Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI GEOSIYOSIY MUAMMOLAR KONTEKSTIDA MARKAZIY OSIYODA INTEGRATSIYA JARAYONLARI
Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd · Kamolova Sevara Azmiddin qizi
Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 31–50 · 2025
Аннотация
This article examines the integration processes in Central Asia in the context of new geopolitical challenges. It analyzes the stages of regional cooperation development, existing barriers, and future prospects. The main geopolitical factors include the Russia-Ukraine conflict, instability in Afghanistan, and the influence of major global powers. Additionally, recommendations for strengthening integration in economic, transport, and security sectors are provided. Kalit so‘zlar: Markaziy Osiyo, geosiyosat, integratsiya, mintaqaviy hamkorlik, xalqaro munosabatlar, iqtisodiy hamkorlik. Ключевые слова: Центральная Азия, геополитика, интеграция, региональное сотрудничество, международные отношения, экономическое сотрудничество. Keywords: Central Asia, geopolitics, integration, regional cooperation, international relations, economic cooperation. 100 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Volume 1, Issue 2, Series B 2025 Markaziy Osiyo geosiyosiy jihatdan muhim mintaqalardan biri bo‘lib, uning davlatlari iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan bir- biri bilan uzviy bog‘liqdir. Mustaqillikka erishganidan keyin mintaqa davlatlari o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish yo‘lida turli tashabbuslarni ilgari surishdi. Biroq, xalqaro maydondagi o‘zgarishlar, jumladan, Rossiya-Ukraina mojarosi, Afg‘onistondagi beqarorlik, Xitoy va AQShning mintaqaviy manfaatlari ushbu jarayonlarning izchil rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Mintaqaviy integratsiya nafaqat iqtisodiy taraqqiyot uchun, balki xavfsizlik va siyosiy barqarorlikni ta’minlash uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, Markaziy Osiyo davlatlari turli formatlarda hamkorlik qilishga harakat qilmoqda. Ammo integratsiya jarayonlarining rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan omillar ham mavjud. Ushbu maqolada yangi geosiyosiy muammolar kontekstida Markaziy Osiyoda integratsiya jarayonlari tahlil qilinadi, mavjud muammolar va istiqbollar o‘rganilib, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishgach, mintaqaviy integratsiyani rivojlantirish borasida turli tashabbuslar ilgari surildi. Ushbu jarayonni shartli ravishda uch bosqichga ajratish mumkin: mustaqillikdan keyingi dastlabki integratsion urinishlar, transmilliy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik va yangi geosiyosiy muammolar sharoitida shakllanayotgan mintaqaviy integratsiya harakatlari. Birinchi bosqich (1991–2000 yillar): Mustaqillik va dastlabki integratsion urinishlar. Sobiq Sovet Ittifoqining parchalanishi natijasida mustaqillikka erishgan Markaziy Osiyo davlatlari yangi geosiyosiy muhitda o‘z yo‘nalishlarini belgilashga harakat qildilar. Biroq, bu davrda mintaqaviy integratsiyaga jiddiy e’tibor qaratilmadi, aksincha, har bir davlat o‘z milliy manfaatlari doirasida mustaqil tashqi siyosat yuritdi. Shunga qaramay, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan dastlabki tashabbuslar paydo bo‘ldi. 1994 yilda Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston tomonidan Markaziy Osiyo Hamjamiyati tashkil etildi. Ushbu ittifoq 1998 yilda Tojikistonni ham o‘z tarkibiga qo‘shgan holda Markaziy Osiyo Iqtisodiy Hamjamiyati nomiga ega bo‘ldi. Ushbu tuzilma iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qilgan bo‘lsa-da, amaliy natijalar juda cheklangan edi. Ikkinchi bosqich (2000–2014 yillar): Transmilliy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik. Bu davrda Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaviy integratsiyani kengroq geosiyosiy doirada amalga oshirishga harakat qildilar. Shu nuqtai nazardan, uchta asosiy tashkilot muhim rol o‘ynadi: 101 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Volume 1, Issue 2, Series B 2025 1. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) – Rossiya yetakchiligida tuzilgan bu tashkilotga Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lib, iqtisodiy integratsiya yo‘lida qadam tashladilar. 2. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) – Xitoy va Rossiya ishtirokida tashkil etilgan bu tuzilma xavfsizlik, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston unga a’zo bo‘ldi. 3. Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXShT) – bu harbiy- ijtimoiy tashkilot Rossiya boshchiligida shakllangan bo‘lib, mintaqada xavfsizlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutdi. Bu davrda Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro savdo va transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishgan bo‘lsa-da, integratsiyaning tubdan kuchayishi kuzatilmadi. Chunki davlatlar o‘rtasidagi siyosiy ishonchsizlik, suv-energetika masalalaridagi kelishmovchiliklar va geosiyosiy ta’sirlar mintaqaviy hamkorlikni cheklab turdi. Uchinchi bosqich (2014 yildan hozirgi kungacha): Yangi geosiyosiy muammolar sharoitida integratsiya. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga intilmoqda. Bunga quyidagi omillar turtki bo‘ldi: Rossiya-Ukraina mojarosi – Rossiya bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalar zaiflashishi ortidan
Доказательный фрагмент
«This article examines the integration processes in Central Asia in the context of new geopolitical challenges.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the integration processes in Central Asia in the context of new geopolitical challenges. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Central Asia, geopolitics, integration, regional cooperation, mintaqaviy hamkorlik, geosiyosat, Markaziy Osiyo, xalqaro munosabatlar, iqtisodiy hamkorlik, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024