Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BEMORLAR BILAN ISHLASHDA MA’DANIY NUQTAI NAZAR
Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd · Scientific Horizon · NUQTAI NAZAR · Djalilova Zarnigor Obidovna · Bobomurodov Jaloliddin Tulqinovich
Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 2025
Аннотация
This article is about the cultural relationship between the patient and the doctor. Also, the main content of the article is what cultural rules should be observed in the communication between the doctor and the patient and how to approach the patient. We discuss the importance of culture in doctor- patient communication and the cultural approach to the patient when working with all patients. Key words: Culture, treatment, patient, speech etiquette, care, mental care. Bugungi kundagi sog’liqni saqlash sohasida faoliyat olib borish uchun nazariy, amaliy, davolash choralari bilish bilan birga ma’daniy va psixologik bilimlarni bilish ham shart va zarur. Shifokorlik faoliyatida bemorlar bilan ma’daniy aloqalar va so’zlashish uslublari shifokorlar davolashga uchun shu jumladan bemorlar uchun ham davo topishga katta yordam beradi. Shuning uchun tibbiyot xodimi va bemor o'rtasidagi muloqot ma’daniyatini o'rganish hech qachon o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. Shifokorlik kasbida ma’daniy aloqa va muomola ma’daniyati alohida o’ringa ega hisoblanadi. Uning oldida har doim tibbiyot xodimi va bemor o'rtasidagi muloqot psixologiyasi bilan bog'liq bo'lgan turli xil vazifalar mavjud. Bemorning kasalligini oldini olish uchun shifokorda muloqot psixologiyasi va madaniy aloqalar haqida tushuncha bo’lishi zarur hisoblanadi. Bunda birinchi o’rinda bemor bilan individual yondashish bemorning ichki dunyosiga kirib borishi zarur hisoblanadi. Shifokorning bemor bilan ma’daniy muloqot qilishi shifokorning burchi hisoblanadi. Har bir tibbiyot xodimi har doim bemor bilan duch keladigan asosiy narsasi bu muloqot psixologiyasi hisoblanadi. Bemor bilan muloqotga kirishishning asosiy shartlari bordir. Bemor bilan muomalaga kirishishda asosiy shartlaridan biri taxminiy diagnozi, shaxsini, uning ahvolini, kasbini, ijtimoiy sharoitini, saviyasi, 5 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon Volume 1, Issue 3, 2025 bilim darajasini va dunyo qarashini bilgan holda hamda shifokorning o’zi ham bu muloqotga ruhan, ma’nan tayyorlanganidan keyingina bemor bilan muloqotga kirishishga ma’naviy haqqi bor hisoblanadi. Bemor va shifokor o’rtasida muloqot ikki doiradan iborat hisoblanadi: 1. Tashqi doira zanjiri, shifokorning bemor bilan muloqotga tayyorgarligi hisoblanadi 2. Ichki doira zanjiri, bemorning shaxsini, kasallik sabablarini, kasallik turini, kasallik sabablarini belgilovchi dalillar zanjirini tashkil etadi. Tashqi doira sohibining mahorat darajasi, ichki doirada bemor bilan qay darajada “ko’prik” solish qobiliyati bilan belgilanadi. Shundan so’ng bemor shifokorga umid ko’zi bilan qaray boshlaydi. Bu tayyorgarlikdan so'ng shifokor, nihoyat, bemor bilan birinchi bor uchrashadi. Har qanday shifokor bemor bilan bemorning saviyasiga qarab muloqot qilishi lozim. Bemor oddiy ishchi bo’lsa shunga mos saviyada, agar akademik bo’lsa yuqori saviyada muloqot ma’daniyatini o’rnatish lozim. Shifokor bunga amal qilmasa bemorning ahvoli og’irlashishiga sabab bo’ladi. Biroq shifokor ishonch hosil qilmagan narsalarni aytishdan saqlanishlari zarur. Shifokorning ma’daniyat darajasiga xonaning tozaligi, shinamligi alohida kasb ahamiyat etadi. Shifokor bemorning yotqizilishi lozim bo’lgan xona (palata) toza yorug’, shinam, ozoda qisqa qilib aytganda ideal bo’lishi lozim. Bemor xonasi bilan davolanish choralarini amalga oshiradi. Xonaning qay darajada ekanligi bemorga qattiq ta’sir o’tkazadi. Masalan, asab kasalliklari bor bemorga shovqinli xonaga joylashtirmasligi lozim. Agar bemorni xonasiga to’g’ri joylashtira olmasa unda bemor davolanishning o’rniga kasallik darajasi yanada ortadi. Shifokor bemor bilan muloqot qilganda yoki bemorlarning ko’z o’ngida doim o’zini ideal inson sifatida ko’rsatish lozim. Shifokor ma‘naviyati deganda, ma‘nili fikrlashi, so‘zlashi, shuningdek shaxsiyatidagi, tarbiya va odobidagi hamda amaliyotidagi barcha ijobiy xatti-harakatlar majmuasi 6 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon Volume 1, Issue 3, 2025 tushuniladi. O'ziga talabchan, o'ta intizomli, sarishta, va'dasining ustidan chiqadigan shifokorgina bemor ko'ziga «issiq ko'rinadi» va undan buyurilgan kun tartibi hamda davolash usullariga amal qilishini talab etishi mumkin, bemor mushtoq bo'lib kutayotganini shifokor sedan chiqarmasligi kerak. Xususan aytar so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt deganlaridek. Shifokor bemorning ishonchini suiste’mol qilmasligi lozim. Har qanday holatda xoh katta amaldor bo’lsin, xoh oddiy odam bo’lsin shifokor unga oimo xushmuomalada bo’lishi lozim. Hech qachon shifokor kasallikni tuzalmas qilib ko’rsatmasligi lozim, chunki bemorning tuzalish ehtimoli yanada pasayadi. Shifokor bemorga qanchalik yomon gapirsa bemorning davo topishdan shunchalik ko’ngli soviydi. Zero, aytganlaridek yer yuzida uzoq muddat qamal qo‘yishga eng muhtoj narsa tildir. Bemor shifokor bilan muloqot qilayotganda o’zining do’stiga sirini aytgandek shifokorga ham dardini aytishi lozimdir. Shifokor bemorning bunday holatiga noto’g’ri baho bermasligi, ortiqcha gapirmasli
Доказательный фрагмент
«This article is about the cultural relationship between the patient and the doctor.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is about the cultural relationship between the patient and the doctor. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Culture, treatment, patient, speech etiquette, care, mental, ma’daniyat, parvarish, ruhiy parvarish., so’zlash odobi, bemor, muomala
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024