К содержанию
РецензированоRU2025

“ XADICHA SULAYMONOVA VA XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI: KECHA VA BUGUN”

Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd · Avazbekova Ruxshona

Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 1920-1930 · 2025

Аннотация

В данной статье анализируются права женщин и защита прав женщин в обществе, а также изучается деятельность Хадичи Сулаймановой в сфере защиты прав женщин в жизни правовых реформ 20 века, а также представлены важные аспекты этих реформ сегодня. 108 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Volume 1, Issue 2, Series B 2025 Ключевые слова: Хадича Сулайманова, права женщин, гендерное равенство, общество, государство, Узбекистан. Gender tengligi, xotin-qizlar huquqlari hamma vaqt eng muhokamalarga boy mavzu bo’lib kelgan, o’tkan asrdan tortib hozirgi 2025-yilga kelib ham bu mavzu o’z dolzarbligini yo’qotmagan. O’zbekiston gender tengligi ko’rsatkichi ro’yxatida 2019-yildan boshlab qatnashishni boshladi. 2019-yildagi statistik ma’lumotlarga ko’ra O’zbekiston gender tengligi ko’rsatkichi bo’yicha 189 mamlakat ichida 62-o’rinni egallagan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg’armasi ekspertlarining fikriga ko’ra, O’zbekistondagi har 100000 ayoldan 29 tasi gender tengsizlik tufayli vafot etishi qayd etilgan. Ushbu statistik ma’lumot huquqiy davlat hisoblangan O’zbekiston Respublikasi uchun yuqori hisoblanadi va mamlakatda xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash qanchalik dolzarb muammo ekanligini ochib beradi. O’zbekistonda ayollar huquqlari himoyasida muhim rol o’ynagan shaxslar sanoqlidir. Ulardan biri O’zbekiston huquqshunoslik sohasiga katta hissa qo’shgan ilk huquqshunos o’zbek olimasi, professor Xadicha Sulaymonovna Sulaymonova hisoblanadi. Uning yoshlik davri Turkiston o’lkasida oktabr inqilobining ro’y berishi, “Hujum” harakati natijasida ko’plab xotin-qizlarning o’z oila a’zolari tomonidan o’ldirilgan paytlarga to’g’ri kelgan. Shunday vaxshiylik qurbonlaridan birining qotili ustidan olib borilgan sud ishida qoralovchi sifatida Tojixon Shodiyeva qatnashadi. Ayni shu voqealarni ko’rgan yosh Xadicha kelajakda huquqshunoslik kasbini egallashni maqsad qilib qo’yadi. O’sha davrda ayollar huquqlari, gender tengligi kabi tushunchalarning yo’qligi kelajakda Xadicha Sulaymonovaning gender tengligi bo’yicha islohotlarni amalga oshirishiga turtki bo’lgan bo’lsa ajab emas. Xadicha Sulaymonova huquq sohasiga kirib kelisha bilan o’z oldiga huquqiy davlat qurish maqsadini qo’yadi. 1956-yilda O’zbekiston 109 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Volume 1, Issue 2, Series B 2025 SSRning Adliya vaziri lavozimiga tayinlangandan so’ng, uning huquqiy islohotlar davri boshlanadi. Uning islohotlarini to’rt yo’nalishga bo’lish mumkin. Ushbu islohot yo’nalishlaridan biri bevosita jamiyatda xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash va gender tengligiga erishish edi. O’tkan XX asrda mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlari, gender tengligi kabi tushunchalar deyarli bo’lmagan desak adashmaymiz. “Hujum” harakatlaridan so’ng esa bu yaqqol ko’zga tashlanib qoldi. O’zbekiston ayollari hayoti bilan tanishib, “O’zbekistonning yangi ayoli” nomli kitob yozgan amerikalik olima Marianna Kemp 1920-1930-yillarda Sovet hukumatining o’zbek ayollarini paranjidan chiqarish siyosatini tanqid ostiga oladi. “Paranjidan chiqarish siyosati, ya’ni hujumni amalga oshirgan o’zbeklarning ko’pi bu yo’l bilan ayollarni ozod qilamiz”, - deb ishongan. Shu bois Sovet hukumati ayollar paranji tashlasin deganda ular umryo’ldoshlarini shunday qilishga majbur qilganlar. Bunga qarshi oila a’zolar esa paranji tashlagan ayollarni o’ldirishga tushgan. Ular nazarida bu gunoh bo’lgan. Ko’plab xotin-qizlar hayoti ko’kka sovurilgan”,- deydi Marianna Kemp. Dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan inson huquqlari ya’ni shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy huquqlar muayyan mamlakat fuqarosining ajralmas huquqlari hisoblanadi. Biroq aynan XX asrning boshlarida mamlakatimizda xotin-qizlarning har bir insonning tabiiy huquqi hisoblangan yashash huquqi ham himoya ostiga olinmaganligini ko’rishimiz mumkin. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib siyosiy hayot jonlana boshladi va ayollarni davlat ishlarida ko’rish mumkin bo’ldi. Ushbu ayollardan biri Xadicha Sulaymonova edi. Ushbu davrda Xadicha Sulaymonova Oliy sud raisasi lavozimida faoliyat olib borar edi. Davlat ishida ishlash, islohotlar amalga oshirish bilan bir vaqtda u ko’plab xotin-qizlarning ta’lim olishini rag’batlantirib, ularning ilmiy faoliyatida ilmiy rahbar sifatida ko’mak beradi. Ular 110 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Volume 1, Issue 2, Series B 2025 orasida sobiq Adliya vazirlaridan biri Vosiqova Mamlakat Sobirovna uning birinchi aspiranti bo’ladi. Hozirgi kunga kelib O’zbekiston Respublikasi hukumati ayollar va qizlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash borasidan ulkan sa’y- harakatlarni amalga oshirgan. Ushbu harakatlar orqali sezilarli yutuqlarga erishilgan bo’lsa ham mamlakatning chekka qishloqlari va ba’zi shaharlarda ham xotin-qizlar uchun teng imkoniyatlar yaratish ko’p mehnatni talab qilmoqda. Yuqorida keltirgan statistik ma’lumotni yoda olsak unga ko’ra O’zbekiston Respublikasi gender tengligi ko’rsatkichlari bo

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируются права женщин и защита прав женщин в обществе, а также изучается деятельность Хадичи Сулаймановой в сфере защиты прав женщин в жизни правовых реформ 20 века, а также представлены важные ас…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируются права женщин и защита прав женщин в обществе, а также изучается деятельность Хадичи Сулаймановой в сфере защиты прав женщин в жизни правовых реформ 20 века, а также представлены важные ас… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Khadicha Sulaimanova, women's rights, gender equality, society, state, O’zbekiston, gender tengligi, davlat, jamiyat, Xadicha Sulaymonova, xotin-qizlar huquqlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники