Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QORAQALPOG'ISTON AHOLISINING GEOGRAFIK JOYLASHUV XUSUSIYATLARI VA DEMOGRAFIK HOLATI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Saytova Iqlima Sulaymanovna (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining geografik joylashuvi va demografik holati o’rganiladi. Tadqiqotda tabiiy va iqtisodiy omillarning aholi joylashuvi, migratsiya jarayonlari hamda demografik o’zgarishlarga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, ekologik muammolar, xususan, Orol dengizi inqirozining aholi dinamikasiga ta’siri ko’rsatiladi. Bundan tashqari, mintaqada demografik barqarorlikni ta’minlash uchun infratuzilma va iqtisodiy imkoniyatlarni yaxshilash muhimligi muhokama qilinadi. Kalit so’zlar: Qoraqalpog’iston, aholi, geografiya, demografiya, migratsiya, Orol dengizi, iqtisodiy rivojlanish. Kirish. Qoraqalpog'iston Respublikasi O'zbekiston Respublikasining shimoliy-g'arbiy qismida joylashgan bo'lib, o'ziga xos tabiiy-geografik xususiyatlarga ega. Ushbu hududning aholisi va demografik holati ko'plab omillar, jumladan, geografik sharoit, iqlim, iqtisodiy rivojlanish darajasi hamda migratsiya jarayonlari bilan bog’liq. Shu jihatdan, Qoraqalpog'iston aholisi geografik joylashuvining o’ziga xosligi va demografik o'zgarishlarini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, Qoraqalpog'iston Respublikasi umumiy maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrni tashkil etib, mamlakatning eng katta hududiy ma'muriy birliklaridan biri hisoblanadi. Ushbu hudud shimolda va g’arbda Qozog’iston Respublikasi, sharqda esa Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlari bilan chegaradoshdir. Bundan tashqari, janubda Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh bo’lib, xalqaro chegaralarga ega. Ikkinchidan, tabiiy sharoitiga ko’ra, Qoraqalpog’istonning katta qismi cho’l va yarim cho’l hududlardan iborat bo’lib, Aral dengizining qurib borishi natijasida ekologik muammolar kuzatilmoqda. Shu bilan birga, Amudaryo vodiysi va uning atrofidagi sug’oriladigan yerlar aholi zich joylashgan hududlarni tashkil qiladi [2, 145-154]. Aholi soni va tarkibiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, Qoraqalpog’iston Respublikasida taxminan 2 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ushbu hududda qoraqalpoq, o’zbek, qozoq, rus va boshqa millatlar vakillari yashaydi. Aholining milliy tarkibi asosan qoraqalpoq va o’zbeklardan iborat bo’lib, ularning madaniy va ijtimoiy hayoti o’zaro uyg’unlashgan holda kechadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi aholisining o'sish dinamikasi. 1-jadval Barchasi Shundan: Shahar aholisi Qishloq aholisi Yillar Ming kishi %hisob. Ming kishi %hisob. Ming %hisob. kishi 1991 1273,8 102,9 614,4 103,3 659,4 102,5 146 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 1992 1310,7 102,4 634,7 103,1 676,0 101,8 1993 1342,8 102,1 654,4 102,0 688,4 102,3 1994 1371,6 101,8 667,7 101,5 703,9 102,1 1995 1396,7 101,5 677,9 101,2 718,8 101,8 1996 1418,2 101,5 686,3 101,4 731,9 101,6 1997 1439,1 101,4 695,7 100,9 743,4 101,9 1998 1459,1 101,4 701,8 101,7 757,3 101,0 1999 1478,8 101,6 713,9 101,4 764,9 101,8 2000 1503,0 101,6 724,2 102,0 778,8 101,3 2001 1527,0 100,9 738,4 102,1 788,6 99,7 2002 1540,1 100,7 753,7 100,8 786,4 100,6 2003 1551,6 100,6 760,1 100,1 791,5 101,0 2004 1560,3 100,6 760,6 100,6 799,7 100,7 2005 1569,9 100,1 764,9 99,9 805,0 100,4 2006 1571,9 100,7 763,9 100,5 808,0 100,9 2007 1582,7 100,8 767,5 100,9 815,2 100,7 2008 1595,4 101,3 774,5 105,2 820,9 97,6 2009 1615,7 101,0 814,6 100,7 801,1 101,3 2010 1632,0 108,0 820,3 105,0 811,7 111,0 2015 1763.2 104,5 861,9 105,1 901,3 103,9 2017 1842,4 101,5 905,6 101,3 936,8 101,6 2018 1869,7 - 917,5 - 952,2 - 2021 1923,8 101,3 942,1 - 981,7 - 1991-2021-yillar davomida shaharlardagi aholi soni 614,4 mingdan 942,1 ming kishiga yetib, 160,2 % ga o’sdi. Shu davr mobaynida o’rtacha yillik o’sish sur’ati 1,8 % ni tashkil etgan. Biroq, 1991-yilda bu ko’rsatkich 3,3 % bo’lgan bo’lsa, 2018-yilga kelib 1,3 % gacha pasaygan [3, 531-536]. Qishloq aholisi esa 659,4 mingdan 952,2 ming kishiga yetib, 144,4 % ga oshgan. Qishloq joylarda o’rtacha yillik o’sish sur’ati 1,2 % bo’lib, 1991-yilda 2,5 %, 2018-yilda esa 1,6 % ni tashkil etgan (1-jadval). Qoraqalpog‘istonda aholi sonining o‘sishi hududiy xususiyatlarga bog‘liq bo‘lib, bu aholi ulushining o‘zgarishiga olib kelgan. Masalan, 1991–2021-yillar davomida shahar aholisi ulushi 48,2 % dan 48,7 % ga oshgan, qishloq aholisi ulushi esa 51,8 % dan 51,3 % ga pasaygan. Ushbu 147 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo davrda aholining sezilarli darajada o’sishi Amudaryo, Beruniy, Kegeyli, Qanliko’l, To’rtko’l, Chimboy va Ellikqala tumanlarida kuzatilgan. Hududlarda aholi sonining oshishi yoki kamayishi tabiiy o’sish va migratsiya jarayonlari hamda ma’muriy-hududiy tuzilishdagi o’zgarishlar bilan bog’liq. Biroq, aksariyat hollarda aholining ko’payishida tabiiy o’sish asosiy omil hisoblanadi. Ilgari Qoraqalpog’iston aholisi sonining ortishida aynan tabiiy o’sish yetakchi rol o’ynagan. So’nggi yillarda esa ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik omillar ta’sirida tabiiy o’sish sur’ati sezilarli darajada pasaygan. Shunga qaramay, migratsiya balansi tufayli bu pasayish muvozanatlashmoqda. Oxirgi 4,5 yil ichida tabi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining geografik joylashuvi va demografik holati o’rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining geografik joylashuvi va demografik holati o’rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- geografiya, iqtisodiy rivojlanish., Qoraqalpog’iston, demografiya, migratsiya, aholi, Orol dengizi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024