К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK TILIDA OT SO‘Z TURKUMI YASALISHINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Tursunboyeva Maftuna

Interpretation and researches · 2 · 2026

Аннотация

O‘zbek tili qadimdan shakllangan boy tillar sirasiga kirib, unda qadimdan rivojlanib kelayotgan so‘z turkumlari, jumladan, ot so‘z turkumida namoyon bo‘lgan yasalish usullari, ot so‘z turkumi sifatida o‘ziga xos morfologik paradigma, yasalish tizimiga xoslangan sintaktik pozitsitalari tahlil qilinadi. Ot va uning UGMsi parchalanishiga ko ‘ra turlari o ‘rganiladi. Kalit so‘zlar: Ot so‘z turkumi, UGM, LGM, atoqli va turdosh otlar, kompozitsiya, affiksatsiya, yashalish modellari, narsa-buyum otlari, affiks. Har qanday tilning ahamiyati uning jamiyatdagi, davlatdagi maqomiga bog‘liq. Jumladan, o‘zbek tilida so ‘z turkumlari yasalishi ham uning o‘sib-rivojlanishidagi imkoniyatlarini belgilaydi. Ot so‘z turkumi– kim? nima? qayer? so‘roqlariga javob bo‘lib, mavjudot, narsa, joy, voqea, jarayonni atovchi leksik birlik. “Borliq yoki uning parchasini predmet sifatida atash” – ot so‘z turkumining UGMsi. Bunda predmet tushunchasi mantiqiy emas, balki grammatik mohiyatga ega. Mantiqan jonsiz va bevosita sezgi a’zosiga ta’sir etuvchi narsa predmet deyiladi. Grammatika esa u keng ma’noda tushuniladi, “mavjudlik” mavjudlik mohiyatiga ega deb qaraladi. Ot leksemalar turkumi bayonida bunday leksemalarga sonlash, nisbatlash, turlash paradigmalarining morfemalari, shuningdek, bir necha noparadigmatik morfemalar qo‘shilishi ta’kidlanadi. Ot leksema shakllar ana shu morfemalarning ot leksemaga ma’lum qoida asosida birin- ketin qo‘shilishi bilan hosil qilinadi. Ot leksemalar ma’no turlariga bir necha nuqtayi nazardan tasnif qilinadi. Ot leksemalarni eng yirik tasniflash kim, nima so‘roqlari asosida amalga oshiriladi. Kim so‘rog‘iga javob bo‘ladigan ot leksemalar kishi otlari deyiladi: o‘qituvchi, talaba kabi. Ot leksemalarining qolgan qismi nima so‘rog‘iga javob bo‘lib, narsa otlari deyiladi: imtihon, qush shular jumlasidan. Ot so‘z turkumi – mustaqi so‘z turkumlaridan biri. U boshqa so‘z turkumlaridan bir nechta belgi-xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular quyidagilarda iborat: 1) ot yasalish xususiyatiga ega: ishchi, suhbatdosh, paxtakor, bog‘bon, oshpaz, Mirzacho‘l; b) son-miqdorni bildirish xususiyatiga ega: bola – bolalar, daftar – daftarlar; v) egalik ko‘rsatkichiga ega: otam, otang, otasi – otamiz, otangiz, otalari; g) kelishik shakllari bilan o‘zgaradi; maktab, maktabning, maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan; d) 79 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 2 issue 2 (24) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 gapda barcha gap bo‘laklari vazifasida keladi. Otlarning yasalishi natijasida yasama otlar paydo bo‘ladi. Yasama otlar affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya yo‘llari bilan yasaladi. Affiksatsiya ot yasashdagi eng mahsuldor usul bo‘lib, uning yordamida shaxs otlari (bo‘yoqchi, ishchi, maktabdosh, zargar); narsa-qurol otlari (ochqich, o‘sma, kurak, qirindi); o‘rin-joy otlari (bodomzor, O‘zbekiston, qarorgoh). Ot yasovchi qolipning aksariyati ko‘p ma’noli. Quyida ularni ko‘rib o‘tamiz. -chi affiksli ot +-chi = 1) asosdan anglashilgan narsa bilan bog‘liq kasb mutaxassislik bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti; 2) asosdan anglashilgan ish/harakat/hodisa bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti; 3) asosdan anglashilgan ish- harakat, faoliyatda qatnashuvchi shaxs oti; 4) asosdan anglashilgan hodisani, ish- harakatni bajarish odati kuchli bo‘lgan shaxsni bildiruvchi ot qolipi quyidagi hosilalarni bergan: 1) sportchi, dutorchi, kashtachi, shaxmatchi; 2) xabarchi, maslahatchi, terimchi, yordamchi; 3) jangchi, isyonchi, hasharchi, muzokarachi; 4) respublikachi, muxtoriyatchi; 5) to‘polonchi, buzg‘unchi, tavakkalchi. Ko‘rinadiki, bu qolip polisemantik va polifunksional bo‘lib, har bir ma’noni yana bir necha ma’no turlariga bo‘linib ketadi, -shunos affiksli ot + -shunos = asosdan anglashilgan sohani o‘rganuvchi mutaxassis qolipi bir ma’noli bo‘lib, u quyidagi hosilalarni bergan: adabiyotshunos, tilshunos, tarixshunos kabi. -kor affiksli ikkita qolip mavjud: a) aniq ot + -kor + asosdan anglashilgan narsa/predmetni yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti (paxtakor, lavlagikor, sholikor); b) mavhum ot + -kor = 1) asosdan anglashilgan ish, mashg‘ulot bilan shug‘ullanuvchi shaxs (madadkor, xiyonatkor, gunohkor). Kompozitsiya usuli bilan qo‘shma va juft otlar hosil qilinadi: toshko‘mir, tuyaqush, karnaygul. Qo‘shma otlar: 1. Ot+ot: ajdargul, ayiqtovon, atirgul, kinolenta, xontaxta. 2. Sifat +ot: kaltakesak, Markaziy Osiyo, Sho‘rko‘l. 3. Ot+fe’l: echkiemar, ko‘zboylog‘ich, kallakesar, husnbuzar. 4. Son+ot: besgbarmoq, beshqarsak, Yettisuv. 5. Son+fe’l: beshotar, birqoqar. 6. Fe’l+fe’l: iskabtopar, ishlab chiqarish Juft otlar: Ot+ot, sifat+ot kabi qoliplar, shuningdek, boshqa turkumga oid juft so‘zlarning otga ko‘chishidan vujudga keladi. Juft otlar tarkibiga ko‘ra quyidagi ko‘rinishlarga ega: 80 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 2 issue 2 (24) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 1. Har ikki qismi mustaqil holda ham ishlatilinadigan juft otlar; 2. Qismlaridan biri mu

Доказательный фрагмент

«O‘zbek tili qadimdan shakllangan boy tillar sirasiga kirib, unda qadimdan rivojlanib kelayotgan so‘z turkumlari, jumladan, ot so‘z turkumida namoyon bo‘lgan yasalish usullari, ot so‘z turkumi sifatida o‘ziga xos morfo…»

Образец извлечения

Демо-превью

O‘zbek tili qadimdan shakllangan boy tillar sirasiga kirib, unda qadimdan rivojlanib kelayotgan so‘z turkumlari, jumladan, ot so‘z turkumida namoyon bo‘lgan yasalish usullari, ot so‘z turkumi sifatida o‘ziga xos morfo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ot so‘z turkumi, narsa-buyum otlari, affiks., atoqli va turdosh otlar, yashalish modellari, kompozitsiya, affiksatsiya, LGM, UGM
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники