Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
MINTAQAVIY HAMKORLIK VA MINTAQAVIYLASHUVNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI VA ULARGA TA’SIR KO‘RSATUVCHI OMILLAR
Ataqulov Q.I.
Interpretation and researches · 2 · 2026
Аннотация
The article discusses the essence of the concepts of regional cooperation and regionalization, as well as the connection, foundations and characteristics of regional cooperation and regionalization. As a result of regionalization, the factors that have a positive impact on the life of the state and society have been revealed. Key words: Regional cooperation, regionalization, factors of regionalization, cultural regionalization, economic regionalization, Geopolitical regionalization. Bugungi siyosiy jarayonlar va siyosiy strategiyalarning iqtisodiy, ijtimoiy hayotga ta’siri kuchayib borayotgan davrda hamkorlik va integratsiya orqali globallashuv jarayonlarining salbiy oqibatlariga bardosh berish, hamkorlikda rivojlanish orqali imkoniyatni oshirish mumkin degan qarashlar yuqori o‘rinlarga chiqmoqda. Shuning uchun rivojlanayotgan yoki kam rivojlangan mamlakatlar o‘z taraqqiyotida yuqori ko‘rsatgichlarni qayd etish maqsadida, mintaqaviy munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor bera boshladilar. Bu borada ikkinchi jahon urushidan keyin inqiroz botqog‘idan kuchli taraqqiyotga erishgan Yevropa 42 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 2 issue 2 (24) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 ittifoqi (Yevropa mintaqasi) shakllanganligi va har tomonlama taraqqiyotga erishganligi tajriba maktabi, namuna bo‘ldi. Yevropa mintaqasida davlatlarning maqsadli va manfaatli birlashuvi misolida turli ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqildi va siyosiy-iqtisodiy uyushmalar tashkil topdi. Globallashuv jarayonlarining kuchayib borishi natijasida yer sharining turli mintaqalarida mintaqaviylashuv jarayonlari tezlashib bordi. Bunday mintaqaviylashuvdan maqsad davlatlarning o‘z taraqqiyot darajasini ko‘tarish, zamonaviy siyosiy-iqtisodiy munosabatlarda o‘z o‘rniga ega bo‘lishdir. Xususan prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “biz tashqi siyosatni amalga oshirishda barch davlatlar, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”6 deganda mintaqada mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda dunyoda alohida o‘rin egallashni nazarda tutgan edi. Mavzudan kelib chiqib avvalo mintaqaviy hamkorlik hamda mintaqaviylashuv jarayonlari bilan bog‘liqlik va ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar haqida ayrim jihatlarni keltirsak. Mintaqaviy hamkorlik tushunchasi turli sohadagi adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Rossiyalik tadqiqotchi I.N.Barginning fikricha bu tushuncha dastlab Geografiya va iqtisodiyot fanlarida ishlatilgan7. Siyosiy falsafiy jihatdan g‘arb tadqiqotchilari K.Doich, V.Bobkov. E.Xaas, Rossiyalik tadqiqotchilar O.Butorina, N.Liventsev va V.Xarlamovlar, M.Lebedeva, L.E.Grinnin, O‘zbekistonlik tadqiqotchilar R.Alimov, Sh.R.Arifxonov. Ch.Kucharov, M.M.Muhammadsiddiqov, O.O.Sirojov kabi olimlar mintaqaviy hamkorlik tushunchasining ta’rifi va global davrdagi o‘rni haqida munosabat bildirganlar. Yuqoridagi olimlarning keltirgan ta’riflarini umumlashtirgan holda, Mintaqaviy hamkorlik bu-ma’lum geografik mintaqada joylashgan davlatlarning maqsad va manfatlar uyg‘unligi negizida, ixtiyoriylik va tenglik tamoyillariga 8 asoslangan hamfaoliyat jarayoni deyishimiz mumkin. Shu o‘rinda mavzudan kelib chiqib “mintaqaviylashuv” tushunchasi haqida birqancha olimlarning fikrlarini tahlil qilsak. Mintaqashunos M.Muhammadsidiqov “Mintaqaviylashuv” hududiy xususiyati asosida madaniy, siyosiy, iqtisodiy jihatdan davlatlarning bir-biriga yaqinlashuv jarayoni. “…mintaqalarning institutsional maqomga ega bo‘lishi9 - deb ta’rif beradi. Geografik jihatdan yer yuzida mintaqalar ko‘p va ular soha olimlari tomonidan turli xil ko‘rinishda tasniflanadi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, mintaqaviylashish uchun davlatlar ma’lum maqsad uchun bir 6 Ўзбекистон Ресрубликаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг асарлари ва марузаларидан олинган фикирлар. Миллий тикланишдан миллий юксалиш сари. “Yoshlar nashriyoti uyi” -Т:. 2019 й 66-б 7 И. Н. Барыгин. Международное регионоведение. СПб.: «Питер», 2009. 384 с. 8 a) tenglik; b) ixtiyoriylik; v) milliy manfaatlar uyg‘unligi asosida shakllangan umummanfaatlar ustuvorligi; d) o‘zaro ishonch va hurmat; s) milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; i) ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillarini kiritish mumkin. 9 Muhammadsidiqov М.М. Xalqaro mintaqashunoslik. O‘quv qo‘llanma. -Т.: «Barkamol fayz media», 2017, 8 b. 43 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 2 issue 2 (24) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 birlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashi va institutsional tarzda bir qancha qoidalar bilan rasmiylashtish orqali munosabatlarni yo‘lga qo‘yish lozim bo‘ladi. Yevropa kengashining axborot saytida keltirilgan ta’rifga ko‘ra “mintaqaviylashtirish” milliy yoki federal hamkorlik doirasida subsidiyarlik tamoyilini yaxshiroq qo‘llash uchun hokimyatni markaziy hukumatdan hududlarga o‘tkazish jarayoni. Bu vakolatlarni yaratish, kengaytirish yok
Доказательный фрагмент
«The article discusses the essence of the concepts of regional cooperation and regionalization, as well as the connection, foundations and characteristics of regional cooperation and regionalization.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article discusses the essence of the concepts of regional cooperation and regionalization, as well as the connection, foundations and characteristics of regional cooperation and regionalization. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Regional cooperation, regionalization, factors of regionalization, mintaqaviylashuv, Geosiyosiy mintaqaviylashuv., iqtisodiy mintaqaviylashuv, mintaqaviylashuv omillari, madaniy mintaqaviylashuv, Mintaqaviy hamkorlik
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025