К содержанию
РецензированоUZ2026

BELBOGʻLI KURASHCHILARNING MUSOBAQALARGA TAKTIK TAYYORGARLIGINI AMALGA OSHIRISH

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TAYYORGARLIGINI AMALGA OSHIRISH (in-academy.uz/index.php/yo) · Xamroyev Alibek Shuxrat oʻgʻli (in-academy.uz/index.php/yo) · Chirchiq shahri (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 120-128 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada belbogʻli kurashchilarning musobaqalarga taktik tayyorgarligini amalga oshirish hamda taktik tayyorgarlikni amalga oshirish uslublari bayon qilingan. Shuningdek maqolada musobaqalarda taktik harakatlarning amalga oshirish uchun koʻrsatmalar berilgan. Kalit soʻzlar: Taktik tayyorgarlik, belbogʻli kurash, taktik harakatlar, taktik reja, texnik harakatlarga oʻrgatish bosqichlari. Taktik tayyorgarlik bu kurashchilarning musobaqalarda bellashuv olib borish usuli va metodlari bilan qurollantiradi. Musobaqa vaqtida taktik jihatdan to‘g‘ri harakat qilish – o‘z kuchini to‘g‘ri taqsimlash, g‘alabaga erishish uchun zarur bo‘lgan usullarni tanlash va bajarishni bilish demakdir. Kurash jarayonida raqibning ehtimoliy taktik rejasini inobatga olish kerak. Bu rejani o‘z vaqtida anglab yetish va unga mos ravishda o‘z taktikasini shakllantirish – taktik mahoratning muhim jihatlaridan biridir. Taktik savodxonlik sportchi mashg‘ulotlarda egallagan bilimlarini amalda qo‘llashni o‘rgansagina foyda keltiradiki,. Raqibi uzun yoki past bo‘yli bo‘lsa, chap qo‘lli kurashchi bilan bellashish kerak bo‘lsa – bularning barchasiga moslasha olish muhimdir. Shu sababli, taktik tayyorgarlikning asosiy vazifalaridan biri sportchining doimo o‘zgarib turuvchi sharoitlarga mos ravishda kurash taktik rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Taktikani qo‘llash qobiliyatlarini rivojlantirishning asosi – yaxshi nazariy tayyorgarlik, gilamdagi vaziyatni kuzatish va tahlil qilish, shuningdek, o‘z sport natijalariga tanqidiy yondashishdir. Shu bilan birga, raqiblarning taktik rejasini oldindan anglab yetish va unga mos ravishda musobaqaga tayyorgarlik jarayonini maqsadli tashkil eta olish ham muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, musobaqa davridagi taktik tayyorgarlik rejasini va kurash olib borish strategiyasini tuzishda quyidagi ma’lumotlardan foydalaniladi:  Raqibning kuchli va zaif tomonlari – jismoniy, texnik, taktik va irodaviy tayyorgarlik jihatidan. Bu sportchining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash orqali, o‘z taktik rebellashuvizni tuzishda yordam beradi.  Raqibning jismoniy tayyorgarlikdagi ustunligi: qaysi jismoniy sifatni ko‘proq ishlatadi (kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik yoki egiluvchanlik). Raqibning jismoniy kamchiliklari o‘z taktik rebellashuvizni tuzishda muhim ahamiyatga ega.  Raqibning texnik usullarni ishlatish hajmi: kurash davomida qo‘llanadigan umumiy texnika, har bir texnik harakatning o‘ziga xos xususiyatlari; qaysi himoya va qarshi hujum usullarini yaxshi yoki yomon bajarayotganini tahlil qilish. 142 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo  Raqibning kuchli tomonlarini har bir kurash davrida qanday qo‘llashi. Kurashning har bir bosqichida o‘z ustunliklarini qanday ishlatishi haqida ma’lumot olish.  Raqibning psixologik tayyorgarlik darajasi (jasurlik, qat’iyatlilik, sabotlilik, bardoshlilik va h.k.). Raqibda kuchli yoki zaif psixologik sifatlarning bor yoki yo‘qligi kurashning taktik rejasini tuzishda katta ahamiyatga ega. Chuqurlashtirilgan Mustahkamlash va Boshlang‘ich o‘rganish takomillashtirish o‘rganish 7-rasm. Texnik harakatlarga oʻrgatish bosqichlari Butun texnik va taktik bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar faqat amaliy qo‘llanilganda sport ahamiyatiga ega bo‘la boshlaydi. Boshlovchi sportchilarda harakatlarni malakaga aylantirish bilan bog‘liq bo‘lgan texnik tayyorgarlik uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi. Harakatlarni malaka holatiga o‘tishi, o‘zining mustaqil bosqichlariga ega bo‘lgan uchta o‘quv fazasiga mos ravishda amalga oshiriladi: Taktik mahorat kurashning birinchi rejasini tuzish va uni amalga oshirish jarayonida shakllanadi. Shuning uchun taktikani takomillashtirish jarayonida topshiriq usuli keng qo‘llaniladi. Murabbiy sportchiga murakkab, lekin bajarilishi mumkin bo‘lgan taktik vazifani bergan holda, unga aniq harakat rejasini tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni yetkazadi. Belbogʻli kurashchilarning taktik tayyorgarligini mashg‘ulot jarayonida takomillashtirish o‘ziga xos yondashuvni talab qiladi va asosiy maqsad sifatida sportchini musobaqaga tayyorlashni ko‘zda tutadi. Taktik tayyorgarlik keng ko‘lamli bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Kurash turlarida taktik tayyorgarlikning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, yunon- rum kurashida pozitsion kurash va raqibning balansini yo'qotish muhim ahamiyatga ega bo'lsa, erkin kurashda esa tezkorlik va harakatlarning xilma-xilligi ustuvor hisoblanadi. Judo va sambo kabi sport turlarida esa ushlash va tashlash texnikalarini to'g'ri qo'llash, shuningdek, raqibning harakatlarini oldindan taxmin qilish muhimdir. 143 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Raqibning zaif Kuchlarni to‘g‘ri tomonlaridan taqsimlash to‘g‘ri foydalanish O‘z vaqtida qarshi Chalg‘ituvchi hujum uyushtirish harakatlardan foydalanish Turli vaziyatlarda Kurash vaqtini tezkor qaror qabul samarali boshqarish Kurash sur’atini Texnik usullarn i o‘zgartir

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada belbogʻli kurashchilarning musobaqalarga taktik tayyorgarligini amalga oshirish hamda taktik tayyorgarlikni amalga oshirish uslublari bayon qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada belbogʻli kurashchilarning musobaqalarga taktik tayyorgarligini amalga oshirish hamda taktik tayyorgarlikni amalga oshirish uslublari bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
taktik harakatlar, belbogʻli kurash, taktik reja, Taktik tayyorgarlik, texnik harakatlarga oʻrgatish bosqichlari.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники