor berish muhimdir. Baholash talabaning harakatini, malakaviy amaliyotdagi faolligini va o‘quv jarayonidagi ishtiroki darajasini baholashni o‘z ichiga olishi mumkin. Bu o'z-o'zini hurmat qilish va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun asos yaratadi. 4+2 tartibda malakavıy amaliyot yakunida talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, 4+2 tartibda malakaviy amaliyotning mazmun-mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda 4+2 tartibda malakaviy amaliyot mazmuni bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lganligi baholanadi. Baholash mezonlari va vositalari - bu o‘qitish jarayonida talabalarning nazariy bilimlarini, amaliy ko‘nikmalarini va boshqa malakalarini baholash uchun qo‘llaniladigan standartlar va usullar. Baholash jarayonida ko‘plab metodla
Доказательный фрагмент
«Amaliyotchi talabalar 4+2 tartibda malakaviy amaliyot yakunida yakka tartibdagi ishni keng ko‘lamda reja topshiriqlarini mustaqil individual bajarish va egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari baholash, malakavıy amal…»
Образец извлечения
Демо-превьюAmaliyotchi talabalar 4+2 tartibda malakaviy amaliyot yakunida yakka tartibdagi ishni keng ko‘lamda reja topshiriqlarini mustaqil individual bajarish va egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari baholash, malakavıy amal… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- xulosa, malakaviy amaliyot, talaba, vazifalarni bajarish., ko‘nikma, bilim, mustaqil, ijodiy fikr, qaror qabul qilish, malaka, baholash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025