К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI KREATIV O‘QITISH ORQALI TA’LIM SIFATINI OSHIRISH IMKONIYATLARI

Kamalova Umida

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o`quvchilarini kreativ o`qitish orqali ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlari bayon qilingan. Kalit so’zlar: kreativlik, tafakkur, innovatsiya, qobiliyat, sermahsullik, innovatsion yondashuv. Pedagogika va psixologiyada kreativlik xususiyatlarining rivojlanishi.ko’ogina omillarga bog’liq.Ta’limning zamonaviy globallashuv va axborotlashuv sharoitida rivojlanishi va takomillashuvini innovatsiyalarning turli shakllarini tadqiq etmasdan, bugungi kunda mutaxassisni nimaga va qanday tayyorlashga bir qator yondashuv va munosabatlarni tamoyillar asosida ko‘rib chiqmasdan amalga oshirish mumkin emas. Shu bilan birgalikda, oliy maktab pedagogik tarkibi jadal rivojlanayotgan innovatsion ta’lim tizimi, birinchi navbatda, ijodiy qobiliyatlar, ijod potensiali, o‘z-o‘zini ijodiy rivojlantirish, ijodiy individuallik va kreativlik talablariga javob berish muammosiga katta e’tibor qaratishi lozim.Shaxsning ijodkorlik imkoniyatlarini tadqiq etishga bo‘lgan ijtimoiy buyurtma kreativlik muammosining alohida muhimligini belgilaydi.61Albatta biz bilamizki zamonlar o’zgaruvi vaqtlar o’tishi bilan yangi yoki takomillashgan metodlar ta’lim jarayoniga tadbiq etila boshlaydi. Bu avvalo sohalarda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan bo’ladi. Kreativlik bilan shaxs va intellektual xossalar taqqoslangan tadqiqotlar katta ahamiyatga egadir. Intellektual xossalar bilan taqqoslash bo’yicha tadqiqotlar Dj. Gilford tomonidan amalga oshirilgan. Kreativlik – bu insonning shaxsiy xususiyati bo`lib, uning o’z-o’zini takomillashtirib va rivojlantirib borishi bilan bog’liq. Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative ” yaratuvchi, ijodkor) –individning yangi g`oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo`ladi.62 Ya’ni kreativlik insonlarning tafakkurida, bilish jarayonlarida umuman insonning har qanday faoliyatida namoyon bo’ladi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kreativ 61 R.A.Mavlonova, N.H.Rahmonqulova, K.O.Matnazarova, P.Q.Xolmatov, M.K.Shirinov “Umumiy pedagogika” toshkent-2016 192-bet 62 Gulnora Abduraxmonovna Yusufaliyeva, Noila Nasim qizi Abduraxmonova, Aziza Mirzabek qizi To’rabekova “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishda o’qituvchining roli” Academic research in educational sciences volume 2 | issue 4 | 2021 issn: 2181-1385 scientific journal impact factor (sjif) 2021: 5.723 294 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 salohiyatini rivojlantirish kasbiypedagogik faoliyatda zarur bo’ladigan quyidagi omillarga e’tibor qaratishni taqozo etadi: yangi-yangi g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish,ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish, o’qituvchi va hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish.Har bir mutaxassisning o’qituvchi sifatida o’zini o’zi rivojlantirishi va o’zini o’zi namoyon eta olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog’liq.O’qituvchining kreativlik salohiyati uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning o’zo’zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa, kreativ salohiyat negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo’ladi. Kreativ salohiyat bilish jarayoniga yo’naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog’liq. Boshlang’ich sinf o’qiuvchilarining kreativ salohiyatini rivojlantirish quyidagi to’rt yo’nalish bo’yicha harakat qilishni talab qiladi: 1) O’qituvchilarning ijodiy fikrlash ko’nikmalarini namoyish etishi va erkin faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitni yaratish 2) O’quvchilar tomonidan o’quv fanlarini qiziqish bilan o’zlashtirishiga rag’batlantiruvchi strategiyani joriy etish; 3) Innovatsion yondashuv va pedagogik masala (muammolarning yechimi)ni topishda ijodiy yondashuvning ustivorligini ta’minlash; 4) Belgilangan ta’limiy-tarbiyaviy vazifalarni to’laqonli bajarish orqali kutiladigan natijaga erishish. 63 Ya’ni kreativ fikirlash uchun bir qancha yondashuvlarning samarasi isbotlangan. Shuningdek, kreativ fikrlash oʻquvchilarning taʼlim olishini hodisalar, tajribalar xatti-harakatlarni yangicha va shaxsan mazmunli usulda talqin etish orqali qoʻllab-quvvatlaydi. Oʻquvchining xayoli va qiziquvchanligi taʼlim jarayonida qoʻl keladi: ijodiy fikrlash shu tariqa oʻzaro kelishuvchanlik vositasiga aylanadi, hattoki avvaldan belgilangan taʼlim maqsadlari kontekstida ham. Maktabda oʻquvchining motivatsiyasi va qiziqishini oshirish uchun, barcha oʻquvchilarning ijodiy salohiyati va shijoatini hisobga oluvchi taʼlimning yangi shakllari yoʻlga qoʻyilishi zarur. Bu ayniqsa taʼlim jarayoniga unchalik qiziqish bildirmayotgan oʻquvchilarga yorda

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o`quvchilarini kreativ o`qitish orqali ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlari bayon qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o`quvchilarini kreativ o`qitish orqali ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlari bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tafakkur, innovatsiya, kreativlik, sermahsullik, innovatsion yondashuv., qobiliyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники