Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ELEKTRON HUKUMAT: BYUROKRATIYA VA KORRUPTSIYAGA QARSHI ATRIBUT
Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd · KORRUPTSIYAGA QARSHI ATRIBUT · Suyunov Sunnatullo Quvondiqovich
Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 2025
Аннотация
This article analyzes the phenomenon of e-government, from its definition to its importance in curbing political issues such as bureaucracy and corruption. The article also includes research that highlights the role of e- government platforms in addressing corruption issues worldwide. Additionally, it examines the positive aspects and ongoing benefits of e-government in the Republic 70 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Volume 1, Issue 2, Series B 2025 of Uzbekistan. Beyond identifying existing challenges, the article proposes well-founded solutions based on international experience. Kalit so’zlar: Elektron hukumat, byurokratiya, korrupsiya, siyosiy Illat, tendentsiya. Ключевые слова: Электронное правительство, бюрократия, коррупция, политические пороки, тенденция. Key words: E-government, bureaucracy, corruption, political flaws, trends. Raqamli texnologiyalar hayotimizning har bir sohasida chuqur o‘rin olib bormoqda. Davlat boshqaruvi ham zamon talablari bilan moslashib, fuqarolarga xizmatlarni tez va shaffof taqdim etish uchun yangi yondashuvlarni tatbiq qilmoqda. Elektron hukumat aynan shunday yondashuvlarning mahsuli bo‘lib, uning maqsadi davlat xizmatlarini fuqarolar uchun oson va ochiq shaklda taqdim etishdir. Bu tushuncha bir qarashda oddiygina texnologik o‘zgarishdek tuyulsa-da, aslida, elektron hukumat tizimi davlat boshqaruvida inqilobiy o‘zgarishlarga yo‘l ochadi hamda uning korrupsiya kabi siyosiy illatlarga qarshi turishida tayanch bo’lib xizmat qiladi. Shunga qaramay, ba’zi tanqidchilar uni byudjet mablag‘larini samarasiz ishlatish vositasi deb ko‘rishadi. Mazkur maqolada elektron hukumat tushunchasi, uning jamiyatdagi siyosiy illatlar, xususan korrupsiya va byurokratiyani kamaytirishga qaratilgan ijobiy ta’sirlari tahlil qilinadi. Elektron hukumatga turlicha ta’riflar mavjud ba’zilar unga davlat hokimiyatining zamon ruhiga adaptatsiyalashuvi natijasida vujudga kelgan tendentsiya sifatida qarasa,boshqalar esa elektron hukumat bu shunchaki byudjet mablag’larini suiiste’mol qilishni hohlovchi ba’zi amaldorlar qo’lidagi navbatdagi ortiqcha loyiha deb hisoblaydi. Aslida elektron hukumat bu yuridik shaxslardan tortib oddiy fuqarolarga hukumat xizmatlarini ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz taqdim etish,hamda ular bilan 71 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Volume 1, Issue 2, Series B 2025 muloqot qilishning durust1 vositasidir. Elektron hukumatni siyosiy illatlarga qarshi atribut deb atar ekanmiz,avvalo siyosiy illat tushunchasiga ta’rif berishni joiz deb bilaman. Siyosiy illat – bu davlat boshqaruvi, siyosiy tizim, hukumat faoliyati yoki jamiyatda bo’lib turadigan jarayonlarda yuzaga keladigan va kishilarga zarar yetkazadigan siklli muammolarini takrorlanishiga aytiladi. Siyosiy illatlar, odatda, korrupsiya, adolatsizlik, inson huquqlarining buzilishi kabi hodisalarni o'z ichiga oladi. Misol sifatida, agar davlatda lobbizm harakatlari kuchaysa, u holda jamiyatdagi tenglik, adolatga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Natijada, sodda fuqarolar manfaatlariga ko’pincha shikast yetkaziladi va bu jamiyatda ishonchsizlik muhitiga olib keladi. Bu esa jamiyatda stratifikatsiyaning avj olib,marginal qatlamlarning keskin ko’payishiga olib kelish ehtimoli ham mavjud bo’lib qoladigan vaziyatga olib kelishi mumkin.Siyosiy illatlarni kamaytirish uchun davlatda shaffoflikni oshirish, adolatli qonunlar ishlab chiqish, fuqarolarning siyosiy jarayonlarga faol ishtirokini qo'llab-quvvatlash lozim. Elektron hukumat platformalarida iloji boricha barcha jarayonlar shaffoflik prinsipi asosida tashkil etilishi tizimda siyosiy illatlarga qarshi fuqarolar va jamoat birlashmalarinig ortiqcha rasmiyatchiliksiz davlat idoralari faoliyatini tom ma’noda nazorat qilish imkoniyatini tug’dirishi hokimiyat tizimida byurokratiyaga qarshi samarali vosita sifatida bosh rolga chiqadi. Elektron hukumat fuqarolarga onlayn xizmatlarni masofadan turib ko’rsatish orqali ularning uzog’ni yaqin qilish imkoniyatini ham paydo qilibligina qolmay avtomatlashtirilgan jarayonlar va algoritmlar yordamida inson omili tufayli vujudga 1 O’ZBEK TILINING IZOHLI LUG’ATI D XARFI.;«О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti.;TOSHKENT.;2013- y.;654-b 72 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Volume 1, Issue 2, Series B 2025 kelishi mumkin bo’lgan xatolari kamayadi, bu esa soxta ma'lumotlar yoki korrupsiya imkoniyatlarini qisqartiradi2. Elektron tizimlar orqali har bir jarayon va xizmatning tarixi saqlanadi, bu esa korrupsiya va byurokratiya holatlarini nazorat qilishni osonlashtiradi.Elektron hukumat platformalari natijalarni tez va samarali tarzda taqdim etishi, fuqarolarning o'z fikrlarini bildirish imkoniyatini berishi, hukumatning ishlash samaradorligini oshiradi.Umuman olganda, elektron hukumatning ushbu jihatlari byurokratiya va korrupsiyaga qarshi kurashda muhim rol o'ynaydi va davlat xizmatlarining sifatini oshirishga yordam beradi. 2003-yildan 2015-
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the phenomenon of e-government, from its definition to its importance in curbing political issues such as bureaucracy and corruption.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the phenomenon of e-government, from its definition to its importance in curbing political issues such as bureaucracy and corruption. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- E-government, bureaucracy, corruption, political flaws, trends, korrupsiya, byurokratiya, siyosiy Illat, tendentsiya., Elektron hukumat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026