Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
FRAZEMALARNING SHAKL MUNOSABATIGA KOʻRA TURLARI
Zokirova So`g`diyona Aqiljon qizi
Interpretation and researches · 2 · 2026
Аннотация
This article provides information on the types of Phrases according to their form relationship. The topic is clearly explained with examples. Аннотация: В данной статье представлена информация о типах фраз в зависимости от их формы. Тема наглядно объяснена на примерах. Kalit soʻzlar: frazema, omonimiya, til, paronimiya, atama, frazeologiya, tutun birikma, erkin birikma. Key words: phrasal verb, homonymy, language, paronymy, term, phraseology, compound compound, free compound. Ключевые слова: фразовый глагол, омонимия, язык, паронимия, термин, фразеология, сложносочиненное слово, свободное словосочетание. Til- millatning oʻtmishi, buguni va ertasidir. Til boʻlmasa millat oʻz maʼnaviyatini, maʼrifatini, oʻzligini yoʻqotadi. Til yoʻqolsa, millat tanazzulga, uning goʻzal va abadiy qadriyatlari yoʻqlikka yuz tutmogʻi muqarrardir. Tilga boʻlgan mehr-muhabbat hissi, qondoshlik sezimi, goʻdak ong-u shuuri, murgʻakkina qalbiga ona allasi bilan singadi. Til tizim sifatida toʻxtovsiz rivojlanishda, harakatda boʻlib turadi. Bu uning ijtimoiy mohiyatidan paydo boʻladi: til va ong, til va jamiyat, til va tafakkur oʻrtasida ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir - biriga taʼsirini belgilaydi. Frazemalaming shakl munosabatiga koʻra turlari 2 ga boʻlinadi: 1. frazeologik omonimiya 2.frazeologik paronimiya I. Frazeologik omonimiya -frazemalaming ifoda planidagi tenglik hodisasidir. Taqqoslang: 1.Barmogʻini tishladi-hech narsa qilolmay, natijaga erisholmay qoldi. Bugungi majlisdan Samandarov barmogʻini tishlagancha chiqib keldi. 2. Barmogʻini tishladi- afsuslandi. Nasiba dadasining anduhidan keyin barmogʻini tishladi. 1. Koʻz tikdi -tikilib qaradi. Negadir u qizga bizning yigitlar koʻz tikdi. 2. Koʻz tikdi-umidvor bo’lib qaradi. 99 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 2 issue 2 (24) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Uyimizdagi Olapar ukamning qoʼlidagi nonga koʻz tikdi. Shaklan teng bolgan frazemalar tilshunoslikda omofrazemalar deb nomlanadi.26 Erkin birikma bilan frazema (turg'un birikma) o'rtasidagi shakliy tenglik hodisasi frazeologik omonimiya emas, frazeologik omonimlik sanaladi. Demak, bunday holatlarda «Omonimiya» va «omonimlik» atamalari o'zaro farqlanadi. 27 Yaʼniki: 1. Ko'zyummoq (erkin birikma) - «Ko'zini yumib olmoq» ma’nosida; 2) Ko'zyummoq (turg'un birikma, frazema) — «ko'ra bila turib e’tiborsiz qoldirmoq» ma’nosida; 3) ko'zyummoq (turg'un birikma, frazema) — «vafot etmoq» ma’nosida. Keltirilgan misollarning birinchi va ikkinchisida erkin va turg'un birikmalar, ikkinchi va uchinchisida esa turg'un birikmalar (frazemalar) o'rtasida shakliy tenglik borligini ko'ramiz. Birinchi va ikkinchi misollardagi shakliy tenglik omonimlik sirasiga, ikkinchi va uchinchi misollardagi shakliy tenglik esa omonimiya sirasiga kiradi.28 II. Frazeologik paronimiya — tarkibidagi biror leksema bilan farq qiluvchi frazemalar. kayfi chog' - kayfiyati yaxshi; kayfi buzuq - kayfiyati yomon, xafa; Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. U. Tursunov, J. Muhtorov, Sh. Rahmatullayev. Ko`rsatilgan asar, 138-b 2. Hozirgi o’zbek adabiy tili: Oliy o’quv yurtlari uchun darslik / H.Jamolxonov. – T.: >, 2005. –) Darslik. – T.: «221 b. 3. Hozirgi o`zbek adabiy tili: Oliy o`quv yurtlari uchun darslik/ H.Jamolxonov, - T.: “Talqin”, 2005.- 222b 26 U. Tursunov, J. Muhtorov, Sh. Rahmatullayev. Ko`rsatilgan asar, 138-b 27 Hozirgi o`zbek adabiy tili: Oliy o`quv yurtlari uchun darslik/ H.Jamolxonov, -T.: “Talqin”, 2005.- 221b 28 Hozirgi o`zbek adabiy tili: Oliy o`quv yurtlari uchun darslik/ H.Jamolxonov, -T.: “Talqin”, 2005.- 222b 100
Доказательный фрагмент
«This article provides information on the types of Phrases according to their form relationship.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information on the types of Phrases according to their form relationship. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- phrasal verb, homonymy, language, paronymy, term, phraseology, atama, omonimiya, til, frazeologiya, erkin birikma., tutun birikma, paronimiya, frazema
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025