К содержанию
РецензированоRU2025

PLASTIK CHIQINDILARNI PARCHALAYDIGAN MIKROORGANIZMLAR

Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd · Scientific Horizon · PLASTIK CHIQINDILARNI PARCHALAYDIGAN · Jo‘rayeva Marvarida Ziyodullayevna

Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 2025

Аннотация

Пластиковые отходы являются одной из самых острых экологических проблем сегодня. Поскольку они разлагаются очень долго, они наносят вред окружающей среде. В таких условиях важным направлением стало изучение и практическое применение микроорганизмов, способных биологически разлагать пластиковые материалы. В статье представлена общая информация о микроорганизмах, способных разлагать пластиковые отходы, и анализируется их значение. Аnnotаtion: Plastic waste is one of the most pressing environmental problems today. Due to their extremely long decomposition time, they cause harm to the environment. In such circumstances, the study and implementation of microorganisms that can biologically decompose plastic materials has become an important direction. This article provides general information about microorganisms that can decompose plastic waste and analyzes their importance. 34 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon Volume 1, Issue 1, 2025 Kalit so‘zlar: Plastik chiqindilar, bioparchalash, mikroorganizmlar, Ideonella sakaiensis, ekologik muammo, zamburug‘lar, gen muhandisligi, bioplastik, polimerlar, fermentlar. Ключевые слова: Пластиковые отходы, биодеградация, микроорганизмы, Ideonella sakaiensis, экологическая проблема, грибы, генная инженерия, биопластик, полимеры, ферменты. Keywords: Plastic waste, biodegradation, microorganisms, Ideonella sakaiensis, environmental problem, fungi, genetic engineering, bioplastic, polymers, enzymes. Plastik materiallar past narx va uzoq muddatli foydalanish imkoniyati tufayli sanoat va kundalik hayotda keng qo‘llaniladi. Ammo bu materiallar tabiiy sharoitda juda sekin parchalanadi. Natijada, millionlab tonna plastik chiqindilar tuproq, suv havzalari va okeanlarni ifloslamoqda. Bu esa ekotizimga va organizmlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Plastikni parchalaydigan mikroorganizmlar bugungi kunda muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bioparchalash plastikni ekologik xavfsiz usulda qayta ishlashning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Parchalash jarayonida bakteriyalar, zamburug‘lar va boshqa mikroorganizmlar ishtirok etadi. Quyida ushbu mikroorganizmlarning ba’zilari keltiriladi: Xususan, bakteriyalar - Ideonella sakaiensis bakteriyasi PET (polietilentereftalat) materiallarini fermentativ parchalay olishi aniqlangan. U plastikni ozuqa manbai sifatida ishlatadi. Zamburug‘lar - Aspergillus niger va Penicillium simplicissimum kabi zamburug‘lar plastik materiallarni fermentlar yordamida qayta ishlashga qodir. Aktinomitsetlar - bu mikroorganizmlar kuchli fermentativ faollikka ega bo‘lib, polietilen kabi materiallarni parchalaydi. Ilmiy izlanishlar va kelajak istiqbollari Hozirgi vaqtda plastik chiqindilarni parchalaydigan mikroorganizmlarni aniqlash va ularni sanoat miqyosida qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Gen muhandisligi yordamida mikroorganizmlarning fermentativ faoliyatini kuchaytirish ustida 35 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon Volume 1, Issue 1, 2025 ishlanmoqda. Shuningdek, mikroorganizmlar asosida bioplastik ishlab chiqarish texnologiyalari rivojlanmoqda. Olimlar 5 yil avval Yaponiyadagi plastik chiqindilarni qayta ishlash zavodi hududidagi tuproqdan olingan namunalarda mikroblarning yangi turini kashf qilishdi – ular plastik bilan oziqlanar ekan. Hozirda bunday mikroorganizmlarning yashash makoni tobora kengayib boryapti. Mikroblar o‘zidan chiqaradigan fermentlar yordamida plastikni chiritishga qodir. Olimlar okeanlar, dengizlar va quruqlikdagi bunday mikroblar DNKsini fermentlar xossasini o‘rganish uchun tadqiq qildilar. O‘rganishlar natijasida 10 turdagi plastikni yemira oladigan 30 mingga yaqin ana shunday fermentlar borligi aniqlandi. Olingan namunalar bunday fermentlar mavjudligi, zichligi va miqdori quruqlik yoki suv havzasining qanchalik zararlanganligiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. O‘rta yer dengizi va Tinch okeanining janubiy sohillarida bunday fermentlar ko‘pligi aniqlangan, chunki aynan shu hududlarda plastik chiqindilar ko‘lami juda katta. Biroq olimlar faqatgina bioorganizmlarga tayanib qolmaslik zarurligini ta’kidlashmoqda. 2018-yilda amerikalik tadqiqotchilar plastmassani 20 foizga ko‘proq va tezroq chiritib yuboradigan sun’iy fermentni ixtiro qilishgandi. Oradan ikki yil o‘tib, ular fermentni yanada kuchaytira olishdi – endilikda bu sun’iy organizmlarning foydalilik koeffitsiyenti 6 baravarga ko‘proq, ya’ni ular plastik chiqindilarni avvalgidan tezroq «yeb qo‘yishadi». Shri-Lankadagi Kelaniya universiteti olimlari kesilgan daraxtlarni yo‘q qiladigan qo‘ziqorinlardan plastik chiqindilarga qarshi kurashda foydalanish mumkinligini aniqladi. Tadqiqot natijalari PLOS One jurnalida chop etildi. Ushbu mikroorganizm yog‘ochga qattiqlik beradigan juda bardoshli organik polimer bo‘lgan ligninni parchalash uchun fermentlarni ishga soladi. Tadqiqot uchun olimlar 36 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon Volume 1, Issue 1, 2025 chirigan qattiq daraxtlardan 50 ta qo‘ziqorin namunalarini ajratib olishdi. K

Доказательный фрагмент

«Пластиковые отходы являются одной из самых острых экологических проблем сегодня.»

Образец извлечения

Демо-превью

Пластиковые отходы являются одной из самых острых экологических проблем сегодня. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Plastic waste, biodegradation, microorganisms, Ideonella sakaiensis, fermentlar, ekologik muammo, mikroorganizmlar, bioparchalash, zamburug‘lar, bioplastik, gen muhandisligi, polimerlar, Plastik chiqindilar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники