К содержанию
РецензированоUZ2026

MILLIY UYG‘ONISH DAVRI ADABIYOTIDA ERK VA MA’RIFAT MASALASI

Muqaddas Tojiboyeva · No‘monova Ro‘zaxon No‘monjon qizi

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

Maqolada XX asr o‘zbek adabiyotining shakllanish va taraqqiyot yo‘lining mumkin qadar kitobxonlarga noma’lum bo‘lgan jarayonlarini yoritishga, bunda jadid she’riyatining o‘rni va ahamiyati nechog’lik muhimligini ko‘rsatishga harakat qilamiz. Shu manbalar asosida milliy uyg‘onish davri adabiy-siyosati ilmiy tadqiq etiladi. Kalit so‘zlar: milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti, jadidlar harakati, adabiy- siyosat, Turkiston, adabiyot, mustamlaka, ozodlik. Ko‘plab adabiyotlarni tadqiq qilish orqali Turkistonda XIX asr oxiri XX boshlarida adabiy jarayonlarning ancha sustlashayotganini ko‘rishimiz mumkin. Bunga siyosiy holat sabab bo‘ladi, eng avvalo. Chunki bu davrda Turkiston bir tarafdan mustamlakachi hokimiyati, ikkinchi tarafdan mahalliy amaldorlar nazorati ostida edi. Qashshoqlik, savodsizlik avj olgan, xalq tashqi dunyodan uzilgan, qo‘rquv va iskanjada yashayotgan davr edi. Bu davrni yanada yaqqol ko‘z oldimizga keltirishimiz uchun M.Behbudiyning “Padarkush” pyesasi, Fitratning “Munozara”si, Cho‘lponning “Qurboni jaholat”, “Do‘xtur Muhammadiyor” hikoyalarini va boshqa o‘nlab jadid adabiyoti namunalarini o‘qishning o‘zi kifoya etadi. Ayniqsa, bu davr she’riyati va unda kuylangan mazular kitobxon diqqatini davr ruhiyati bilan bog‘lashga xizmat qilmay qolmaydi. Avloniy, Cho‘lpon, Tavallo va boshqa jadidchilik vakillari aynan poeziya vositasida millatni uyg‘oqlikka, ilm o‘rganishga, dunyoga chiqishga chaqiradilar, xalqning abgor ahvolidan mutassir holda butun orzu, armonlarini, siyosatga nisbatan g‘azab va nafrat tuyg‘ularini she’rlarida ifoda etmoqqa bel bog‘laydilar. Quyida A.Avloniyning “Biz, millat” she’ri ham huddi kinoya ustida yozilgandek go‘yo: Hama ilmu hunar asbobini olmaqni istarsa, Chafon, chalma, riyo sotmoqg‘a xo‘b tujjor biz,millat. Tafakkur soyasida o‘zgalar shahdu shakar yersa, Tururmiz baqrayib har go‘shada bekor – biz,millat.3 Qarang, ifodaning mukammal va go‘zalligini! Zamirida o‘lka ahvolidan ham qayg‘urish, ham shu holatga sabab bo‘lganlarga nisbatan nafrat, nihoyat sham 3 Abdulla Avloniy.Tanlangan asarlar.1-jild. - T. Ma’naviyat.1998. 82-b 93 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 yanglig‘ lipillab turgan yorug‘ kelajakka umid tuyg‘ulari mujassamlashgandek. Psixologik jihatdan qaralsa, salbiy fikr va kishini inkor qilish orqali uning ruhiyatiga ijobiydan ko‘ra samarali ta’sir etish mumkin. She’rda uddaburon shoir shundan foydalanganki, zora natijasi bo‘lsin, bizning xalq ham “tafakkur soyasida shahdu shakar ye”sin, “riyo sotmoq”, “ har go‘shada baqrayib bekor” turmoqdan qochsin. Avloniy boshqa turkum she’rlari( “Istiqbolimiz uchun bir jigar so‘z”,”Maktab”, “Maktab haqqinda” va h.k)da esa pand, o‘git vositasida millatni ilmsizlik botqog‘idan chiqarmoqqa sa’y harakat etganini ko‘ramiz: Biling, o‘g‘lonlarim, sizlarni g‘amdan qutqarur maktab, Siroti mustaqim, rohi alamdan qutqarur maktab, Maishat bobida ranju alamdan qutqarur maktab, Hayotu ruha dushman jahlu samdan qutqarur maktab, Qo‘lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab. Shahodatnomai firdavsi g‘ilmonni berur maktab.4 Xo‘sh, shoir ilk misradayoq ta’kidlagani – o‘g‘lonlar boshiga kelgan g‘am nima yoki kimlar edi?! Albatta, bu XX asr boshlarida soddadil va ishonuvchan xalq ustida qamchisini o‘ynatib turgan hukumat edi. Demak, shoir ta’biri bilan aytganda, yoshlarni g‘amu alamlardan qutqaruvchi, qo‘liga bir kun kelib davlat ertasini topshiruvchi, ya’ni ziyoli, komil inson qilib tarbiyalovchi maskan maktab ekan. O‘lkaning yana bir olovqalb shoiri A.Cho‘lpon ham zamondoshlari singari she’rlari orqali millatni g‘aflat uyqusidan uyg‘otmoqqa, ijtimoiy muhitning asl haqiqatlarini anglatmoqqa jahd bilan kirishadi. Xususan, “Xazon” she’rida quyidagi misralarni uchratamiz: Kuz chog ‘i… tuproqlar gezarib qoldilar, Gezarib qoldilar kuz chog‘I tuproqlar. So‘ng damda yaproqlar qizorib yondilar, Qizorib yondilar so‘ng damda yaproqlar.5 Nega aynan kuz fasli tasviri berilyapti? Nega tuproqlar gezarib qolmoqda? So‘nggi dam qachon? Nima demoqchi shoir? Bilamizki, kuz inson umrining yakuniy bosqichlaridan biri. Bu yerda esa butun Turkiston millati haqida, uning erkka to‘la umrining so‘nggi damlari haqida gap ketmoqda. Shuning uchun ham tuproq gezarmoqda, yaproqlar qizarmoqda… ya’ni kimlarningdir(balki ziyolilarningdir) hayot ipi uzilmoqda. Rahm bilmas qarg‘alar (rus hukumati) bog‘larda(Turkiston o‘lkasida) changal solish bilan ovvora… She’r da qo ‘llangan takrorlash usuli ta’sir kuchini ortishiga xizmat qilgan. Ko‘ramizki, Mustamlakachi hukumat xalqni savodsiz va abgor holatda tutishga harakat qilgan. Biz buni adabiyotshunos olim N.Karimovning “XX asr manzaralari” asarida keltirilgan Rossiyaning Sharqdagi 4 Abdulla Avloniy.Tanlangan asarlar.1-jild. T.Ma’naviyat.1998. 5 Cho‘lpon.Yana oldim sozimni.Toshkent.1991.492-b 94 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 siyosatiga muayyan dara

Доказательный фрагмент

«Maqolada XX asr o‘zbek adabiyotining shakllanish va taraqqiyot yo‘lining mumkin qadar kitobxonlarga noma’lum bo‘lgan jarayonlarini yoritishga, bunda jadid she’riyatining o‘rni va ahamiyati nechog’lik muhimligini ko‘rs…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada XX asr o‘zbek adabiyotining shakllanish va taraqqiyot yo‘lining mumkin qadar kitobxonlarga noma’lum bo‘lgan jarayonlarini yoritishga, bunda jadid she’riyatining o‘rni va ahamiyati nechog’lik muhimligini ko‘rs… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ozodlik., Turkiston, adabiy-siyosat, adabiyot, mustamlaka, milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti, jadidlar harakati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники