К содержанию
РецензированоRU2026

UYGʻONISH SO‘ZI HARBIY ATAMA

Nazokat Palvanova

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o’zbek tilimizda “Uyg’onish” so’zi harbiy atama ekanligi yoritilgan Annotasiya: В этой статье обьясняется.что слово «Подьём » в нашем узбекском языке является военным термином. Annotation: This article explains that “Uygonish “ is a military term in our Uzbek language Kalit so’zlar: tong, tun, harbiy qism, uyqu, modernizasiya, maydonga chiqmoq, fahr - iftihor, bahor, shijoat. Ключевые слова: утро, ночь, воинская часть, сон, модернизация, выход в поле, гордость, весна, энтузиазм. Keywords: dawn, night, military unit, sleep, modernization, going out into the field, pride, spring, enthusiasm. Kirish Uygʻonish deganda avvalambor erta tonggi payt hayolimizga keladi. Ona zaminda yashayotgan barcha insonlar odatda ertalab uyqudan turishadi. Ayniqsa harbiylarda bu tadbir buyruq bilan bajarilishi uygʻonish samarasini ta'minlaydi. Shu boisdan uygʻonish soʻzi ham harbiy atama hisoblanadi. Ha, ishonavering. “Harbiy atamalarning qisqacha izohli lugʻati” kitobida bu qadrdon soʻzimizning ruscha tarjimasini qavs ichida (pod'yom) deb yozib ham qoʻyibdi. Yonida izohiyam bor: Harbiy qismning kun tartibida koʻrsatib oʻtilgan, harbiy xizmatchilarning tungi (kunduz kungi) hordigʻidan soʻng oʻtkaziladigan tadbir. Avvalambor, aytib oʻtishimiz zarur, harbiy atamalarning deyarli yarmidan koʻpisi ruscha va internasional soʻzlardir. Bu soʻzlar sobiq ittifoq davrida rus halqi bilan doʻstona aloqada boʻlganligimiz, oʻsha paytlarda barcha yosh yigitlarimiz koʻpincha Rossiyada oʻz harbiy xizmat burchini oʻtaganligi bilan izohlanadi. Ayniqsa, “ikkinchi jahon urushi yillaridagi tariximizni oʻrganish borasida yangi ma'lumotlar aniqlandi. Masalan, shu vaqtga qadar urush boshlangan paytda yurtimiz aholisi 6 million 551 ming kishini tashkil etgan va ularning 1 million 500 mingga yaqini urushda ishtirok etgan, deb hisoblanar edi. Yangi topilgan ma'lumotlarga koʻra, Oʻzbekistondan 1 million 951 mingga yaqin kishi urushga safarbar etilgani aniqlandi. Demak, har uch nafar oʻzbekistonlikdan bittasi qoʻliga qurol olib, fashizmga qarshi jang qilgan. Ilgari 396 ming nafar Oʻzbekiston fuqarosi urushda halok boʻlgan, deb aytilardi. Aslida bu raqam 538 mingdan ziyod boʻlgan. Shuningdek, oʻsha davrda “quloq” sifatida boshqa oʻlkalarga surgun qilingan 59 mingdan ortiq vatandoshimiz ham harakatdagi 283 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 armiyaga safarbar etilgani ma'lum boʻldi. Yangi ma'lumotlarga asosan 200 mingdan ziyod askar va ofiserlarimiz jangovar davlat mukofotlari bilan taqdirlangani aniqlandi. Jumladan, ilgari 280 nafar deb hisoblab kelingan oʻzbekistonlik Sovet Ittifoqi Qahramonlarining soni 301 nafar ekani, 70 nafar yurtdoshimiz uchala darajadagi Slava ordeniga sazovor boʻlgani hujjatlar orqali oʻz tasdigʻini topdi.” Harbiy atamalar haqida gap ketar ekan, albatta, ikkinchi jahon urishida qatnashib, mardlik va matonat koʻrsatib jonini qurbon qilgan barcha vatandoshlarimiz bilan doimo fahrlanib yuramiz, ularning ruhlari barhayot boʻlib, Ollohdan jannatdan joy berishini iltijo qilib qolamiz. Demak, uygʻonish soʻzining harbiy atamaligi ruschadagi pod'yom soʻzi bilan isbotlandi, deylik. Ya'ni, u askarlarni uyqudan uygʻotadi, dam olishayotganida oromini toʻxtatib, jangga yoki harbiy mashqlarga yoʻllaydi. Demak, xarbiylarning hayotida “pod'yom!” soʻzi xar kuni bir necha bora yangraydi. Xoʻsh, Oʻz tilimizda-chi? Uygʻonish soʻzining qanday faoliyati va amallari bor ekan? U yana nimalarga va kimlarga ma'naviy va koʻchma ma'nolarda xizmat qilar ekan? Jumladan, bahor uygʻonishi, tabiat uygʻonishi, jamiyat uygʻonishi, insonlar uygʻonishi, qoʻyingki, bunday misollarni istagancha keltirish mumkin. Yaxshisi bu safar insonlarning ma'naviy, gʻoyaviy va siyosiy uygʻonishlari tarixi haqida soʻz yuritsak ma'qul boʻlardi.Chunki davrimiz ham shuni taqozo etayotir. Jahon tarixida Gʻarb va Sharq xalklarinig ma'naviy - ijtimoiy uygʻonish davrlari boʻlgan. Gʻarbda renessans (fransuscha-uygʻonish) davri XV1-XV11 asrlarga toʻgʻri keladi. Gʻarb olimlari bu hisobdan oʻzlarini ilgʻor hisoblashadi, Vaholanki uygʻonish davri Sharqda ancha oldin paydo boʻlgan. Xususan markaziy Osiyo mintaqasida, jumladan, hozirgi Oʻzbekiston hududi tarixida ham ilm-fan, madaniyat va san'at qadimdan rivojlana boshlagan. Xususan “Avesto”da ham ma'naviy hayot, ta'lim- tarbiya borasida ilgʻor gʻoyalar ilgari surilgan. Ammo, Birinchi Sharq Uygʻonish davri 1X-X11 asrlarda mintaqada yuz bergan ”Musulmon Renessansi” nomi bilan mashhurdir. Birinchi Sharq uygʻonish davrida buyuk allomalar, qomusiy bilim egalari, ulugʻ mutafakkirlar etishib chiqqan. Dunyoviy olimlar Muhammad Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Umar Hayyom, Abu Ali ibn Sino, Hofiz Sheroziy, Nizomiy Ganjaviylarning ijodiy faoliyati va kashfiyotlari bashariyat taraqqiyotiga katta hissa boʻlib qoʻshildi va gʻarb davlatlari xalqlari ham bu ta'limotlardan hanuzgacha foydalanishmoqda. Xususan, Muhammad Xorazmiyning matematika, Abu Rayhon Beruniyning f

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o’zbek tilimizda “Uyg’onish” so’zi harbiy atama ekanligi yoritilgan Annotasiya: В этой статье обьясняется.что слово «Подьём » в нашем узбекском языке является военным термином.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o’zbek tilimizda “Uyg’onish” so’zi harbiy atama ekanligi yoritilgan Annotasiya: В этой статье обьясняется.что слово «Подьём » в нашем узбекском языке является военным термином. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dawn, night, military unit, sleep, modernization, going out into the
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники