К содержанию
РецензированоRU2025

TEMPERAMENT TURLARI VA UNI O‘RGANISH METODIKASI

Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd · Scientific Horizon

Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 2025

Аннотация

В данной статье подробно рассматривается понятие темперамента, его виды и методы изучения в психологии. Анализируется влияние темперамента на жизнь человека, его обучение, профессиональные успехи и социальные взаимоотношения. Исследование основано на педагогических и психологических трудах, а также на современных научных источниках и интернет-ресурсах. Annotation: This article provides a detailed discussion of the concept of temperament, its types, and methods of study in psychology. It analyzes the influence of temperament on a person’s life, learning process, professional success, and social interactions. The research is based on pedagogical and psychological studies, as well as modern scientific sources and online resources. Kalit so‘zlar: Temperament, xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik, psixologik metodlar, individual xususiyatlar. Ключевые слова: Темперамент, холерик, сангвиник, флегматик, меланхолик, психологические методы, индивидуальные особенности. Keywords: Temperament, choleric, sanguine, phlegmatic, melancholic, psychological methods, individual characteristics. 10 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon Volume 1, Issue 2, Series B 2025 Har bir inson o‘ziga xos xatti-harakatlari, hissiy reaktsiyalari va ruhiy kechinmalariga ega. Bu jihatlar temperament bilan bog‘liq bo‘lib, shaxsning tug‘ma individual xususiyatlarini belgilaydi. Psixologiya fani temperamentni insonning hayotiy faoliyatiga, o‘qishiga, kasbiy muvaffaqiyatiga va ijtimoiy munosabatlariga ta’sir qiluvchi muhim omil sifatida o‘rganadi. Temperament tushunchasi qadimgi yunon faylasuflari Gippokrat va Galen tomonidan shakllantirilgan bo‘lib, zamonaviy psixologiya va nevrologiya tomonidan ham chuqur o‘rganilgan. Gippokrat temperamentni organizmdagi to‘rtta asosiy suyuqlik (qon, limfa, sariq safro, qora safro) nisbatiga bog‘liq deb hisoblagan. Galen esa bu tushunchani tizimlashtirib, temperament turlarini aniqroq ajratib bergan. Bugungi kunda temperament asosan biologik, genetik va nevrofiziologik jihatdan o‘rganiladi. Temperamentni o‘rganish inson psixologiyasini chuqurroq tushunish va unga mos yondashish imkonini beradi. Ushbu maqolada temperament turlari, ularning xususiyatlari va o‘rganish metodlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Xo’sh, temperament tushunchasiga to’xtaladigan bo’lsak, bu shaxsning tug‘ma psixologik xususiyatlari majmui bo‘lib, asosan nerv tizimining faoliyati bilan bog‘liq. Uning asosiy belgilari: hissiyotlar barqarorligi yoki o‘zgaruvchanligi, faollik darajasi, moslashuvchanlik va tashqi ta’sirlarga bo‘lgan sezgirlikdan iboratdir. Zamonaviy psixologlar, jumladan, I.P. Pavlov temperamentni nerv tizimining kuchi, harakatchanligi va muvozanatliligiga bog‘liq deb hisoblaydi. Demak, temperament turlari borasida gaplshar ekanmiz, xolerik uning asosiy turlaridandir. Xolerik temperamentga ega odamlar juda harakatchan, tezkor va hissiyotga boy bo‘ladilar. Ular juda kuchli emotsiyalarga ega bo‘lib, o‘z his-tuyg‘ularini tez namoyon etadilar. Bunday insonlar tez jahli chiqishi mumkin, lekin shu bilan birga 11 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon Volume 1, Issue 2, Series B 2025 ijodiy va yetakchilik qobiliyatlariga ega bo‘ladilar. Mashhur xolerik shaxslarga odatda, Aleksandr Makedonskiy, Napoleon Bonapartni keltirish mumkin. Ikkinchi turi esa Sangvinik temperamenti ya’ni bu quvnoq, faol va ijtimoiy inson. Ular muloqotga kirishuvchan, yangi sharoitga tez moslasha oladi. Ularning his-tuyg‘ulari doimiy emas, kayfiyat tez o‘zgarishi mumkin. Ish faoliyatida samarali va tashabbuskor bo‘ladilar. Ushbu tur egalariga esa mashhurlardan Jim Kerri,Vinsent Van Gog yaxshi namuna bo’la oladi. Uchinchisi Flegmatik odamlar sokin, muvozanatli va sabrli bo‘ladilar. Ular har qanday vaziyatda o‘zlarini nazorat qilishadi, his-tuyg‘ularini tashqariga chiqarmaydilar. Ishda barqarorlik va tartibga katta e’tibor qaratadilar. Xususan, Albert Eynshteyn, Lev Tolstoy bu turning yaqqol misoli. Va albatta, oxirgisi Melanxolik. Melanxolik odamlar nozik tabiatli, sezgir va ichki dunyosi boy bo‘ladi. Ular tashvishlanishga moyil, kamgap va xayolparast bo‘lishadi. Stressli vaziyatlarga chidamliligi past bo‘lishi mumkin. Temperamentni o‘rganish uchun psixologiyada turli metodlar bor. Qisqacha aytganda, bu usullar odamning fe’l-atvori, harakatlari va hissiyotlarini o‘rganib, uning qaysi temperamentga mansub ekanini aniqlashga yordam beradi. Mana eng asosiylari:. Kuzatish, ekisperamental, testlar, suhbat, savollar va biografik metodlar orqali o’rganish mumkin Kuzatish-voqelikdagi narsa va hodisalarni rejali, uzluksiz, mukammal idrok qilish; voqelikni hissiy bilish uslubi. U hissiy bilishning omillari, xususiyatlari, qonuniyatlari toʻgʻrisida dastlabki tasavvurlar hosil qilishga qaratilgan inson faoliyati shaklidir. Kuzatishning qay darajada boʻlishi qoʻyilgan maqsadning aniqligiga, kuzatilayotgan narsa va voqealar haqida oldindan bilimga ega boʻlishga, 12 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon Volume 1, Issue 2, Ser

Доказательный фрагмент

«В данной статье подробно рассматривается понятие темперамента, его виды и методы изучения в психологии.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье подробно рассматривается понятие темперамента, его виды и методы изучения в психологии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Temperament, choleric, sanguine, phlegmatic, melancholic, flegmatik, individual xususiyatlar, psixologik metodlar, melanxolik, sangvinik, xolerik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники