К содержанию
РецензированоUZ2026

ABDULLA QODIRIYNING SATIRIK VA YUMORISTIK RUHDAGI KICHIK ASARLARI TAHLILI

KICHIK ASARLARI TAHLILI · Samatov Javohir Abdiochil o‘g‘li

Interpretation and researches · 2 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Abdulla Qodiriy asarlarining naqadar serqirra va rangbarangligi, xususan, uning satirik va yumoristik ruhdagi kichik asarlari tahlili qilinadi. Kalit so’zlar. Muxbir, isrof, ro’za, xatm, zakot. So‘z insonning eng kuchli quroli. Insondagi hech bir narsa so‘zchalik kuchli ta`sir kuchiga ega emas. So‘z bo‘lganda ham har qanday so‘z emas, balki badiiy, adabiy til me`yorlariga amal qilgan so‘zdir. Uni mahorat bilan go‘zal tarzda yetkazib beruvchi ijodkor esa u dunyodagi eng daxshatli texnik quroldan ham kattaroq kuchga ega bo‘ladi. Mana shunday qudratli qurolni ishlata olgan buyuk ijodkor, yozuvchilardan biri Abdulla Qodiriydir. Buyuk va zabardast ijodkorimiz bo‘lgan Abdulla Qodiriy XX asrning ko‘zga ko‘ringan, asarlari qalbimizdan joy olishga ulgurgan, fidoyi insondir. U butun umr halol, rostgo‘y va haqiqatparvar inson bo‘ldi, hattoki uning har bir asarining bosh qahramonlarini shunday bo‘lishiga da`vat etgan. Misol uchun uning birgina suddagi nutqiga ahamiyat beradigan bo‘lsak, unda shunday jumlalar bor: ”Men to‘g‘rilik orqasida bosh ketsa “ih” deydigan yigit emasman… Ko‘nglida shamsi g‘uboroti, teskarichilik maqsadi bo‘lmog‘on sodda, go‘l, vijdonlik yigitga bu qadar xo‘rlikdan o‘lim tansiqroqdir. Bir necha shaxslarning orzusicha ma`naviy o‘lim bilan o‘ldirildim. Endi, jismoniy o‘lim menga qo‘rqinch emasdir”. Haqiqatdan ham, Abdulla Qodiriy haqiqatgo‘y, rost so‘zni so‘zlaydigan va shu yo‘ldan hech qachon qaytmay kurashgan buyuk so‘z san`atkoridir. U o‘z asarlarida ham hamisha shu haqiqato‘ylikni targ‘ib qildi. “Abdulla Qodiriyning prozasi va publisistikasi bugun ham o‘zbek yozuvchilari uchun foydali saboqlarga to‘la. Masalan, o‘z ijodida, ayniqsa, satirasida Abdulla Qodiriyning o‘zbek folklorlarida eng ko‘p tarqalgan qudratli vositalaridan juda keng va muvaffaqiyatli foydalana olgan. Abdulla Qodiriyning ko‘p foydalangan bunday vositalaridan biri—pichingdir”. Ya`ni asarlarida piching va shunga o‘xshash kinoya va tashbehlarni o‘z me`yorida qo‘llay olgan ayniqsa satirik va yumoristik asarlarida. Yozuvchi “Turkistonning—ichi sonida “muxbirlarimizdan” bittasi bir narsani yozubdirki, o‘qib ko‘rib, naq muxbirning og‘zini yorib yuborgim keldi”—deb gap boshlaydi o‘zining “Og‘zingga qarab gapir” nomli xangomasida. Bu asar satirik ruhdagi asarning yorqin namunasi. Undagi voqealar yashirin emas, balki ochiq-oydin holatda kulgi ostiga olingan. Shu o‘rinda satira haqida aytib o‘tilishi o‘rinlidir. Satira lotincha so‘z bo‘lib, “qurama, har xil narsa” degan ma`noni ifodalaydi. Satira— komiklikning bitta turi bo‘lib, tasvir obyektini ayovsiz kulgi vositasi orqali anglashdir. Voqelikni badiiy aks ettirishning o‘ziga xos badiiy ko‘rinishi bo‘lib, unda jamiyatdagi bema`ni, asossiz, noto‘g‘ri hodisalar, illatlar fosh etiladi. Voqealarning real ko‘rinishini o‘zgartirib,oshirib, bo‘rttirib, mubolag‘a qilish, keskinlashtirish va 55 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 2 issue 24 (46) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 shartlilikning boshqa ko‘pgina turlari yordamida yaratilgan obraz orqali Satira obyektiga “ishlov” beriladi. Satira muallifi komiklikning boshqa turlaridan ham foydalanishi mumkin, biroq satir uchun salbiy tus berib, keskin ifodalangan estetik obyekt xarakterli hisoblanadi. Qo‘shimcha tarzida shuni aytib o‘tish o‘rinliki, A.Qodiriy o‘zining satirik ruhdagi asarlariga Julqunboy, Dumbul va Tarsak kabi taxalluslari ni qo‘llagan. Asarga qaytadigan bo‘lsak, unda shunday mazmudagi gap keltiriladi: — “ Isroflik to‘y…Samarqandda o‘rtoq Qurbi o‘g ‘illarini kestirdi. 3-4 kun to‘y berdi, birikki milliard pul ketdi… To‘yga isrof qilgan aqchasini “Ko‘mak uyushmasiga”4 berganda foydali bo‘lar edi…”.Xususan, A. Qodiriy bu yerdagi vaziyatda muxbirga murojaat qilish orqali butun bir boshli o‘zbek xalqini g‘aflat uyqusidan uyg‘otmoqchi bo‘lmoqda. Bizning o‘zbek millatimizdagi dolzarb masalarlaridan biri bu—to‘ydir. Haqiqatdan, o‘tmishda ham, hozirda ham barcha otaona yig‘ib terganini, uyidagi bor narsasini ham sotib bo‘lsa ham, orzu-havasli to‘y qilishni xohlashadi, vaholanki, uning ertasiga yoki kelajakda kutiladigan falokatlarni yoki moddiy yetishmovchiliklarni hisobga olishmaydi. Biz sevib tomosha qiladigan o‘zbek filmlaridan birida shunday jumla keltiriladi: “To‘y to‘ydek bo‘lsin, mahallada duv-duv gap bo‘lsin”. Nahotki, baxt pulda yoki hashamatda emasligini ota-onalar, qarindoshlar va umuman butun bir jamiyat anglab yetishmasa? Nahotki, butun bir boshli xalq uyquda bo‘lsa? Shu o‘rinda Niyoziy ustozning she`rlaridan bir parchasini keltirib o‘tish o‘rinlidir: “Bu na vahshat, na jaholat er, qiz-u pir-u juvon, Domi g‘aflatdan xalos o‘lmoqqa imkon istamas”. A.Qodiriy muxbirga qarata bu gaplarni aytish mening ham qo‘limdan keladi, yozaman desam sendan ham yaxshi yozaman, ammo har bir gapda andisha kerak, yaniki “so‘zni aytgil uqqang‘a…”—degan mazmundagi gapni keltiradi va asarini muxtasar qiladi. Yozuvchi bu yo‘nalishni ko‘plab asarlariga dolzarb mavzu qilib olgan. Shu o‘rinda “Baxtsiz

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Abdulla Qodiriy asarlarining naqadar serqirra va rangbarangligi, xususan, uning satirik va yumoristik ruhdagi kichik asarlari tahlili qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Abdulla Qodiriy asarlarining naqadar serqirra va rangbarangligi, xususan, uning satirik va yumoristik ruhdagi kichik asarlari tahlili qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
isrof, zakot., xatm, ro’za, Muxbir
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники