Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“YASHIL IQTISODIYOT”NING O‘ZBEKISTON UCHUN DOLZARBLIGI
Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 2025
Аннотация
This research is about formation of green economy in Uzbekistan and dedicated to the study of foreign experience in development. In this article, the formation of the "Green economy" concept, stages of development, "green the necessity, factors, principles and indicators of the transition to "economy" were analyzed. Financing of the process of transition to the "green economy" in Uzbekistan, the purpose, tasks, development stages and priorities of the strategy of transition to the "green economy" are described. Key words: green economy, economic development, strategy, renewable energy sources, ecological technologies, innovations. “Yashil iqtisodiyot” – bu atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan iqtisodiy model. Bu o‘tish nafaqat ekologik masalalrni hal qilish, balki iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini ham yaxshilashga qaratilgan. “Yashil iqtisodiyot” (sustainable or green economy) hozirgi zamonning eng muhim iqtisodiy modellari qatorida bo‘lib, u atrof-muhitni himoya qilish, tabiiy resurslarni samarali boshqarish va iqtisodiy o‘sishni ekologik xavfsiz yo‘llar bilan ta’minlashga qaratilgan. Bugungi kunda O‘zbekiston uchun “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish dolzarb masalalardan biridir, chunki mamlakat tabiiy resurslarga boy bo‘lishiga qaramay, barqaror rivojlanish uchun bir qator muammolarga duch kelmoqda. “Yashil iqtisodiyot bo‘yicha chet ellik olimlar bir qancha izlanishlar olib brogan va ushbu konsepsiya jahon miqyosida keng tadqiq etilgan mavzulardan biri hisoblanadi. Quyida bir nechta izlanishlar va olimlar fikrlarini ko‘rib chiqamiz: 47 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Volume 1, Issue 2, Series B 2025 1. Nicholas Stern Britaniyalik iqtisodchi va olim “stern Review on the Economics of Climate Change” (2006) deb nomlangan hisobotni tayyorlagan. Ushbu tadqiqotda u global iqlim o‘zgarishining iqtisodiy jihatlarini tahlil qilgan. Shuningdek, u o‘z tadqiqotida “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni tezlashtirish zarurligini va buni kechiktirish esa qimmatga tushishi haqida yozgan. 2. Robert Costanza ekologik iqtisodiyot sohasida yetakchi olimlardan biridir. U “Ekologik iqtisodiyot” atamasini ommalashishida muhim rol o‘ynagan. Bundan tashqari, tabiat xizmatlari, ya’ni ekotizimlarning iqtisodiy qiymatini o‘lchashga ham katta e’tibor qaratgan. Uning tadqiqotlari yashil iqtisodiyot konsepsiyasining asosiy nazariy manbalaridan biri hisoblanadi. 3. Herman Daly ekologik iqtisodiyot asoschilardan biri bo‘lib, “Barqaror rivojlanish” va “Statik iqtisodiyot” tushunchalarini kiritgan. Herman Daly, iqtisodiy o‘sishni cheksiz davom ettirish mumkin emasligini, resurslar cheklanganligini va iqtisodiyot ekologiy qonunlariga rioya qilish kerakligini ta’kidlaydi. Uning ishlari “yashil iqtisodiyot” nazariyasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. 4. Tim Jackson “Prosperity Without Growth” (O‘sishsiz farovonlik) asari orqali tanilgan. U “yashil iqtisodiyot”ni ekologik va inson farovonligi bilan bog’liq o‘zgarishlar orqali amalga oshirish mumkinligini ta’kidlaydi. 5. Amory Lovins qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligi bo‘yicha tadqiqotlari bilan mashhur. U “Rethinking energy” va “Natural Capitalism” kitoblari orqali “yashil iqtisodiyot”ni ilgari surgan. Lovinsning asosiy g’oyasi shundaki, barqaror iqtisodiyotga o‘tish orqali mamlakat nafaqat ekologik zararlarni kamaytiradi, balki iqtisodiy jihatdan ham foyda oladi. 6. Paul Hawken “Natural Capitalism: Creating the Next Industrial Revolution” (Tabiiy Kapitalizm: Keyingi Sanoat Inqilobi) kitobi orqali “yashil iqtisodiyot”ga hissa qo‘shgan. U sanoat va ishlab chiqarish jarayonlarini ekologik jihatdan barqaror qilgan holda iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkinligini 48 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Volume 1, Issue 2, Series B 2025 ta’kidlaydi. Bu olimlarning izlanishlari “yashil iqtisodiyot”ning nazariy va amaliy jihatlarini keng qamrab oladi va ushbu sohada keying tadqiqotlar uchun muhim asos yaratdi. METODOLOGIYA O‘zbekiston uchun “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish hozirgi va kelajakdagi barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish nuqtai nazaridan juda dolzarbdir. “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishimizning quyidagi muhim omillarga bog’liq: 1. Iqlim o‘zgarishi va ekologik muammolar. O‘zbekiston mintaqasidagi qurg’oqchilik, suv resurslarining yetishmovchiligi, Orol dengizining qurishi kabi ekologik muammolar mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. “yashil iqtisodiyot” iqlim iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan strategiyalarni qo‘llab quvvatlaydi. Masalan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va suvni tejash texnologiyalarini joriy etish. Global iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Nicholas Stern “Stern review on the Economics of Climate change” (2006) deb nomlangan hisobotni tayyorlagan. Bu hisobotda iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini tahlil qilgan. 2. Energiya manbalariga bog’liqlikni kamaytirish. Yurtimizn
Доказательный фрагмент
«This research is about formation of green economy in Uzbekistan and dedicated to the study of foreign experience in development.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis research is about formation of green economy in Uzbekistan and dedicated to the study of foreign experience in development. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- green economy, economic development, strategy, renewable, strategiya, yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, iqtisodiyotni rivojlantirish, qayta tiklanadigan energiya manbalari, ekologik texnologiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияШарипов Миржалол2025