Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
SURXONDARYO VILOYATIDA MEVA YETISHTIRISH KO‘RSATKICHLARINI MODEL YORDAMIDA PROGNOZLASHTIRISH
MODEL YORDAMIDA PROGNOZLASHTIRISH · Majidova Dilnoza Bahromovna
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
This article forecasts fruit production indicators in Surkhandarya region using ARIMA models. First, a brief overview of the ARIMA model is provided. The significance of the model was evaluated by MAPE, and the statistical significance of its parameters was assessed using the Augmented Dickey-Fuller test. The properties of ACF and PACF for some popular models are summarized. The compliance of the residuals with the normal distribution law and the absence of autocorrelation in them were studied. As a result, forecast values up to 2028 were developed. Keywords: Box-Jenkins methodology, stationary, ADF test, ACF, PACF, model, ARIMA, correlation, MAPE, constant. O‘zbekistonda hozirgi kunda ilg‘or texnologiyalarga asoslangan infratuzilmalarni yaratish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yil 11-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4549-son qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda keltirilgan vazifalar 106 ` bugungi kunda qishloq xo‘jaligida meva va sabzavot yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish asosida eng zamonaviy usullarni qo`llab boshqarish, sifatli, xalqaro talablarga mos keluvchi mahsulotlar yetishtirish hajmini oshirish bilan bog‘liq masalalarni qamrab olgan. 2022-yil 28-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni imzolandi va ushbu farmon bilan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi. Mazkur Farmon va Qarorlarda keltirilgan vazifalarning muvaffaqiyatli ijrosi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish jarayonlarni iqtisodiy-statistik tahlil etish va zamonaviy ekonometrik modellardan foydalanib modellashtirishni taqozo etadi. Iqtisodiyot tarmoqlarida hududlarda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va uni iqtisodiy-statistik jihatdan tahlil qilish masalalari bo‘yicha ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Ushbu jarayonlar mamlakatimiz va xorijlik iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida keng tadqiq etilgan. Box-Jenkins metodologiyasida vaqtli qatorlarga ARIMA yondashuvi shundan iboratki, birinchi navbatda qatorlarning statsionarligi baholanadi. Turli testlar birlik ildizlarining mavjudligini va vaqt seriyalarining integratsiyalash tartibini (odatda birinchi yoki ikkinchi tartib bilan cheklangan) ochib beradi. Bundan tashqari, agar integratsiya tartibi noldan katta bo'lsa, seriya mos keladigan tartibning farqini olish orqali o'zgartiriladi va o'zgartirilgan model uchun qandaydir ARMA modeli quriladi, chunki natijada asl statsionar bo‘lmagan jarayondan farqli o‘laroq olingan jarayon statsionar deb hisoblanadi. Statsionarlikni esa modelning ahamiyatliligi uchun juda muhim deb hisoblaydi. Tadqiqotning asosiy maqsadi mintaqalarda meva-sabzavot mahsulotlari etishtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot jarayonida dastlabki vaqt seriyasidan ma`lum tartibdagi farqlar olinib, ststsionarlik ta`minlandi va test orqali tekshirildi. Model tuzilib, modelning ahamiyatliligini korrelogramma orqali aproksimatsiya xatoligi bilan tekshirildi va prognozlashtirildi. Hozirgi kunda nafaqat O`zbekistonda, balki jahon amaliyotida meva va sabzavot mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarini statistik usullarda tahlil qilish, unga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik baholash va prognozlarini ishlab chiqish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo`lib kelmoqda. Surxondaryo viloyatida meva yetishtirish ko`rsatkichlarini ARIMA modellari yordamida prognozlashtirish juda ahamiyatli va bu ko‘rsatkichlar prognozlashtirilgan. Statsionar bo‘lmagan 𝑌 vaqtli qator uchun 𝐴𝑅𝐼𝑀𝐴(𝑝,𝑑,𝑞) modeli quyidagi ko`rinishda 𝑡 bo`ladi: 𝑝 𝑞 ∆𝑌 = 𝑐+∑𝑎 ∆𝑌 +∑𝑏 ∆𝑌 + 𝜀(𝑡) 𝑡 𝑖 𝑡−1 𝑖 𝑡−1 𝑖=1 𝑖=1 ∆-vaqtli qatorlar d-tartibining ayirmasi operatori (ketma-ket ravishda d marta birinchi tartibli farqlarni olish - avval vaqt qatoridan, keyin hosil bo'lgan birinchi tartibdagi farqlardan, keyin ikkinchi tartibdan va hokazo. 107 ` Xulosa qiladigan bo‘lsak, aholini meva va sabzavot bilan ta’minlash jarayonlarni vaqt davomida o‘zgarishini ekonometrik modellar orqali o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Mintaqalarda aholini meva-sabzavot bilan ta’minlash jarayonlarini ARIMA modeli orqali o‘rganish natijasida iqtisodiy ko‘rsatkichlarning hozirgi holati va kelajakdagi o‘zgarishini ilmiy asosda tahlil qilish va bashoratlash kutilgan samarali natijani beradi. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. Дегтярева, Н.А. Эконометрические модели анализа и про
Доказательный фрагмент
«This article forecasts fruit production indicators in Surkhandarya region using ARIMA models.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article forecasts fruit production indicators in Surkhandarya region using ARIMA models. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Box-Jenkins methodology, stationary, ADF test, ACF, PACF, model, ARIMA, correlation, korrelyatsiya, MAPE, Box-Jenkins metodologiyasi, постоянный., методология Бокса-Дженкинса, стационарный, o‘zgarmas., модель, ADF testi, тест ADF, constant., корреляция, statsionar
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
The American Journal of Applied sciencesBasis Of Trend Models, Anvar Norimovich Rakhimov +22021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021