К содержанию
РецензированоRU2026

MATN VA GRAFIK MUHARRIRLARI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Normurodova Sadoqat Xoliqulovna (in-academy.uz/index.php/si) · Xolyorov Dilshod (Shahrisabz davlat pedagogika instituti) · Asadova Shaxina Halim qizi (Shahrisabz davlat pedagogika instituti)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

В данной статье анализируются методики преподавания текстовых и графических редакторов, а также эффективные методы обучения, основанные на современных информационных технологиях. Рассматриваются интерактивные методы обучения, проектный и практический подходы, а также использование цифровых технологий в образовательном процессе. Annotation. This article examines the methodology of teaching text and graphic editors, highlighting effective teaching methods based on modern information technologies. It explores interactive teaching methods, project-based and practical approaches, and the integration of digital technologies in the educational process. Kalit so‘zlar: matn muharriri, grafik muharriri, interfaol metod, dars metodikasi, amaliy topshiriq, raqamli texnologiyalar, pedagogik yondashuv. Ключевые слова: текстовый редактор, графический редактор, интерактивный метод, методика урока, практическое задание, цифровые технологии, педагогический подход. Keywords: text editor, graphic editor, interactive method, lesson methodology, practical task, digital technologies, pedagogical approach. KIRISH. Zamonaviy jamiyatda axborot texnologiyalari kundalik hayotning ajralmas qismiga aylangan. Matn muharrirlari (Microsoft Word, Google Docs, LibreOffice Writer) va grafik muharrirlari (Adobe Photoshop, CorelDRAW, Canva) turli sohalarda faol qo‘llanilmoqda. Ushbu dasturlarni puxta o‘rganish nafaqat ofis ishlarini bajarishda, balki ilmiy tadqiqotlar, dasturlash, muhandislik va dizayn sohalarida ham juda muhim ahamiyatga ega. Matn muharrirlari matn yaratish va tahrirlashda keng qo‘llaniladi, bu esa biznes, ta’lim va ilmiy sohalarda samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Grafik muharrirlar esa dizayn, marketing va san’at sohalarida ishlatiladigan asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Bu dasturlar yordamida o‘quvchilar nafaqat nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, balki amaliy ishlarni bajarish orqali mustaqil ravishda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishlari mumkin. 125 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Ta’lim jarayonida matn va grafik muharrirlarini o‘rgatish muhim metodik yondashuvlarni talab qiladi. Darslarda zamonaviy interfaol usullardan foydalanish, real loyihalar asosida o‘quvchilarga mustaqil topshiriqlar berish, shuningdek, onlayn platformalardan foydalanish o‘quv jarayonini yanada samarali qiladi. Ushbu maqolada matn va grafik muharrirlarini o‘qitish metodikasining muhim jihatlari, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan usullar va ularning samaradorligi haqida so‘z yuritiladi. Matn va grafik muharrirlarini o‘qitish jarayonida samarali metodlardan foydalanish ta’lim sifati va o‘quvchilarning qiziqishini oshirishga yordam beradi. Shu bois, ushbu maqolada matn va grafik muharrirlarini o‘qitishda qo‘llaniladigan eng samarali metodlar, pedagogik yondashuvlar va amaliy o‘quv dasturlari haqida so‘z yuritiladi. Matn va grafik muharrirlarini o‘qitishning asosiy yo‘nalishlari. Matn muharrirlari hujjatlar yaratish, tahrirlash va formatlash imkoniyatlarini taqdim etsa, grafik muharrirlar tasvirlarni qayta ishlash va dizayn bilan bog‘liq jarayonlarni boshqarishga yordam beradi. Ushbu dasturlarni o‘rgatish jarayonida quyidagi metodlar samarali hisoblanadi: 1. Interfaol metodlar. Dars davomida o‘quvchilarning faolligini oshirish uchun "Muammoli ta’lim", "Ochiq muhokama" va "Savol-javob" metodlari qo‘llaniladi. O‘quvchilarga real hayotga oid vazifalar berilib, ularga ijodiy yondashish imkoniyati taqdim etiladi [1]. 2. Amaliy topshiriqlar. O‘quvchilarga real hujjatlar yoki dizayn loyihalarini yaratish topshiriladi. Masalan, talabalar Microsoft Word yordamida rasmiy hujjatlar tayyorlash yoki Photoshopda grafik dizayn elementlarini yaratish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tashadi. 3. Loyihaviy metod. Talabalarga mustaqil yoki jamoaviy loyihalar ustida ishlash topshiriladi. Masalan, o‘quvchilar guruh bo‘lib reklama bukleti, plakat yoki rasmiy hujjatlar yaratishlari mumkin [2]. 4. Differensial yondashuv. O‘quvchilarning bilim darajasiga qarab mos topshiriqlar beriladi. Boshlang‘ich darajadagilarga oddiy matn tahrirlash, ilg‘or foydalanuvchilarga esa dizayn elementlari yaratish kabi topshiriqlar topshiriladi. Matn va grafik muharrirlarini o‘rganish jarayonida modulli o‘qitish tizimi qo‘llanilishi samaradorlikni oshiradi. Ushbu yondashuvda dars jarayoni kichik modullarga bo‘linadi: Modul 1: Matn muharrirlarining asosiy funksiyalari Modul 2: Hujjatlarni formatlash va tahrirlash Modul 3: Grafik muharrirlar bilan ishlash Modul 4: Loyihalar yaratish va taqdim etish Bu modul asosidagi yondashuv o‘quvchilarga bosqichma-bosqich o‘zlashtirish imkonini yaratadi.[3] Axborot texnologiyalaridan foydalanish. Raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga jalb qilish darslarni yanada qiziqarli va samarali qiladi. Google Classroom, Moodle, va Microsoft Teams kabi onlayn platformalar yordamida topshiriqlar beriladi va baholanadi. Video darslar va interaktiv qo‘llanmalar orqali o‘quvchilar mustaqil ravishda bilim olish imkoniyatig

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируются методики преподавания текстовых и графических редакторов, а также эффективные методы обучения, основанные на современных информационных технологиях.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируются методики преподавания текстовых и графических редакторов, а также эффективные методы обучения, основанные на современных информационных технологиях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
text editor, graphic editor, interactive method, lesson methodology, practical, interfaol metod, pedagogik yondashuv., raqamli texnologiyalar, matn muharriri, grafik muharriri, dars metodikasi, amaliy topshiriq
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники