American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
PIRLS: ADABIY MATNLAR UCHUN MATN XARITASI YARATISH
Rabbonayeva Dildora Tolipovna
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
The article provides information on the technology of working on artistic texts, creating a text map for literary texts in the PIRLS international research, and explains the rules for creating a text map for texts in elementary school textbooks. Key words: PIRLS, learner, international, text, map, assessment, education, improvement, process, recommendation, understanding, level, quality, task. PIRLS tadqiqotida o‘qish savodxonligining asosi matnlar bilan to‘liq ishlash uchun zarur bo‘lgan o‘qish qobiliyatlarini shakllantirishdir. Bu o‘quvchi tomonidan kerakli ma’lumotlarni topish va tarqatish, matnning ma’lum qismi bo‘yicha xulosalar chiqarish, asosiy belgilarning harakatlarini sharhlash, matn namunalari va matn tuzilishini dastlabki tahlil qilish bilan tasdiqlash kabilardir. Tilda har bir unsurning o‘z vazifasi, ma’no doirasi, boshqa unsurlar, birliklar bilan bog‘lanish qonuniyatlari bor. Ana shu qonuniyatlardan mukammal boxabar bo‘lgan, so‘z sezgisi va mahorati yuksak yozuvchi betakror tasvir, kutilmagan, qiziqarli badiiy asar yaratadi. Shunda kitobxon asarning nafaqat g‘oyasi, balki go‘zal tilining asiriga aylanadi va xilma-xil badiiy-estetik ma’nolar bilan jilolangan asarlardan zavq oladi. Matn xaritasi nima? PIRLS tadqiqotida matn xaritasi mavjud bo‘lib, u matnning dolzarbligini aniqlashga yordam beradi, masalan: u yetarlicha mazmunli va tushunarliligini aniqlaydi. Matndagi muhim g‘oyalarni va ularning o‘zaro munosabatlarini ko‘rsatadi. Asosiy g‘oyalar, ularning munosabatlarini va matnni yaratish bo‘yicha vazifalarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratadi. PIRLS tadqiqotida matn xaritasi quyidagi ikki turdan iborat: Adabiy xarita – badiiy asarlarning strukturasini belgilaydi. Janr – masalan: ertak, realistik adabiyot, fantastika va x.k.; Mavzular, syujet, vaziyat, qahramonlar, mualliflik mahorati. Axborot xaritasi – syujetsiz matnlardagi ma’lumotlarni qayd qiladi. Turlar – masalan: ekspozitsiya, dalil, jarayon va x.k. Asosiy g‘oyalar, asosiy g‘oyalarning isboti, tashkiliy shakllar, mualliflik mahorati. 153 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Adabiy xarita. O‘qish savodxonligini tekshirish bo‘yicha vazifalar adabiy xarita yordamida beriladi. Bunday vazifalar quyidagi qadamlarda belgilanadi: 1-qadam. Matn haqidagi asosiy ma’lumotni sanab bering (sarlavha, so‘zlar soni, o‘qish darajasi va janri). 2-qadam. Matnning mavzusini aniqlang va tasvirlab bering. 3-qadam. Vaziyatni aniqlang va ta’riflab bering, asosiy qahramonlarni sanab o‘ting, ularning ismini, fazilatlarini va vazifalarini yoriting. 4-qadam. Asosiy syujet elementlarini aniqlang, bundan tashqari muammo va ziddiyatlarni yechimini toping. 5- qadam. Asosiy voqealarni va epizodlarni sanab bering. 6-qadam. Yozuvchi tomonidan qo‘llanilgan tayanch iboralar va lug‘atni, adabiy yoki ritorik uslublarni aniqlang va sanab bering. Badiiy asar matni ustida ishlashda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga kattalarning yordami zarur. Ta’lim va tarbiya jarayonida ustoz va murabbiylar o‘quvchiga asarning badiiy-estetik ma’nolarini tushuntira olishlari juda muhimdir. O‘qilgan asardan ma’naviy ozuqa ololgan o‘quvchigina hayotning pastu-balandini anglab etadi va kelajak hayotida bu bilim va tajribalari asqotadi. Boshlang‘ich sinf darsliklaridagi barcha mavzular o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug‘atini boyitishga, og‘zaki va yozma nutqini to‘g‘ri shakllantirish va nutq madaniyatini o‘stirishga ham qaratiladi. O‘quvchilar matnlar bilan nafaqat darsliklar, badiiy adabiyotlar, gazeta va jurnallarda berilgan o‘zbek va chet el asarlari orqali ham tanishib boradilar. Quyida boshlang‘ich sinf darsliklaridagi matnlar uchun adaviy xarita tuzish va ishlash jarayonini ko‘rib chiqamiz. “Nihollarning nolasi” mavzusi uchun adabiy xarita yaratish. 1-qadam. Matn haqidagi asosiy ma’lumotni sanab bering (sarlavha, so‘zlar soni, o‘qish darajasi va janri). 1-qadam Xudoyberdi Nihollarning 420 ta so’z Hikoya Toʻxtaboyev nolasi 2-qadam. Matnning mavzusini aniqlang va tasvirlab bering. 154 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 2-qadam Ekologik Nihollarni ekkach, Insonlar tabiatga Tabiatni asrash madaniyat o‘zini tutib olguncha befarq bo‘lmasligi suv quyib turish lozimligi lozim edi tasvirlangan 3-qadam. Vaziyatni aniqlang va ta’riflab bering, asosiy qahramonlarni sanab o‘ting, ularning ismini, fazilatlarini va vazifalarini yoriting. 3-qadam Bolalar – Nihollar – Novcha nihol – Insonlar – hayotga tashna, o‘yinqaroq, sabr-toqatli, yashashni sho‘x, tabiatga befarq, umidvor, hayotga istashadi quvnoq tshna, matonatli ekologik madaniyat yo‘q 4-qadam. Asosiy syujet elementlarini aniqlang, bundan tashqari muammo va ziddiyatlarni yechimini toping. 4-qadam Tabiatni asrab- Daraxt, Ekologik Ekologik avaylash, o‘simliklarni tadbirlar tashkil madaniyatni daraxtlarni ekkach, parvarish qilish rivojlantiris
Доказательный фрагмент
«The article provides information on the technology of working on artistic texts, creating a text map for literary texts in the PIRLS international research, and explains the rules for creating a text map for texts in…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article provides information on the technology of working on artistic texts, creating a text map for literary texts in the PIRLS international research, and explains the rules for creating a text map for texts in… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- PIRLS, learner, international, text, map, assessment, education, quality, task., process, level, understanding, improvement, recommendation
Смежные источники
Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021