К содержанию
РецензированоUZ2026

KORXONA FAOLIYATIDA SAMARADORLIK TUSHUNCHASI VA UNING IQTISODIY MOHIYATI

IQTISODIY MOHIYATI · Shamsiddinovich Bahodir Nodirovich

Interpretation and researches · 2 · 2026

Аннотация

Korxona faoliyatini baholashda samaradorlik tushunchasi alohida ahamiyatga ega. Samaradorlik - qandaydir bir samara olish, ya’ni qilingan harakatlar natijalarining faolligini anglatadi. Ushbu maqolada samaradorlik, tashkiliy samaradorlik, ijtimoiy samaradorlik, ijtimoiy samaradorlik, texnologik samaradorlik, huquqiy samaradorlik, ekologik va ma’naviy samaradorlik kabi tushunchalar mohiyati ochib berilgan. Kalit so‘zlar: samaradorlik, tashkiliy samaradorlik, ijtimoiy samaradorlik, ijtimoiy samaradorlik, texnologik samaradorlik, huquqiy samaradorlik, ekologik va ma’naviy samaradorlik. Samaradorlik - qandaydir bir samara olish, ya’ni qilingan harakatlar natijalarining faolligini anglatadi. Iqtisodiy samaradorlik xo‘jalik yuritish jarayoni bo‘lib, uning natijalari ma’lum bir miqdorda pul, informatsion resurslar va ishchi kuchi sarflash tufayli erishilgan foydada aks etadi. Korkona faoliyatuning iqtisodiy samaradorligi ijtimoiy samaradorligining tarkibiy qismi bo‘lib, ma’lum bir ko‘rsatkich va mezonlar yordamida aks ettiriladi. Mezon deganda qo‘yilgan maqsadga erishishning to‘g‘riligini baholovchi asosiy talab tushuniladi. Mezonlarning zarurati shundan iboratki, korxonaning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari samaradorligini hisoblashga qaysi tomondan yondashish kerakligini aniqlash zarur. Ijtimoiy ishlab chiqarish butun jamiyat manfaatlari yo‘lida xizmat qiladi, shuning uchun uning samaradorligini jamiyat maqsadlariga erishish darajasidan kelib chiqqan holda baholash lozim. Korxona faoliyati samaradorligi, o‘z faoliyatining natijalarini ularning sifatli yutug‘iga yo‘naltirilgan xarajatlarga nisbati sifatida aniqlanadi. Samaradorlik belgilangan maqsadlarga erishish darajasini aks ettiradi, shuning uchun bozorda barcha korxonalar samarani maksimal darajada oshirishga intiladi. Korxonaning samaradorligini oshirish resurslardan foydalanish jarayonida xarajatlar birligiga taalluqli iqtisodiy natijalarni oshirishdan iborat. Bu iqtisodiy samaradorlikni rasmiy iqtisodiy jarayonlardan hayotiy zaruratga aylantirishga qaratilgan korxonani boshqarishning barcha darajalarida samarali yechimlarni tanlash va amalga oshirish uchun sarf-xarajatlar va natijalarni o‘lchashda yagona yondashuvlarni ishlab chiqishni muhim ahamiyatga ega. Bunday yondashuv 72 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 2 issue 2 (24) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 samaradorlik tasnifini yaratishga olib keldi. Eng an’anaviy xususiyatlar va samaradorlikni tasniflash quyida keltirilgan. Ko‘pgina korxonalar o'z biznesining samaradorligini baholab, ushbu samaradorlikning tarkibiy qismini aks ettiradigan omil, ya’ni faktordan foydalanishadi. Bu xususiyat biznes faoliyatini to‘liq baholash imkonini beradi, ulardan foydalanish ancha oson va ishonchlilikning yuqori darajasiga ega. Elementlarning tarkibi bo‘yicha samaradorlikni tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik, psixologik, huquqiy, ekologik, axloqiy va siyosiy turlariga bo‘linadi. Korxona faoliyatining tashkiliy samaradorligi tashkilotning maqsadlariga kamroq vaqt va (yoki) kutilganidan kam xarajat bilan erishishdir. Tashkiliy maqsadlar xodimlarning ish sifatini yaxshilashga imkon beradigan ishlarni maqbul tashkil qilishdagi ehtiyojlarini amalga oshiradi. Korxona faoliyatining iqtisodiy samaradorligi "iqtisodiy samaradorlik" va "iqtisodiy ta’sir" kontseptsiyalarining mazmunini belgilashni talab qiladi. Iqtisodiy ta’sir korxona faoliyatining mutlaq natijasidir. Xuddi shu ta’sir turli xarajatlar bilan turli yo‘llar bilan erishish mumkin. Aksincha, bir xil xarajatlar turli xil oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun natijalarni xarajatlar bilan taqqoslash lozim. Uning samaradorligini taqqoslash iqtisodiy samaradorlikni aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Natijada, iqtisodiy samaradorlik nisbiy miqdor bo‘lib, u mutlaq qiymat (ta’sir) ning boshqa (xarajatlar) nisbati sifatida hisoblanadi. Korxona faoliyatining ijtimoiy samaradorligi ijtimoiy maqsadlarga kamroq vaqt va kutilganidan ko‘ra kamroq moliyaviy xarajatlar bilan erishilganligi hisoblanadi. Ijtimoiy maqsadlar sayyohlik tashkilotining xodimlarining axborot, bilim, ijodiy ish, o‘z-o‘zini ifodalash, muloqot, dam olishdagi ehtiyojlarini amalga oshiradi. Korxona faoliyatining texnologik samaradorligi biznes rejasida rejalashtirilgan ma'lum natijalarga (ishlab chiqarishning sektoral, milliy yoki jahon texnologik darajasiga) erishish demakdir, qisqa muddatda yoki rejalashtirilganidan kamroq moliyaviy xarajatlar bilan amalga oshiriladi. Korxona faoliyatining huquqiy samaradorligi tashkilotning va xodimlarning yuridik maqsadlariga erishish darajasi bilan kamroq vaqt ichida, ishchilar soni kamroq yoki kutilganidan ko‘ra kamroq moliyaviy xarajatlar bilan baholanadi. Yuridik vazifalar xavfsizlik va tartibda xodimlarning ehtiyojlarini hisobga oladi. Korxona faoliyatining ekologik va ma’naviy samaradorligi tashkilot va xodimlarning atrof-muhit va axloqiy maqsadlariga qisqa vaqt ichida, ishchilar soni

Доказательный фрагмент

«Korxona faoliyatini baholashda samaradorlik tushunchasi alohida ahamiyatga ega.»

Образец извлечения

Демо-превью

Korxona faoliyatini baholashda samaradorlik tushunchasi alohida ahamiyatga ega. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquqiy samaradorlik, tashkiliy samaradorlik, ijtimoiy samaradorlik, samaradorlik, texnologik samaradorlik, ekologik va ma’naviy samaradorlik.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники