Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
CHET TILINI O‘QITISHDA KOMMUNIKATIV GRAMMATIKANI AMALGA OSHIRISH METODLARI
AMALGA OSHIRISH METODLARI · Xudoyberganov Yodgor Iskandarovich · Xo‘jayeva Zulayxo Xolmatovna
Interpretation and researches · 1 · 2012
Аннотация
В данной статье говорится о методах реализации коммуникативной грамматики в обучении иностранному языку. Annotation. This article talks about the methods of implementing communicative grammar in foreign language teaching. Kalit so‘zlar. Kommunikativ muloqot, tillararo interferensiya, passiv grammatika, grammatik malaka. Ключевые слова. Коммуникативный диалог, межъязыковая интерференция, пассивная грамматика, грамматическая компетентность. Key words. Communicative dialogue, interlanguage interference, passive grammar, grammatical competence. Kirish. Bugungi kunda mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi qonunini hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirish doirasida chet tillarda o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg’un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, Respublikaning jaxon xamjamiyatiga yanada integrasiyalashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratilganligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi PQ 1875-sonli qarorida o‘z aksini topgan. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili va tadqiqot metodologiyasi Hozirgi zamon didaktikasida yangi bilimlarni egallashda, ko‘nikma- malakalarning shakllanishi va rivojlanishida, hamda o‘quv-tarbiyaviy jarayonida boshqarishda o‘quvchilarning faolligini oshirishni tashkil qilishga, o‘quvchilar o‘z o‘quv faoliyatini rejalashtirishga jalb qilishga katta ahamiyat berilyapti. Didaktikada o‘quv jarayonning o‘quvchilarning aktiv faoliyatisiz sodir bo‘lmasligi ta’kidlanadi. O‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil qiluvchisi sifatida o‘quvchilarni nutq faoliyatining barcha turlariga jalb qiladi, o‘quvchilar o‘rganilayotgan tilda imkoni boricha ko‘proq gapirishlari, o‘qishlari, tinglashlari va yozishlari uchun harakat qiladi. O‘qituvchi M.Uestning ”tilni o‘rgatib bo‘lmaydi, uni o‘rganish mumkin ”, 111 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 degan fikrini unutmasligi lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchi ushbu predmetdan o‘qiy bilishi kerak, o‘qituvchi bu borada o‘quvchiga yordam beradi. Psixolog L.M. Fridman ham o‘quvchilarni ratsional, oqilona, o‘qish malaka- ko‘nikmalariga o‘rgatish o‘qituvchining eng muhim vazifasi deb ta’kidlaydi. Maktab sharoitida chet tilni o‘rganishda o‘quvchilarning chet tilidan mustaqil ish bajarishlari alohida ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarga ona tili va boshqa predmetlarni o‘rgatishda egallagan bilim, ko‘nikma va malakalaridan chet tilini o‘rganishda foydalanishni, yozish, o‘qish, og’zaki axborot tayyorlashga oid vazifalarni bajarish uslublarini o‘rgatish lozim. O‘quvchilarni o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z xatolarini mustaqil tuzatish, hamda o‘quv faoliyatlari natijalarini o‘zlari tahlil qila bilishlariga o‘rgatish juda muhimdir. Tahlil va natijalar. Chet tili va ona tili grammatika tizimi o‘rtasidagi tafovutdan tillararo interferensiya hodisalarini hisobga olish va ularni bartaraf qilish yo‘llarini izlamoq o‘qituvchining diqqat markazida bo‘lishi kerak. Grammatik material ustida ishlash o‘z ichiga grammatik materialni tushuntirish yoki kiritish, uni o‘zlashtirish, mustahkamlashni oladi. Grammatik materialni kiritish yoki tushuntirishda uning shakli, ma’nosi qo‘llanilishi o‘rganiladi. Grammatik materialning shakli deyilganda uni talaffuz, o‘qilish, yozilish, yasalish shakllari tushuniladi.O‘qituvchi ularni o‘rgatishi lozim.Uning ma’nosi ham ona tilida ifodalanishi o‘quvchiga tushuntirishni ko‘zda tutadi, ular uni bilishlari zarur. Aks holda o‘quvchi talabalar nutqda qo‘llashga qiynaladilar. Eng muhim grammatik materialni nutq faoliyati turlarida qo‘llashni o‘rgatmasak, grammatikani o‘rgatdik deya olmaymiz. So‘ng Grammatik material mashqlar orqali o‘zlashtiriladi, ya’ni uni qo‘llash faollashtiriladi, avtomatlashtiriladi hamda mustahkamlanadi. Grammatik materialni o‘qish, talaffuz qilish shakllari bilan o‘quvchi talabalar uni ko‘rib o‘rganadilar, yozadilar. Yangi grammatik materialning ma’nosini o‘quvchi talabaga bildirish, tushuntirish jarayonida o‘quvchi talabalarning o‘zlari, ma’noni fahmlab topishlari, ona tiliga tarjima qilish ekvivalentlarini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Yangi grammatik yasalish, tuzilishini o‘rganish ancha murakkabdir. Uni o‘ziga xos tomonlari bor. Yangi grammatik materialning yasalishi, tuzilishini o‘rganish induktiv va deduktiv yo‘l bilan amalga oshirish mumkin. Induktiv yo‘l deganda keng ma’nodagi xususiyatdan umumiyga bo‘lgan yo‘l tushuniladi; matndagi til faktlarini kuzatish, ularni jonli nutqda to‘plash maxsus yig’ilgan misollarni model yoki qoida sifatida umumlashtirib o‘rgatish va boshqalar. Biror bir til fakti qoida yoki model sifatida tushuntirilganda u misollar bilan ifodalanganda va mashqlar yordamida ishlab chiqilganda umumiydan xususiyga qarab boriladi. 112 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Deduktiv yo‘l bu jarayonning aksini nazarda tutadi. Dedu
Доказательный фрагмент
«В данной статье говорится о методах реализации коммуникативной грамматики в обучении иностранному языку.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье говорится о методах реализации коммуникативной грамматики в обучении иностранному языку. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Communicative dialogue, interlanguage interference, passive, tillararo interferensiya, passiv grammatika, Kommunikativ muloqot, grammatik malaka.
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025