К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QUV JARAYONI SIFAT KO‘RSATGICHLARINI ANIQLASHDA MAQSADLI MONITORING AHAMIYATI: PEDAGOGIK MAHORAT VA KREATIV YONDASHUV SAMARADORLIGI

KREATIV YONDASHUV SAMARADORLIGI · Rustamov Raxmat Mansurovich · Eshov Namoz Sanoqulovich · Zayniddinov Samariddin Badriddinovich

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

ushbu maqolada o‘quvchilarning bilim darajalari, sifat ko‘rsatgichlari o‘sish nuqtalarini ilmiy asosda tahlil qilib borishda maqsadli monitoring yuritish ketma-ketligi, iqtidorli o‘quvchilar bilan mustaqil ishlash, o‘zlashtirishi sust bo‘lgan o‘quvchilar bilan tizimli shug‘ullanishda pedagogik mahorat va kreativ yondashuv, ta’lim texnologiyalari, o‘qitishning interfaol usulllari, o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash va nutq madaniyatlarini yanada oshirish, fanlarni o‘qitish sifati, mazmuni va natijadorligini baholashda maqsadli monitoring yuritishning ketma-ketlik bosqichlari, o‘qitish tamoyillarining mazmun va mohiyati, shuningdek, o‘qitish jarayoni izchilligi haqida tushinchalar keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: monitoring, sifat, mazmun, kreativlik, metodika, o‘qitish usullari, pedagogik mahorat, ilmiylik, o‘qitish vositalari, interfaol, o‘qitish tamoyillari, izchillik, o‘zlashtirish, bilim, ko‘nikma, malaka, faollik, jarayon, mantiqiy fikrlash, nutq, qobiliyat, virtual stentlar, tizimlilik, malaka oшiriш, o‘quv-metodik kontentlar majmuasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va h.k. 13 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Keywords: monitoring, quality, content, creativity, methodology, teaching methods, pedagogical skills, scientificity, teaching tools, interactive techniques, teaching principles, consistency, mastery, knowledge, skills, competence, activity, process, logical thinking, communication, ability, virtual tools, systematic approach, skill development, educational and methodological content, information and communication technologies (ICT), etc. Buguni kunda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning rivojlanib borishi, amaliyotga kirib kelayotgan zamonaviy texnika va texnologiyalar va ularni boshqarish, o‘quv jarayonlarini raqamlashtirish tizimidan maqsadli foydlanish, zamonaviy o‘quv- uslubiy kontentlarni yaratish va joriy etish bilan yuqori bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlashda ta’lim sifatini oshirishning o‘sish nuqtalarini yanada takomillashtirish, pedagog kadrlardan kreativ yondashuvlar asosida zamonaviy interfaol metodikalarni keng joriy etish ta’lim sohasining ustivor yo‘nalishlariga aylanmoqda. Ushbu ilmiy maqolada keltiriladigan metodik va uslubiy tavsiyalar ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning o‘sish nuqtalari aniqlashda maqsadli monitoringni tashkil etishning dolzarb yo‘nalishlari, muammolar va ularning yechimlari to‘g‘risida taklif va tavsiyalarni yoritishni lozim deb topdik. Ma’lumki har bir ta’lim tashkilotining bosh g‘oyasi sifatli ta’limni tashkil qilish, iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, tajribali va yuqori pedagogik mahoratga ega pedagog kadrlar bilan ta’minlanganligi, moddiy-texnik baza, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarning keng joriy etilganligi muhim o‘rin tutadi. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim sifatini o‘sish nuqtalarini aniqlashda va rivojlantirishda tizimli ravishda kompleks tahlillarni amalga oshirishda ta’lim tashkilotlari o‘quv jarayoni bilan bevosita uzviy bog‘langan maqsadli monitoringning dolzarb yo‘nalishlarini belgilab olish va shu asosda jarayonlarni amalga oshirishda qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish, qanday tahlillar o‘tkazish, qanday natijalar, qanday muammolar mavjudligi va ularni bartarf etishda qanday metodik tavsiyalar ishlab chiqish, o‘qitishning zamonaviy kontentlarini yaratish, pedagoglarni qanday yo‘nalishlar bo‘yicha pedagogik mahoratlarini oshirish kabi vazifalarni belgilab berish imkoniyati bermoqda. Ta’limda maqsadli monitoring o‘zi nima, ushbu jarayonning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida: Monitoring – bu kuzatish, nazorat, ma’lum bir hodisa yoki jarayonning holatini kuzatish, hisobga olish, baholash va istiqboldagi rejalarni belgilash. Monitoring tizimi kundalik hayotning barcha sohalarida qo‘llaniladi. Jumladan, ta’lim sohasida o‘quv jarayonlarini mazmunli va samarali tashkil etilishi, ularning natijadorligi maqsadli monitoring tahlillari asosida baholash, ta’lim 14 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 mazmuni va sifatini oshirishdagi kreativ yondashuvlarni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ta’lim tashkilotlarida maqsadli monitoring yuritishni tizimli ravishda amalga oshirish va natijadorligini ilmiy asosda tahlil qilish, ta’lim sifatini oshirishga oid ustivor vazifalarni belgilab olishda rahbar va pedagog kadrlar uchun quyidagi ayrim dolzarb yo‘nalishlar mazmunini yoritib berishni joiz deb topdik. Maqsadli monitoring jarayonlarini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari: - o‘quvchilar bilimini baholab borishda maqsadli nazorat-sinovlar: tahlil va natija; - iqtidorli o‘quvchilarni maqsadli tayyorlash; - o‘zlashtirishi sust bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish mexanizmi amaldagi holati tahlili; - o‘quvchilarni fanga, kasbga, sportga, ma’naviy-marifiy sohaga

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada o‘quvchilarning bilim darajalari, sifat ko‘rsatgichlari o‘sish nuqtalarini ilmiy asosda tahlil qilib borishda maqsadli monitoring yuritish ketma-ketligi, iqtidorli o‘quvchilar bilan mustaqil ishlash, o‘…»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada o‘quvchilarning bilim darajalari, sifat ko‘rsatgichlari o‘sish nuqtalarini ilmiy asosda tahlil qilib borishda maqsadli monitoring yuritish ketma-ketligi, iqtidorli o‘quvchilar bilan mustaqil ishlash, o‘… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
monitoring, quality, content, creativity, methodology, teaching, o‘qitish usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va h.k., sifat, jarayon, pedagogik mahorat, o‘qitish tamoyillari, malaka oшiriш, mazmun, o‘zlashtirish, mantiqiy fikrlash, tizimlilik, o‘quv-metodik kontentlar majmuasi, kreativlik, malaka, o‘qitish vositalari, izchillik, metodika, ko‘nikma, interfaol, bilim, virtual stentlar, ilmiylik, nutq, faollik, qobiliyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники