К содержанию
РецензированоRU2026

TARJIMADA JANR MASALASI

TARJIMADA JANR MASALASI · S. R. Matkarimov

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

В данной статье рассматривается вопрос о жанре перевода исторических произведений. Речь идет о проблемах преобразования литературного наследия неродственных народов.Уникальности жанров в восточной литературе. Ключевые слова: литература, жанр, рубаи, газель, переводы, классическая поэзия, Восток Annotation: This article examines the issue of the genre of translation of historical works. We are talking about the problems of transforming the literary heritage of unrelated peoples.The uniqueness of genres in Oriental literature. Keywords: literature , genre, rubai , gazelle, translations, classical poetry, East. Kirish. Jahon adabiyotida asrlar mobaynida turli xalqlarning adabiy izlanishlari natijasida voqelikni badiiy ifoda etishning har xil shakllari kashf etilgan. “Badiiy tafakkur mevasi bo‘lmish so‘z san’atining tur va xillari, uslub va usullari rang-barang bo‘lganidek, uning tarjimasida ham xilma-xil tadbirlar, yo‘llar, usul va uslublar mavjud” Har qanday janrning o‘z tarkibiy tuzilishi, tasvir usuli, ifoda imkoniyati bo‘lganidek, ularni tarjima qilishning ham o‘ziga xos talablari mavjud.” Avvalo, janr masalasi shunchaki shakl masalasi emas. Unda, muayyan xalqning asrlar davomida tarkib topgan badiiy an’anasi, butun bir psixologiyasi ifodalangan bo‘ladi. Ana shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, janr muammosi milliylik muammosi bilan chambarchas bog‘liq. Janrning o‘ziga xosligini tarjimada aks ettirish o‘zga xalqning milliy xususiyatlarini berishga urinish demakdir. Bu esa badiiy tarjima nazariyasining janr spetsifikasi bilan bog‘liq maxsus muammolari ham borligidan darak beradi” Qardosh tillardan tarjimada ham bu masala nisbatan oson hal qilinadi, zero bunda ko‘pincha vazn muammosiga duch kelinmaydi ham. Chunki qardosh xalqlarning tarixi, dini, madaniyati adabiyoti mushtarak an’analar asosida rivojlanganidan she’riyatiga ham yagona she’riy tizim amal qiladi. 289 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Mavzuga oid adabiyotlarning tahlil va tadqiqot metodologiyasi. Mumtoz she’riyat janrlari asrlar davomida shakllanib, o‘z takomiliga erishgan. Shunga muvofiq, ulardan o‘z mavzu qamrovi tasvir usullari ifoda imkoniyati va albatta o‘z vazni mavjud. Masalan, tuyuq, dubaytiy kabi janrlar faqat bitta vaznda yaratilsa, ruboiy bir vaznning turli tarmoqlarida yoziladi. Masnaviylar hajaz, ramal, mutaqorib bahrlarining nisbatan ixcham bo‘lgan musaddas vaznlarida bitiladi. G‘azal bu jihatdan keng imkoniyatlarga ega bo‘lib, aruzning deyarli barcha bahr va vaznlarida ijod qilinishi mumkinligiga qaramay, muayyan vazndagi g‘azalni boshqa vaznga solib tarjima qilishni tarjima nazariyasi oqlamaydi. Mazmun jihatidan esa, qit’a tarjimasida pand-nasihatni, ruboiy tarjimasida falsafiylikni, g‘azal tarjimasida lirik kechinmalarni yetkazib berish lozim. Dramatik asarlar tarjimasiga kelganda esa, dramada dramatizmni, tragediyada fojiani, komediyada kulguni chiqarish muhim. Yirik epik asarlardan tortib eng kichik lirik janrlargacha har birining o‘z mazmuni, shakli, ritmi, uslubi mavjud. Hatto har bir jumlaning ham o‘z qurilish qolipi bo‘ladi. “Chunki fikr o‘z qolipi bilan fikr. Qolipi o‘zgardimi, fikrda ham ozmi- ko‘pmi o‘zgarish yuz berishi tabiiy”. Tarjimada asarning faqat mazmuni va shaklinigina emas, balki ritmini ham berishi muhim. “Har bir badiiy mazmun o‘shanga mos keladigan ohangni talab etadi. Harbiy marsh-lirik she’r ohangida, ruboiy- sochma ohangida, g‘azal-ballada ohangida, marsiya- yor-yor ohangida yozilmaydi va tarjima qilinmaydi” Har bir adabiy janr tarjimasining mazmun, shakl, ritm, ohang, qofiya, badiiy san’atlar va boshqa jihatlardan o‘ziga xosliklari bo‘lib, bu tarjimon zimmasiga qo‘shimcha qiyinchiliklar yuklaydi. U tarjimondan ikki til, ikki adabiyotni bilishdan tashqari, badiiyat qonun-qoidalari, adabiy janrlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan yetarli darajada xabardor bo‘lishini taqozo qiladi. Chunki bir janrdagi asarni boshqa janrga solib tarjima qilish, agarchi tarjima amaliyotida bunday hodisalar uchrasada, amalda mumkin emas. Bunda bir badiiy estetik voqelik o‘rnini, butunlay boshqa badiiy-estetik voqelik egallaydi. Vazn sistemasi har bir xalq she’riyatida betakror va o‘ziga xosdir. O‘zbek she’riyatida barmoq vazni bo‘g‘inlar soniga asoslanadi. Nechta unli tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in hisoblanadi. Fransuz tilida esa so‘zda talaffuzda tushib qoladigan unlilar bo‘lib, bo‘g‘in ma’lum qoidalarga asosan hisoblanadi. O‘zbek va fransuz she’riyatini taqqoslasak Fransuzlarning “ Rolan haqida qo‘shiq” asari dekasillab o‘n bo‘g‘inni tashkil qiladi. O‘zbek she’riyatida ritm ikki xil vaznga asosan yaratiladi: aruz hamda barmoq vazni. Aruz o‘zbek adabiyotiga biroz keyinroq, arab xalqlaridan kirib kelgan, barmoq vazni esa xalq og‘zaki ijodi namunalarining asosini tashkil qiladi. 290 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Barmoq sistemasida ritm o‘zbek ti

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается вопрос о жанре перевода исторических произведений.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается вопрос о жанре перевода исторических произведений. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
literature, genre, rubai, gazelle, translations, classical poetry, East, g‘azal, ruboiy, mumtoz she’riyat, tarjimashunoslik, janr, : adabiyot, sharq.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники