Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA SO‘Z BIRIKMALARINI O‘QITISH METODLARI
Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd · Scientific Horizon · BIRIKMALARINI O‘QITISH METODLARI · Baxridinova Nigora Baxtiyor qizi
Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 2025
Аннотация
In this article, in the section syntax of linguistics, methods of teaching vocabulary based on national values and its practical application are considered, its analysis and results are discussed. The application of the methods ”tərifdan Top“,”hashar“,”uzbekona izlanılan“, ”Valiyatlı juarlarlar" is shown and a conclusion is given on the results and effectiveness. Keywords: Syntax, vocabulary, adaptation, management, conjugation, sentence, possessive agreement, suffixes of agreement, tone, meaning, generality, “Hashar", “valuable pairs", “Uzbek search", “find by definition". Mаmlаkаtimiz tа’lim tizimining me’yoriy hujjаtlаridа tаrbiyа mаqsаdi O‘zbekiston uchun vаtаnpаrvаr, ozodlik, demokrаtiyа, insoniylik, аdolаtni yuqori qo‘yuvchi, milliy vа umuminsoniy qаdriyаtlаrni hurmаt qiluvchi, o‘z qiziqishlаrini dаvlаt, jаmiyаt, boshqа odаmlаr qiziqishlаri bilаn uyg‘unlаshtiruvchi, oʻz milliy tаrixini, tilini e’zozlovchi shаxsni shаkllаntirishdir deb belgilаngаn[1.119]. Har bir millat va elatning tarixini , madaniyatini, qadriyat va dunyoqarashini oʻzida mujassam etuvchi oinayi jahon bu tildir. Tilni oʻrganish faqat lingvistik tomonlama boʻlmay, milliy anʼana va qadriyatlar, milliy madaniyatni singdirish orqali boyitilishi lozimdir. Xususan, soʻz birikmalarini oʻrgatishda milliy qadriyatlarga tayangan holda oʻqitish, nafaqat, til oʻqitish samadorligini oshirib qolmay, balki, yoshlarimizning tilga boʻlgan hurmatini oshiradi,ularning milliy ongini yuksaltiradi. Tilshunoslik sohasida soʻz birikmalari boʻyicha keng tadqiqotlar olib borilgan boʻlsa-da, ularni oʻqitish jarayonida milliy qadriyatlarga tayanib oʻrgatish asoslari hali yetarlicha yoritilmagan. Soʻz birikmalarini oʻqitishda milliy qadriyatlar muhim rol oʻynaydi, chunki ular nafaqat til oʻrganishni, balki milliy madaniyatni va an’analarga boʻlgan hurmatni ham rivojlantiradi. Madaniyat milliy xarakterga ega ekan, uning tildagi ifodasi ham milliylik belgisiga ega boʻladi[2.210]. Milliy qadriyatlar soʻz birikmalariga oʻziga xos mazmun, rang-baranglik va madaniy 79 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon Volume 1, Issue 1, Series A 2025 xususiyatlar qoʻshadi. Misol uchun, oʻzbek tilidagi an’anaviy soʻz birikmalari, masalan, “yurakdan soʻzlash”, “oshni yegandan soʻng gapirish”, “koʻzni ochish” kabi iboralar, milliy qadriyatlarni ifodalaydi va oʻquvchilarga oʻz millatining til va madaniyati haqida chuqurroq tushuncha beradi. Bundan tashqari, milliy qadriyatlarni inobatga olgan holda soʻz birikmalarini oʻqitish, oʻquvchilarda tilning boyligi va uning zamonaviy hayotdagi roli haqida ham yaxshiroq tasavvur uygʻotadi. Bu jarayon nafaqat tilni oʻrganish, balki milliy ma’naviyatni, tarixni va xalqning koʻpgina qadriyatlarini mustahkamlashga yordam beradi. ADABIYOTLAR SHARHI VA TADQIQOT METODLARI Ushbu maqolamizni yoritib berishda Q.Xudoyberganovning “Oʻzbek tili: nazariy va amaliy asoslar” nomli kitobidan foydalandik.Bu asar oʻzbek tilining grammatikasi va soʻz birikmalarining shakllanishi, ularning til tizimidagi oʻrni haqida batafsil ma’lumot beradi. Muallif soʻz birikmalarini oʻqitishda milliy xususiyatlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlaydi. Shuningdek, milliy qadriyatlarning tilni shakllantirishdagi ahamiyatini yoritadi. Keyingi kitob “Oʻzbek xalqining til va madaniyati” nomli M.Ergashev muallifligidagi adabiyot hisoblanadi.Kitobda oʻzbek xalqining tili, adabiyoti va madaniyati oʻrtasidagi bogʻlanishlar koʻrib chiqiladi. Soʻz birikmalarining madaniy va tarixiy ildizlarini, shuningdek, milliy qadriyatlarni til orqali oʻzlashtirish usullarini tahlil qiladi. Bu asar milliy qadriyatlarning til oʻrgatishdagi oʻrnini ko’rsatadi. S.Rasulovning “Til va madaniyat” nomli kitobi ham maqoladagi kerakli oʻrinlarni yoritishda katta yordam beradi.”Milliy qadriyatlar va tilning oʻziga xosligi” nomli kitobda S. Rahimov milliy qadriyatlarning oʻzbek tiliga va soʻz birikmalariga qanday taʼsir koʻrsatgani haqida muhim fikrlar bergan. M.Mirzayevga tegishli “Oʻzbek tilida soʻz birikmalari va ularning oʻqitilishi” nomli asarida soʻz birikmalarini oʻqitish metodikasini tavsiflab, milliy qadriyatlar va ularning tildagi ifodasini taʼkidlaydi. 80 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon Volume 1, Issue 1, Series A 2025 Undan tashqari Oʻ.J Yoʻldoshev tahriri ostidagi “ Umumiy pedagogika” oʻquv qoʻllanmasidan , “Til va adabiyot masalalari” ilmiy maqolalar toʻplamidan foydalanilgan. Tadqiqot metodlari. “Hashar” metodi. Ushbu metod quyidagicha boradi: Oʻquvchilarga bugun maktab bogʻida hashar ekanligi aytiladi. Faqat hasharga mehnat qurollari bilan emas, bilim va aql bilan kelishlari soʻraladi. Maktab bogʻidagi mevali daraxtlar barglari kuz yaqinlashib qolgani sababli yerni qoplab, juda ham koʻp toʻkilib ketgan boʻladi. Doskaga bir necha daraxtlar chiziladi va atroflariga soʻz birikmasiga oid savollar yozilgan barg shaklidagi sticker-yopishqoq qogʻozlar yopishtirib qoʻyiladi. Oʻquvchilar oʻz bilim va salohiyatlarini ishga solgan holda , barglardagi savollarga javob berib
Доказательный фрагмент
«In this article, in the section syntax of linguistics, methods of teaching vocabulary based on national values and its practical application are considered, its analysis and results are discussed.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, in the section syntax of linguistics, methods of teaching vocabulary based on national values and its practical application are considered, its analysis and results are discussed. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Syntax, vocabulary, adaptation, management, conjugation, kelishik qo‘shimchalari, sintaksis, “Qadriyatli juftliklar”, so‘z birikmasi, boshqaruv, “Ta’rifdan top”., egalik, gap, ohang, bitishuv, qaratqich kelishigi, jamoaviylik, “Hashar”, moslashuv, “Oʻzbekona izlanish”, qadriyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025