Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
MILLIY TILIMIZDA HARBIY ATAMALARNING OʻRGANILISHI
Palvanova Nazokat Oktambaevna
Interpretation and researches · 1 · 2020
Аннотация
В данной статье рассматривается периодическое функциональное изучение военных терминов в нашем узбекском языке. Annotasiya. This article discusses the periodic functional study of military terms in our Uzbek language. Kalit soʻzlar. vatanparvar, jasorat, mardlik, sarkarda, lashkarboshi, jinoyat, xiyla, dushman. Klyuchevie slova. патриот, мужество, храбрость, командир, главнокомандующий,преступление, уловка,враг Key words. patriot, courage, bravery, commander, commander-in-chief, crime, trick, enemy. Kirish “Oʻzbek tili davlat tili sifatida xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulugʻ maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuch boʻlib maydonga chiqdi. “ 2020 yilda Vatanimiz hayotida biz tilshunoslar uchun ham tarixiy voqealar sodir boʻldi. Ayniqsa, 20 oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” farmoni qabul qilingani va 21 oktyabrda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligini birinchi marta bayram qilishimiz vujudimizni kuch- gʻayrat va qalblarimizni fahr-iftihorga toʻldirib yubordi. Birinchi marta deyishimizning sababi bu sanani Oʻzbek tili bayrami kuni boʻlsin, deb 2019 yilda qonun qabul qilingan edi. Yaqindagi farmonga muvofiq, biz til oʻqituvchilari zimmasiga ham katta vazifalar yuklangan: oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida obroʻsini koʻtarish, unib- oʻsib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda bu sohada oʻzimizning bilim va tajribalarimizni takomillashtirishimiz juda zarur. Harbiy atamalar haqidagi ilmiy izlanishlar Harbiy atamalar bir qarashda biz fuqarolarga unchalik yaqin emasdek seziladi, biroq ular bilan tanishib koʻrsak, ularning koʻpchiligi rus tilidan kirib kelgan hamda oʻzimizning milliy tilimizda davrlar mobaynida paydo boʻlgan soʻzlardan iboratligini, tushunarli va ma'nodor ekanligini his qilamiz. Bunga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutining ilmiy kengashi tomonidan tavsiya etilgan, 2007 yilda nashr etilgan “Harbiy atamalarning qisqacha izohli lugʻati” 88 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 kitobini mutolaa qilib, ishonch hosil qildik. Lugʻatning soʻzboshisida qoʻllanmaning ahamiyati va undan foydalanish haqida,jumladan, shunday deyiladi; -“Biz bugun gʻurur va iftihor bilan shuni ayta olamizki, yoshlarimiz uchun mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida xizmat qilish nafaqat Konstitusiyaviy burch, balki yuksak maqsad, tom ma'nodagi shon –sharaf ishiga aylanmoqda. Armiyada ular harbiy mutaxassisliklarni puxta egallash bilan birga, jismoniy va ma'naviy tomondan ham chiniqishmoqda, irodasi toblanib, Vatan himoyasi yoʻlida doimo tayyor turadigan mard va jasur insonlar boʻlib kamol topishmoqda”. Mazkur lugʻat harbiy atama va tushunchalarni yagona tizim va bir xil mazmunda tushunish hamda shaxsiy tarkibning jangovar va ijtimoiy- siyosiy tayyorgarlik samarasini oshirish maqsadida yaratilgan. Mustaqillik davrida xarbiy xizmatchilarning kasbiy malakasini oshirishga, harbiy bilim yurtlari va serjantlar tayyorlash maktablaridagi oʻquv tarbiya ishlarini tubdan yaxshilashga, ularni zamonaviy texnika va jihozlar, oʻquv qoʻllanmalari va ta'lim texnologiyalari bilan ta'minlashga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu ishlarni muvaffaqiyatini ta'minlashda va yosh harbiylarning savodxonligini oshirishda harbiy atamalarning qisqacha izohli lugʻatining foydasi tabiiydir. “Lugʻatda harbiy sohaga taalluqli harbiy atama va tushunchalarning izohlari berilgan boʻlib, Qurolli Kuchlarimizda qoʻllanilib kelinayotgan hamda xorijiy armiyalarda mavjud texnika va qurol-aslaha vositalari namunalarining tavsiflari keltirilgan. Unga Qurolli Kuchlarimiiz hayoti, faoliyati va jangovar ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligi, qoʻshinlar xizmati kabi, deyarli barcha masalalarni qamrab olgan jami 1570 dan ortik atama va ularning izohlari kiritilgan.” Oʻzbekiston Mudofaa vazirligining me'yoriy hujjatlarni tayyorlash boʻlimidan podpolkovnik Sh.Z. Dolimov tomonidan tayyorlangan bu lugʻat oʻqish uchun juda qulay boʻlib, koʻpchilik ruscha harbiy atamalarning oʻzbekcha ma'nolari bilan birga izohlari ham mukammal berilgan. Masalan: Vatan(Родина) soʻzi barchamizning yurak-yuragimizga yaqin harbiy atama hisoblanadi. Aslida bu soʻzni izohlashga hojat yoʻqday tuyuladi, chunki Vatan doimo qalbimizda, har tomonlama goʻzal sevikli ona Vatanimizdir. Lekin u ham lugʻatda atroflicha izohlangan, ya'ni: “kishilarning turar joyi, yurti, mamlakati. Tarixan biror xalqqa tegishli hudud, hamda uning tabiati, aholisi, oʻziga xos tarixiy taraqqiyoti, tili, madaniyati, turmushi va urf-odatlari majmui”. Bu izohning samarasi shuki, har bir vatanparvar inson, ayniqsa yoshlar oʻz Vatanining tabiati, aholisi, tili, madaniyati, urf-odatlari bilan kengroq tasavvur qilishlariga oʻrgatilayotir. Bunga misol qilib “harbiy” soʻzining oʻzini olsak ham
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается периодическое функциональное изучение военных терминов в нашем узбекском языке.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается периодическое функциональное изучение военных терминов в нашем узбекском языке. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- patriot, courage, bravery, commander, commander-in-chief, crime, jinoyat, xiyla, sarkarda, mardlik, lashkarboshi, vatanparvar, dushman., jasorat
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025