Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI ANATOMIYASI
Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd · Mamasoatov Ozodbek Shamsiddin o‘g‘li
Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 2025
Аннотация
эта статья посвящена строение и функции секреторных желез. Выделены на основании анатомического строения щитовидной железы, гипофиза, отдельных желез и их функций. Ключевые слова: тимус, Декстер, зловещий, железистая железа, капсульная фиброза, эктодерма, акромегалия Annotation: This article is devoted to the structure and function of secretory glands. They are distinguished based on the anatomical structure of the thyroid gland, pituitary gland, individual glands and their functions. Keywords: thymus, Dexter, sinister, glandular gland, capsular fibrosis, ectoderm, acromegaly Ichki sekretsiya bezlari o‘zida sekret chiqaruvchi naylari bo‘lmasligi bilan tashqi sekretsiya bezlaridan farq qiladi. Ichki sekretsiya bezlarida ishlangan sekret (gormon) bevosita qonga shimiladi. Shuning uchun bunday bezlar endokrin (endocrino - ajrataman) bezlari deb ham ataladi. 10 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Volume 1, Issue 2, Series C 2025 Ichki sekretsiya bezlari odam organizmining turli joylarida o‘rashngan bo‘lib, ular funksiyalariga qarab (hajmlari garchand kichkina bo‘lsa-da) juda ko‘p qon tomirlar bilan ta'minlangan. Jumladan, buyrak usti beziga uch juft qon tomir orqali qon kelsa, qalqonsimon bezga to‘rt-beshta qon tomir keladi. Shu bilan birga, endokrin bezlarni juda ko‘p nerv tolalari innervatsiya qiladi. Ular endokrin bezlarni idora qiluvchi markazlar bilan bog‘lanib turadi. Shunday qilib, bir tomondan endokrin bezlar funksiyasini nerv sistemasi boshqarib tursa, ikkinchi tomondan qonga shimilgan gormonlar, o‘z navbatida, nerv sistemasiga ta'sir qiladi. Ichki sekretsiya bezlari turlicha bo‘ladi. Shuning uchun organizm funksiyalarining gormonal regulatsiyasi demasdan, balki neyrogumoral regulatsiya deb atalishi maqsadga muvofiqdir. Organizmning normal faoliyati uchun gormonlar qon tarkibida muayyan miqdorda bo‘lishi lozim. Gormonlar miqdorining qonda kamayish holatiga gipofunksiya deyilib, bu vaqda turli kasalliklar paydo bo‘ladi. Gormonlar qon tarkibida butun organizmga tarqalib, u yoki bu jarayonga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Qalqonsimon bez (glandula thyroidea) toq bez bo‘lib, bo‘yin sohasida hiqildoqning qalqonsimon tog‘ayi bilan kekirdakning yuqoridagi 3-4 tog‘ay halqasi oldida joylashgan. Taqasimon shakldagi bez katta odamlarda 30-50 g, chaqaloqlarda 1,8-2,5 g bo‘ladi. Bolalarning keyingi o‘sish davrlarida 10-15 g gacha kattalashadi. Qarilik davrida uning asta-sekin kichiklashishi kuzatiladi. Ammo bezning katta-kichikligi buqoq kasalligi bor odamlarda boshqacha bo‘ladi, ya'ni kattalashib og‘irligi, hatto 1-1,5 kg ni tashkil etadi. Qalqonsimon bezning o‘ng (lobus dexter) va chap (lobus sinister) bo‘lakchalari, oraliq qismi bo‘yin (isthmus gl. thyroidei) orqali o‘zaro qo‘shiladi. 11 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Volume 1, Issue 2, Series C 2025 Taxminan 25-30 foiz odamlarda bezning bo‘ynidan tepaga qarab joylashgan (lobus pyramidalis) piramidasimon bo‘lagi uchraydi. Bezni o‘rab turgan fibroz pardadan (capsula fibrosa) o‘sib kirgan o‘simtalar (trabekulalar) bez ichkarisini bo‘lakchalarga ajratadi. Bez bo‘lakchalari pufakchalar follikulalar) dan iborat bo‘lib, uning ichki yuzasi kubsimon hujayralar bilan qoplangan. Follikulalar tarkibida quyuq kolloid moddasi bo‘lib, uning tarkibida yodga boy aminokislotalar, oqsil bo‘ladi. Bez tarkibida yod qon plazmasi tarkibiga nisbatan 300 marta oshiq bo‘ladi. Bezning yuzasini qon tomir to‘rlari va nerv chigallari (adashgan nerv tolalari) qoplab turadi. Qalqonsimon bezning orga tanachalari (glandula parathyroidea) to‘rtta, ba’zan beshta bo‘lib, qalqonsimon bez yon bo‘laklarining orqa yuzasiga ikki juft - glandula parathyroidea superior (bir juft, glandula parathyroidea inferior (bir juft) bo‘lib yopishib yotadi. Endokrin bezlar ichida eng kichik bolgan bu bezlarning uzunligi 6 mm, kengligi 4 mm, qalinligi 2 mm ga teng. Har bir bez qon tomirlariga boy parda bilan o ‘ ralgan. Gormonlari kalsiy va fosfor almashinuvini bajaradi. Ayrisimon bez ( buqoq bezi, timus thymus) ikki bo‘lak (lobus dexter – o‘ng va lobus sinister - chap bo‘lak)dan tuzilgan bo‘lib, biriktiruvchi to qimalar vositasida o‘zaro qo‘shilgan. Bez ko‘krak qafasining tepa qismida (to‘sh suyagi dastasining orqa tomonida) o‘ng va chap mediastinal plevra oralig‘ida joy-lashgan. Bezning yuqori, o‘tkir qismi bo‘yinning kekirdak oldi fassiyasi oralig‘idan (bolalarda 1-1,5 cm) chiqib turadi va to‘sh-til osti hamda to‘sh-qalqonsimon mushaklar orqasida joylashadi. Ayrisimon bezning oldingi sirti qavariq holda bo‘lib, to‘sh suyagining dastasi va qisman tanasining orqasida (I-IV qovurg‘alar tog‘ay sathida) joylashgan. Bezning orqasida perikardning yuqori qismi, aorta va o'pka 12 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Volume 1, Issue 2, Series C 2025 stvoli, aorta ravog‘i va undan tarqaluvchi yirik tomirlar, chap yelka- bosh va yuqori kovak venalar joylashgan. Ayrisimon bez tashqaridan yupqa nozik biriktiruvchi to‘qimadan iborat
Доказательный фрагмент
«эта статья посвящена строение и функции секреторных желез.»
Образец извлечения
Демо-превьюэта статья посвящена строение и функции секреторных желез. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- thymus, Dexter, sinister, glandular gland, capsular fibrosis, capsula fibrosa, akromegaliya, glandula, Timus, ektoderma
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026