К содержанию
РецензированоUZ2026

SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINING IJRO ETILISHI JARAYONIDA ADVOKATNING ROLI VA ISHTIROKI

Voxidov Muxtorjon

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

This article analyzes the role and characteristics of a lawyer in the enforcement of court decisions and other official documents. It examines the lawyer’s duties, rights, legal status, and practical issues related to this process. Proposals are developed to strengthen the role of lawyers in the enforcement system and improve the efficiency of the legal framework. Keywords: lawyer, court documents, legal enforcement, legal practice, legal protection, lawyer's authority, defender’s participation, bar association activities. 164 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Ma’lumki, dunyo bo‘yicha barcha huquqiy davlatlarda sud hujjatlari va boshqa organlarning qarorlarini belgilangan muddatda va to‘liq ijro etilishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Xususan, ushbu jarayon qonuniylik, adolat va huquqiy himoyaning kafolatlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, hujjatlarning to‘la hajmda va sifatli ijro etilishi bilan bog‘liq muammolar amaliyotda tez-tez uchraydi. Bunday holatlarda advokatlarning ishtiroki muhim ahamiyat ega. Advokatlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etish jarayonida huquqiy yordam ko‘rsatadi, tomonlarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, ijro jarayonida huquqiy nizolarni hal etishda ishtirok etadi.Bundan tashqari,ular ijro jarayonida yuz beradigan qonunbuzarliklarning oldini olish, shaxslarning huquqlarini himoya qilish va adolatni ta’minlashda asosiy vositachilardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada advokatning sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosidagi o‘rni va xususiyatlari batafsil o‘rganiladi. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini qonuniy asosda ijro etilishi talab etiladi. Chunki sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini to‘la hajmda ijro etilishi huquqiy tizimning samarali ishlashini ta'minlaydi va jamiyatda tartibni saqlashda muhim hisoblanadi.Shuning uchun ham mamlakatimizda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish borasida muhim qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. 2001-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g’risida”gi qonuni qabul qilingan bo‘lib, yuqorida qayd etilgan qonunning asosiy maqsadi sud hujjatlari qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirish jarayonida jismoniy yoki yuridik shaxslar zimmasiga pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni o‘zga shaxslarga berish yoki ular foydasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklash huquqi berilgan boshqa organlarning hujjatlari majburiy ijro etilayotganda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdir.41 Shu bilan birga, ushbu qonunda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlarining davlat ijrochilari zimmasiga yuklatilishi ularning vakolatlari qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qo‘yilishi belgilangan. Bundan tashqari mazkur qonunda pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablarini ijro etishda qonunda nazarda tutilgan hollarda soliq organlari, banklar hamda boshqa kredit tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi ham belgilab qo‘yilgan. 1.2001-yil 29-avgustda O’zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi qonuni 165 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Ushbu qonunda ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjatlari va boshqa organlarining hujjatlari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning, iqtisodiy va ma’muriy sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi, shuningdek jarima tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmlar, ajrimlar va qarorlar; ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi; alimentlar to‘lash to‘g‘risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlari va hakamlik sudining qarorlari kiradi. O‘zbekiston Respublikasida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosida advokatning roli juda muhim bo‘lib, u fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlarini himoya qilish, ijro jarayoni qonuniyligini ta’minlash va tegishli organlar bilan huquqiy hamkorlik qilishda ishtirok etadi. Advokatning sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosidagi o‘rni va xususiyatlari haqida so‘z yuritsak, ular quyidagilardan iborat, bu advokatning huquqlaridir. Advokat mijozining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ijro jarayonida ishtirok etishga haqlidir. U ijro hujjatlariga nisbatan murojaatlar, arizalar va bo

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the role and characteristics of a lawyer in the enforcement of court decisions and other official documents.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the role and characteristics of a lawyer in the enforcement of court decisions and other official documents. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lawyer, court documents, legal enforcement, legal practice, legal, advokat, huquqiy ijro, huquqiy himoya, advokatlik faoliyati, sud hujjatlari, Advokat vakolatlari, Advokatura faoliyati., Himoyachi ishtiroki
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники