Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O`ZBEKISTONDAGI QORINOYOQLI MOLLYUSKALARINING (GASTROPODA) BIOLOGIK XILMA-XILLIGI
Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd · Scientific Horizon · O`ZBEKISTONDAGI QORINOYOQLI · MOLLYUSKALARINING (GASTROPODA) BIOLOGIK · Suyunova Yodgora Muzaffar qizi
Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 2025
Аннотация
Территория Узбекистана отличается биологическим разнообразием, и брюхоногие моллюски (класс Gastropoda) являются важной частью его экосистемы. В данной статье рассматриваются виды брюхоногих моллюсков, встречающиеся в различных регионах нашей страны, их места обитания и экологическое значение. В республике эти моллюски адаптировались к пресноводной, засушливой и солоноватой среде. Они играют важную роль в экосистеме, способствуют повышению плодородия почвы и разложению органических веществ. Кроме того, в статье обсуждаются их статус сохранности и факторы, влияющие на популяцию. Annotation: The territory of Uzbekistan is distinguished by its biological diversity, and gastropod mollusks (class Gastropoda) form an important part of its ecosystem. This article examines the species of gastropod mollusks found in various 39 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon Volume 1, Issue 1, Series С 2025 regions of our country, their habitats, and their ecological significance. In the republic, these mollusks have adapted to freshwater, arid, and saline environments. They play a crucial role in the ecosystem by enhancing soil fertility and contributing to the decomposition of organic matter. Additionally, the article discusses their conservation status and the factors affecting their population. Kalit so`zlar: Mollyuskalar, zoologiya, ekologiya, muhofaza holati, ekotizim. Ключевые слова: Моллюски, зоология, экология, состаяние охраны, экосистема. Keywords: Mollusks, zoology, ecology, conservation status, ecosystem Qorinoyoqli mollyuskalar hayvonot dunyosining eng xilma-xil sinflaridan biri bo`lib, ular O`zbekistonda ham keng tarqalgan. Bu mollyuskalar suv havzalari, nam o`rmon hududlari, cho`l va tog` etaklari kabi turli biotoplarga moslashgan bo`lib, umumiy biologik xilma-xillikni saqlashda muhim rol o`ynaydi. Mamlakatimiz hududida cho`l, tog`, o`rmon, daryo va sho`rxok hududlar mavjudligi qorinoyoqli mollyuskalar yashash joylarining xilma-xilligiga sabab bo`ladi. Ular tuproq unumdorligini oshiradi, chunki chirigan o`simlik qoldiqlari bilan oziqlanib, ekotizmda organik moddalarning parchalanishiga hissa qo`shadi. Ozuqa zanjirining bir qismi bo`lib, qushlar sudralib yuruvchilar va sut emizuvchilar uchun ozuqa manbai hisoblanadi. Suv havzalari ekologik holatini baholash uchun indikator hisoblanadi, chunki ular suv ifloslanishiga sezgir. Turli qorin oyoqli mollyuskalarning chig`anoqlaridan sadaf olishda, xilma-xil ziynat buyumlar yasashda foydalanilsa, yana bir qator turlari esa chorva mollariga ekoparazit kasalliklarni tarqatishda oraliq xo`jayin vazifasini o`taydi. Shunga qaramay, O`zbekistonda bu sinfga oid turlar yetarlicha o`rganilmagan. 40 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon Volume 1, Issue 1, Series С 2025 O`zbekiston FA Zoologiya instituti tomonidan olib borilgan kuzatuvlar, ilmiy adabiyotlar va mavjud ma`lumotlar asosida O`zbekistonning turli hududlarida uchraydigan qorinoyoqli mollyuskalarning 100dan ortiq turi qayd etilgan. Ularni asosiy uchta ekologik guruhga ajratish mumkin: 1. Gidrofil (namsevar) mollyuskalar Ushbu guruh namlik yuqori hududlarda uchraydi: daryo va ko`llar atrofida, o`rmonzorlarda. Vakillari: Succinea putris, Oxyloma elegans.O`zbekistonning chuchuk suv havzalarida quyidagi turlar uchraydi. 2. Kserofil (qurg`oqchil hududlarga moslashgan) mollyuskalar Cho`l va dasht hududlarda uchraydi, suvga ehtiyoji kam. Qobiqlari qalin bo`lib, namlikni ushlab turish xususiyatiga ega. Vakillari: Eremina desertorum, Pupilla muscorum. 3. Mezofil (o`rtacha namlik talab qiluvchi) mollyuskalar Vakillari: Helicella striata, Zebrina detrita. 4. Antropofil (inson yashash joylariga moslashgan) mollyuskalar Qishloq xo`jalik yerlari, bog`lar, yashsh hududlarida uchraydi. Ayrim turlari xo`jalik ekinlariga zarar yetkazishi mumkin. Vakillari: Deroceras reticulatum, Arion vulgaris. Tarqalgan hududlariga ko`ra ularning ba`zi turlari quyidagilar: Chuchuk suv gastropodlari: Lymnaea stagnalis, Physa acuta, Planorbis planorbis 41 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon Volume 1, Issue 1, Series С 2025 Ushbu mollyuskalar asosan daryo, ko`l, buloq va sug`orish kanallarida uchraydi. Ular o`simliklar orasida yashaydi va filtratsiya orqali organik moddalardan oziqlanadi. Ba`zilari qishloq xo`jalik ekotizmlarida muhim ahamiyatga ega. Quruqlik gastropodlari: Helix lucorum, Brady fruticum, Eobania vermiculata Ular namlik darajasi yuqori bo`lgan bog`lar, o`rmonzorlarda va tog` etaklarida uchraydi. Tuproq unumdorligiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi, chunki organik qoldiqlarni parchalashda ishtirok etadi. Ayrim turlari qishloq xo`jaligiga zara yetkazishi mumkin. Sho`rlangan hududlarda yashovchi gastropodlar: Pseudamnicola, Hydrobia O`zbekistonning cho`l va yarim cho`l hududlarida, suv manbalari yaqinida uchraydi. Sho`r suvga moslashgan bo`lib, suv`o`tlar va organik qoldiqlardan oziqlanadi. Qorinoyoqli mollyuskalar anatomik jihatdan quyidagi asosiy tuzilmalarga ega: 1. Tashqi qobiq(karapaks): Ularning qob
Доказательный фрагмент
«Территория Узбекистана отличается биологическим разнообразием, и брюхоногие моллюски (класс Gastropoda) являются важной частью его экосистемы.»
Образец извлечения
Демо-превьюТерритория Узбекистана отличается биологическим разнообразием, и брюхоногие моллюски (класс Gastropoda) являются важной частью его экосистемы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mollusks, zoology, ecology, conservation status, ecosystem, zoologiya, ekotizim, Mollyuskalar, muhofaza holati, ekologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024