К содержанию
РецензированоUZ2026

SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “O‘ZBEKLAR” HIKOYASIDA INSON VA DAVR MUAMMOSI

DAVR MUAMMOSI · Ibragimova Dilovar Anvar qizi · Sultonqulova Feruza

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article analyzes the story "Uzbeks" by the prolific writer Shukur Kholmirzayev, which captures the character of the Uzbek nation, and highlights the life of the people, the era, and human problems of the last century. The problems of the era are shown through the fate of the heroes of the story. Keywords: story, hero, character, psychology, the relationship between man and the era. ПРОБЛЕМА ЧЕЛОВЕКА И ВРЕМЕНИ В ПОВЕСТИ ШУКУРА ХОЛМИРЗАЕВА «УЗБЕКИ» Аннотация. В данной статье анализируется повесть «Узбеклар» плодовитого писателя Шукура Холмирзаева, в которой запечатлен характер узбекской нации, освещены жизнь народа, эпоха и проблемы человечества прошлого века. Проблемы эпохи показаны через судьбы героев рассказа. Ключевые слова: история, герой, характер, психология, связь человека и эпохи. Shukur Xolmirzayev o‘zbek xalqining hikoyanavaslik janriga o‘zining adadsiz hissasini qo‘shgan zabardast ijodkorlardandir.Uning ijodi haqida atoqli adabiyotshunos, tanqidchi olim Matyoqub Qo‘shjonov shunday yozadi: “U Boysun tog‘i go‘zalliklarini, Surxon ko‘rkamliklarini adabiyotga olib kirayapti. Faqat tabiatini emas, balki u Boysun va Surxon odamlarini ularning o‘ziga xos xarakter xusuyatlarini boshqa joylardan bir oz farq qiladigan hayot kechirish yo‘llari bilan adabiyotga olib kirayapti” [1:355]. 1571 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Darhaqiqat, “Adibning qator hikoyalarida shaxs va uning tuyg‘ulari, taqdiri, qismati haqida o‘ylari, qahramonning ichki kechinmalari, ruhiy iztiroblari hayot bilan moddiylashgan holda aks ettiriladi. [5:634] Ijodkor o‘zining talabalik yillarida boshidan kechirgan ba’zi hayotiy voqealar asosida yozgan “O‘zbeklar” hikoyasi adabiy tanqidda turli munozaralarga sabab bo‘lgan. O‘sha davrlarda “O‘zbekning milliy g’ururi” deya atalgan paxta hatto millat kelajagi-yu, ta’limdan ham ustun bo‘lgan, albatta, bu davr isitmasi, zamon talabi hisoblanganligi bizga ma’lum, ammo millat ruhiyatiga odatiy holdek singib ketgan odatlar xalqni rivojlanish charxpalagidan ortda qolgan chashma kabi tasvirlashimiz mumkin. Bir guruh talabalarning paxta terimi uchun o‘qishni tashlab qishloqlarga borishi, noodatiy sharoitda hatto sog‘ligiga putur yetganligi va bu holat davomiyligi sabab insoniylikning ba’zi bo‘laklarini panjara ortiga tiqilganini ko‘rishimiz mumkin. “O‘zbeklar” hikoyasidagi Botir aka obrazi orqali xalqimizning qon-qoniga singib ketgan mehmondo‘stlik odati aks ettirilgan. Taniqli o‘zbek adabiyotshunos olimi Qozoqboy Yo‘ldoshev “Sh.Xolmirzayev, birinchi navbatda, hikoyanavis sifatida tan olingan yozuvchidir. …Yozuvchi nasrning bu mo‘jaz janrida inson tabiatiga xos turfa jihatlarni, ruhiy iztiroblaru tuyg‘ular tovlanishini butun murakkabligi bilan ko‘rsata oladi,”[2:349] deb baholashi bejiz emas. “O‘zbeklar” hikoyasida adibning bu mahorati quyidagi o‘rinlarda tasvirlanadi: “Bechora o‘zbekni bilasizku, o‘zi yemasdan mehmonga tutqazadi, kambag‘alligini yashiradi. Holbuki juda boy edi-yu, birdan kambag‘al bo‘lib qoldi: shuning uchun buni o‘kinch bilan yashirayotgandek tuyuladi menga…. Balki bunga biz bilmagan boshqa sabablar bordir?”[3:73] bu fikrlarda ne-ne xalq ruhiyati yashiringan deysiz. Ushbu hikoyadagi talabalarni “oq oltin” terishga olib kelgan O‘rmon aka obrazi talabalarga balandparvoz gaplar bilan dadillik baxsh etuvchi, ammo ba’zi qiyin vaziyatlarda vijdoniga xilof ish qiluvchi bir inson sifatida gavdalantirilgan. Botir aka obrazi esa juda mehmondo‘st, sodda, xalq tilida tushuntiradigan bo‘lsak mehmonlar uchun quyrug’idan kesib beruvchi qahramondir. To‘rt kishi zo‘rg’a sig’adigan kulbasiga o‘n besh nafar mehmonni kun almashib mehmon qiluvchi, qora kunlarda birovga yaxshilik ulashishdan tolmaydigan soddadil cho‘pon – o‘zbek xarakteri obrazi aks ettirilgan. Ammo hikoya bosh qahramoni Ergash – O‘rmon aka va talaba yigitlar o‘rtasida konflikt chiqadi. Sababi qishning qorong’u kunida “qo‘li kalta” bir cho‘ponning uyiga kunda kirib uni chiroyli qilib “talash” unga yoqmaydi va ko‘p uning uyiga bormasligi aks etadi. Hatto ular o‘zlariga yaxshilik qilgan insonga yomonlik va ayyorlik bilan javob qaytarishadi, buni tahlil qilish, qiyin albatta. Balki bularning bunday yo‘l tutishiga o‘sha davrdagi mustabdlik, o‘sha davr insonlari mehnati turli tazyiqlar va yetarlicha sharoitda emasligi sabab bo‘lgandir. Negaki, talabalar bu qilmishlari yaxshi emasligini, oqibati yaxshi bo‘lmasligini chindan his qilishadi. 1572 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Albatta, bularning barchasi muhokamalidir. Bularning baridan shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, bugungi kun uchun shukronalik va bu davrga o‘z o‘zidan yetib kelmaganligimizni oydin ravishda ko‘rishimiz mumkin. Ushbu hikoyada qadim balki qayerlardadir hozir ham bo‘lgan jo‘ngina vaziyatlarni ko‘rsatib bermoqchi bo‘lgan yozuvchining maqsad muddaosini anglaymiz. Birgina biz uchun qadrli bo‘lgan balki o‘zgacha bo‘lgan “O‘zbek” so‘zi qadrining naqadar yurakka yaqinligini ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekiston xalq shoiri Usmon A

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the story "Uzbeks" by the prolific writer Shukur Kholmirzayev, which captures the character of the Uzbek nation, and highlights the life of the people, the era, and human problems of the last cen…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the story "Uzbeks" by the prolific writer Shukur Kholmirzayev, which captures the character of the Uzbek nation, and highlights the life of the people, the era, and human problems of the last cen… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
story, hero, character, psychology, the relationship between man and the era, qahramon, xarakter, psixologiya, inson va davr munosabati, hikoya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники