К содержанию
РецензированоRU2025

KOREYS TILIDAGI SO’ZLARNING ETIMOLOGIYASI VA ULARNING XALQ TABIATIGA BOG’LIQLIGI

Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd · Scientific Horizon · KOREYS TILIDAGI SO’ZLARNING · Ubaydullayeva Dilnavoz Shuhrat qizi

Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 2025

Аннотация

Данная статья посвящена изучению этимологии слов корейского языка и связи языка корейского народа с его отношением к природе. Также в статье рассматривается, как отношение корейского народа к природе отражается в их языке. Annotation:This article explores the etymology of Korean words and the relationship between the language of the Korean people and their relationship to nature. The article also examines how Korean people's attitude to nature is reflected in their language. Kalit so’zlar: Hangul(한글), Han(한),Jeong(정), Koryo(고려), Sijo(시조) Ключевыеслова:Хангыл(한글), Хан(한),Чон(정),Корё(고려), Сиджо(시조) 49 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon Volume 1, Issue 1, Series A 2025 Keywords:Hangul(한글), Han(한), Jeong(정), Koryo(고려), Sijo(시조) Koreys tili – koreyslar so’zlashuvda foydalanadigan tildir. Bu til Oltoy tillariga baʼzan esa toʻngus-manjur tillariga kiradi, degan taxminlar bor. KXDR (ShimoliyKoreya) hamda Janubiy Koreyaning rasmiy tili. Bu tilda 66.3 mln. Kishi soʻzlashadi. Uning genetic jihatdan boshqa tillar bilan bogʻliqligi aniqlanmagan. Koreys tilining shimoli-sharqiy, shimoli-gʻarbiy, markaziy, janubi-sharqiy, shimoliy va janubiy shevalari bor. Koreys tilida 40 fonema mavjud.Ulardan 19tasi undosh va 21tasi unli. Feʼl zamonlari hozirgi, 2 ta oʻtgan va 2 ta kelasi zamon shakllaridan iborat. Sonlar birlik va ko’plikka farqlanmaydi. Leksikasi va lug’atida xitoy tilidan, moʻgʻul, sanskrit, va baʼzi Yevropa tillaridan oʻzlashgan soʻzlar bor. Koreys tili 1993-yilgacha „standart til“, 1966-yilda „madaniy til“ degan nom olgan. Bu tilning 2 turi ham KXDR hamda Koreya Respublikasida qoʻllanib kelinadi. KXDRda koreys yozuvi, Koreya Respublikasida xitoy-koreys aralash yozuvi qoʻllanadi. Koreyslarda o’z yozuvlari yaratilmaguniga qadar ular boshqa ba’zi bir Markaziy Osiyo davlatlari singari xitoyliklarning “Hanja” hamda “Hanzi” yozuvlaridan foydalanishgan. Ammo bu davrda Xitoy tilida yozib Koreys tilida o’qish qiyin edi. Bundan tashqari Xitoy tilida iyerogliflar ko’pligi sababli ko’pchilik oddiy aholi uni o’rgana olishmagan. Keyinchalik, 1443-yilda qirol Sejong tomonidan alifbo “Hangul” (한글) tuziladi. Asosiy sababi: Oddiy xalq ham ilmli bo’lishi, o’qish va yozishni oson o’rganishi uchun koreys alifbosi yaratilgan. 50 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon Volume 1, Issue 1, Series A 2025 Bu Koreys tili rivoji uchun juda katta qadam bo’ldi. 1446- 훈민정음 (Hunminjeongim) deya nom berilgan. 1997-yilda YUNESCO jahon milliy merosi sifatida tan olindi. Yuqorida aytib o’tilganidek, koreys alifbosi 19ta undosh va 21ta unlidan iborat. Qirol Sejong tuzgan vaqtlarda esa unda 28ta harf mavjud bo’lgan. Biroq keyinchalik undagi xato va kamchiliklar o’rganilib ba’zi harflar olib tashlangan ba’zilari esa qo’shilgan. Koreys tilidagi barcha harflar uchta belgi asosida yaratilgan. Bular: osmon(하늘)[●], odam(사람)[ㅣ], yer(땅)[ㅡ]. Har yili 9- oktabrda Koreyada Koreys alifbosi kuni keng miqyosda nishonlanadi. Koreys tilining evolyutsiyasi haqida gapiradigan bo’lsak, tarixiy davrlarda asosiy ikki bosqichni: “Old Korean”(Qadimgi Koreys tili) hamda “Middle Korean”(O’rta davr Koreys tili) ni o’z ichiga oladi. Old Korean, ya’ni qadimgi davr – Miloddan avvalgi 1-ming yillikdan to milodiy 10-11-asrlargacha davom etgan. Bu davrda ko’pchilik Koreyadagi qabilalar turli xil tillarda gaplashishgan bo’lsa-da, bu davr tilini deyarli hamma tushunishgan. Bu davrdagi tilda undoshlar unlilarga qaraganda ancha ko’proq bo’lgan. Xitoy yozuvi “Hanja” Koreyaga miloddan avvalgi 4-3-asrlarda kirib kelgan. Bu yozuv dastlab Koreyada faqatgina yozma til sifatida xizmat qilgan, ammo u juda ham murakkab va qiyin bo’lib, o’rganish uchun juda ham ko’p bilim talab qilingan. Qadimgi koreyslar ideogrammalardan foydalanishgan. Bu davrdagi yozma manbalar “SamgukSagi”(Uchqirolliktarixi) – unda Koreys tili haqida xitoy yozuvi asosida yozilgan. “SamgukYusa”(Uch qirolliklarning yodgorliklari) – u ham xitoycha yozuvda yozilgan. U koreys tarixiy voqealari va afsonalarini o’z ichiga oladi. Xitoy tilining ta’siri baribir Koreys tilida qolib ketgan. Masalan, ko’pchilik so’zlar ham haligacha ishlatiladi. Bu so’zlar Xitoy tilidan olingan bo’lib, lekin Koreyaning o’ziga xos talaffuzi va grammatikasi bilan uyg’unlashgan. Bu so’zlar ko’pincha ikki yoki uch bo’lakdan tashkil topgan. Misol uchun: 51 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon Volume 1, Issue 1, Series A 2025 Koreyscha: hak (학) - "ilm", Xitoycha: 學 (xué) Koreyscha: gwon (권) - "boshqaruv", Xitoycha: 權 (quán) Bu so‘zlar Xitoydan kelgan bo‘lsa-da, ular Koreyaning o‘z tilida talaffuz qilinadi va grammatik jihatdan Koreys tiliga moslashtirilgan. Raqamlar borasida koreyslar ham Xitoyliklarnikini keng qo’llashadi. Xususan: Rasmiy raqamlar: Xitoycha sonlar, masalan, telefon raqamlari, yillar, sanalar va boshqalarda ishlatiladi. Misol uchun, "1999-yil" deyilganda Xitoycha sonlar ishlatiladi. Sanalar va vaqt: Xitoycha sonlar vaqtni ko‘rsatishda ham ishlatiladi, masalan, soatni aytishda yoki sanani aytishda is

Доказательный фрагмент

«Данная статья посвящена изучению этимологии слов корейского языка и связи языка корейского народа с его отношением к природе.»

Образец извлечения

Демо-превью

Данная статья посвящена изучению этимологии слов корейского языка и связи языка корейского народа с его отношением к природе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Hangul(한글), Han(한), Jeong(정), Koryo(고려), Sijo(시조)
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники