К содержанию
РецензированоUZ2025

BREND YARATISH VA MARKETING STRATEGIYALARI – O’ZBEK BOZORIDA MUVAFFAQIYATLI BREND YARATISHNING ASOSIY TAMOYILLARI

Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd · YARATISHNING ASOSIY TAMOYILLARI · Obidova A’loxon Sherzodjon qizi

Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 2025

Аннотация

This article will analyze the principles of creating a successful brand and developing effective marketing strategies. The processes of brand identity, establishing an emotional connection with consumers and forming a competitive advantage are considered. Market entry strategies, methods for increasing customer loyalty, and the role of modern marketing tools are also discussed. It also highlights innovative approaches to increasing the value of a product or service and provides examples from global experience. Keywords: Brand, logo, advertising, content, client, entrepreneur, market. Bugungi raqamli davrda ijtimoiy tarmoqlar, marketing strategiyalari va biznes rivojlanishiga hissa qo’shuvchi turli xil yondashuvlar tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga ulkan ijobiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Samarali brend yaratish va uni targ’ib qilish esa har bir biznes uchun katta ahamiyatga ega bo’libgina qolmay, uning kelajagini belgilab ham beradi. Brend tushunchasi nima? Brend – bu bir sotuvchining mahsulot yoki xizmatini boshqa sotuvchilarnikidan ajratib turuvchi nom, atama, dizayn, belgi, tamg’a yoki boshqa xususiyat. Brendlar biznes, marketing va reklama qilishda mahsulotni bozorda tanitish va brend kapitalini qiymatini yaratish uchun xizmat qiladi. Brendni alohida ajratib turish va xaridorlarni ushlab qolish bilan mijozlari, aksiyadorlari va tadbirkorlar manfaatiga xizmat qiladi. Brend haqida izlanar ekanmiz, shaxsiy brend yaratish haqida ham biroz to’xtalib ketsam. Shaxsiy brend nafaqat mashhur shaxslar uchun, balki har qanday kasb egasi, hatto o’qituvchi yoki elektr ustasiga ham talabgir mutaxassis bo’lishda yordam beradi. Xalqaro marketing professori Fillip Kotler bu boradagi o’zining 87 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Volume 1, Issue 2, Series B 2025 qisqa va lo’nda fikri biznes olamida muhim ahamiyat kasb etadi: “Brend tushunchasi marketingdagi muhim tushunchadir. Brend bo’lmasangiz, mavjud emassiz. U holda siz kimsiz? Siz – oddiy tovarsiz.” Insonlar o’z rezyumelarini tuzgan kunlaridan boshlab, ular mehnat bozoridagi tovarga aylanadi. Munosib maosh to’lanadigan yaxshi ishni topish va talabgir bo’lish uchun nafaqat professional kabi rivojlanish, balki shaxsiy brend ustida ishlash ham talab etiladi. Misol uchun: Telegram uni Misha Ivanov emas, Pavel Durov yaratgani uchun, Apple bilan qandaydir Jon Tramp emas, Steve Jobs shug’ullangani uchun e’tibor berishdi. Mazkur mahsulotning muvaffaqiyati ularning yaratuvchilari bilan bevosita bog’liq. Eng muhimi esa shaxsiy brend ishonchni oshiradi. Brend yaratish bosqichlariga to’xtaladigan bo’lsam, ular asosan 6 ta bosqichdan iborat. Har biriga qisqacha yondashsak: • Bozor va iste’molchilarni tahlil qilish: bozorni tahlil qilish, ya’ni raqobatchilarning kuchli va zaif tomonlarini o’rganish. Maqsadli auditoriyani aniqlashda esa iste’molchilar ehtiyojlari, xulq-atvor va xususiyatlarini o’rganish lozim. • Brend strategiyasini ishlab chiqish: brendning asosiy maqsadi va tamoyillarini aniqlash, hamda pozitsiyalashdan iborat. • Nom va visual identifikatsiyasiyasini yaratish: oson esda qoladigan, jarangdor eshitiladigan, mahsulot mohiyatini aks ettiruvchi nom yaratish va brendning visual ko’rinishini shakllantirish. • Brendni huquqiy himoya qilish: brend nomi va logotipini qonuniy himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarda ro’yxatdan o’tkazish. • Marketing kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqish: ijtimoiy tarmoqlarda brendni reklama qilish. 88 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Volume 1, Issue 2, Series B 2025 • Brendni joriy etish va monitoring qilish: tayyorlangan strategiya asosida brendni iste’molchilarga taqdim etish va bozor faoliyatini kuzatib, tahlil qilib borish. Brend faqatgina mahsulot yoki xizmat emas, balki mijozlar ongida shakllangan tajriba va hissiyotlar majmuidir. Iste’molchilar brend tanlash jarayonida o’z qadriyatlari, o’z ehtiyojlari va hissiy bog’liqliklariga asoslanadi. Shuning uchun brend yaratishda mijozlar psixologiyasi bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq. Brend tanlashda rang va dizaynga ahamiyat berish lozim, sababi ranglar odam ongiga turlicha ta’sir qiladi va o’zgacha hissiyotlar uyg’otadi. Misol uchun: qizil – tezkorlik, energiya va shijoatni ifodalaydi. Misol uchun: Coca-Cola, KFC kabi brendlar bu rangdan foydalanadi. Ko’k – ishonch, barqarorlik va professionallik ramzi. Samsung, Facebook va Payme kabi kompaniyalarning tanlovi hisoblanadi. Oltin va qora – hashamat va yuqori sifat belgisi. Rolex, Lamborghini kabi premium brendlar shu ranglarni tanlaydi. (2) Agar brend imidji munosib tanlangan bo’lsa, bu mijozlarda ijobiy taasurot qoldiradi va ularning ishonch va sadoqatini qozonadi. Misol uchun: Nike – sport kiyimi bo’lish bilan birga, g’alaba va qat’iyat ramzi hamdir. Uning “Just Do It” shiori odamlarni harakat qilishga ilhomlantiradi. (3). Apple – innovatsiya va kreativlik ramzi. Kompaniya o’z mahsulotlarini “mukammal dizayn va intellektual soddalik” tamoyili asosida

Доказательный фрагмент

«This article will analyze the principles of creating a successful brand and developing effective marketing strategies.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article will analyze the principles of creating a successful brand and developing effective marketing strategies. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Brand, logo, advertising, content, client, entrepreneur, market, mijoz, reklama, bozor., tadbirkor, brend, kontent, logotip
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники