К содержанию
РецензированоEN2026

IQLIM O`ZGARISHINING QO`QON VOHASI AHOLI SALOMATLIGIGA TA`SIRI

Meliboyeva F.S.

Молодые ученые · 2026

Аннотация

This article analyzes climate change and its impact on Uzbekistan, including the Kokand oasis and its landscapes. Kokand oasis and its natural geographical location, the main factors that shape its climate are covered. Opinions on ensuring the stability of landscapes in the conditions of climate change are highlighted. Key words: climate change, Kokand oasis landscapes, winds, landscape ecological balance, landscape stability. Yer sharida aholining izchil ortib borishi va sanoat korxonalarini ko‘payib ketishi, transport vositalarining faolligi natijasida XX ikkinchi yarmiga kelganda butun yer shari bo‘ylab global iqlim o‘zgarishi yuz bermoqda. Global miqyosda iqlim o‘zgarishi qanday sodir bo‘lishi hududning geografik o‘rni bilan chambar-chas bog‘liq. Respublikamizda iqlim o‘zgarishlarini tadqiq qilishda V.A.Bugayev nomidagi O‘rta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan tadqiqot metodlarini tahlil qilishga harakat qildik. Respublikamiz hududida iqlim o‘zgarishiga asos SO ni atmosferaga ko‘p 2 miqdorda chiqarib yuborishimiz bilan ifodalanadi. SO miqdorini ikki marta ko‘payib borishi 2 natijasida 2030 yilga kelib harorat o‘rtacha yozda 20C, qish faslida esa o‘rtacha 4-50C oshib borishini kuzatishimiz mumkin. Respublikamizda eng yuqori haroratlar Ustyurt platosida, Quyi Amudaryo va Orolbo`yi hududlarida qayd etilmoqda [2]. Qo`qon vohasi hududiga g`arbdan va shimoldan kirib keladigan havo massalarining sirkulyatsiyasi hamda yoz oylarida hosil bo`ladigan termik depressiya bilan birgalikda hududdagi atmosfera bosimi ham katta ahamiyatga ega [1]. Qo`qon vohasining orografik joylashuvi hududda havo harorati va yog`ingarchilik miqdorining taqsimlanishida muhim ahamiyatga ega bo`lgan asosiy omillardan biridir. Hududdagi harorat va yog`ingarchilikning mavsumiy va yillararo o`zgarishi o`ziga xos xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Ya`ni hududning orografik joylashuvi yog`ingarchilikning intensivligi va davomiyligiga bevosita ta`sir 93 ko`rsatadi. Qo`qon vohasida havo harorati turlicha taqsimlangan bo`lib, uning markaziy qismi ya`ni Qo`qon shahrida yanvarning o`rtacha harorati -2,2 0C, iyul oyining o`rtacha harorati esa 26,8 0C ni tashkil etadi. Qo`qon vohasining relyefi pasttekislik, qir, toshloq va qumli chalacho`llardan iborat bo`lgan g`arbiy qismida yanvarning o`rtacha harorati -20C, iyul oyining o`rtacha harorati esa 280C ga teng bo`lib, yiliga 200 mm yog`in tushadi. Vegetatsiya davri 205 kunni tashkil etadi. Hudud iqlimining shakllanishida O`rta Osiyodagi kuchli shamollardan biri bo`lgan Farg`ona vodiysining Farg`ona yo`lagi (“Xo`jand yo`lagi”) orqali vodiy tomon harakatlanuvchi Qo`qon shamolidir. Uning tezligi 32-35 m/sek. bo`lib, yiliga o`rtacha 40 kun esadi. Farg`ona vodiysidan Mirzacho`l tomon esa Bekobod shamoli asosan noyabr oylarida boshlanib mart oylariga qadar davom etib, bir yilda o`rtacha 52 kun esadi [3]. Ushbu shamollarning Qo`qon vohasida haroratning o`zgaruvchanligi va yo`g`inlar miqdorining taqsimlanishida muhim ahamiyatga egadir. Vohaning sharqiy qismi toshloqli dast hamda tekislikdan iborat bo`lib, yanvarning o`rtacha harorati -30C, iyul oyining o`rtacha harorati 26 0C, yog`in miqdori esa yiliga 180-220 mm ga teng. Asosan tekislikdan iborat bo`lgan vohaning shimoliy qismi iqlimi continentaldir. Bahor va kuzda kuchli shamollar esib, yozi issiq, qishi esa birmuncha yumsoq. Vohaning shimoliy g`arbiy qismilarida yanvarning o`rtacha harorati -2,2 0C, iyul oyining o`rtacha harorati esa 26,8 0C ga teng bo`lib, yiliga 110 mm yog`in yog`adi. Vegetatsiya davri 220 kunni tashkil etadi. Shimoliy sharqiy qismlarida esa yanvarning o`rtacha harorati -2,3 0C, iyul oyining o`rtacha harorati 27,5 0C ga teng. Yog`in miqdori esa 120-130 mm ni, vegetatsiya davri esa 218 kunni tashkil etadi. 1.1-rasm. Qo’qon vohasining rel’efi. Qo`qon vohasining relyefi asosan shimoldan janubga tomon ko`tarilb borishi, uning janubiy qismida iqlimning o`ziga xos tarzda o`zgarishiga sabab bo`ldi. Vohaning janubiy 94 qismida adir hamda dash mintaqalari shakllangan bolib, yanvar oyining o`rtacha harorati -6 0C, -10 0C ni, iyul oyining o`rtacha harorati esa 25 0C ni tashkil etadi. Yog`in miqdori ham shimoldan janubga tomon ortib, vegetatsiya davri esa kamayib boradi. Iqlim o‘zgarishi sharoitida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va landshaft ekologik muvozanatni ushlab turish lozim bo‘ladi. Iqlim o‘zgarishi avvalo landshaftlar komponentlarini o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Qish oylarida havo haroratini biroz issiq kelishi yoki ba’zi yillari anamal sovuq bo‘lishi birinchi joy landshaftlariga o‘z ta’sirini qo‘rsatmoqda. 2022 yilgi qish faslidagi anomal sovuq bo‘lishi Qo‘qon vohasi landshaftlariga ham o‘z ta’sirini qo‘rsatmasdan qolmadi. Buvayda tumanidagi anjirzorlar qurishiga, Qo‘qon guruh tumanlaridagi issiqxonalarni muzlashi natijasida aholi daromadiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Yoz oylarida esa haroratni keskin issib ketishi natijasida termiq depressiya vujudga kelishi ko‘p

Доказательный фрагмент

«This article analyzes climate change and its impact on Uzbekistan, including the Kokand oasis and its landscapes.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes climate change and its impact on Uzbekistan, including the Kokand oasis and its landscapes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
climate change, Kokand oasis landscapes, winds, landscape ecological, yod tanqisligi, omillar., Qo`qon vohasi, iqlim o`zgarishi, asab tizimi kasalliklari, kasalliklar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники