Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
QAYDU MIRZO IBN PIR MUHAMMAD QOBULIY SHOHRUH MIRZONING NOIBI SIFATIDA
MIRZONING NOIBI SIFATIDA · Abdumutalibov Abduhalil Abduhamid oʻgʻli
Interpretation and researches · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Temuriy shagʻzodalardan biri yani Pir Muhammad Qobuliyning katta oʻgʻli boʻlmish Qaydu Mirzo haqida soʻz yuritilgan. Shagʻzodaning otasidan qolgan viloyatlarda hukumronlik qilishi, Shohruh Mirzoga qarshi bosh koʻtargani va oxiri Shohruh tomonidan qolga olinganligi tarixiy manbalar va ilmiy adabiyotlar asosida keng miqyosda yoritib berilgan. Tayanch soʻzlar: Qaydu Mirzo ibn Pir Muhammad Qobuliy, Shohruh Mirzo, amir Baxlul, Xuroson, otaliq, Pir Ali Toz, navkar, Boyqaro Mirzo, Balx hukumatini Mirzo Qayduga beradi, Mirzo Qayduni Ixtiyoruddin qal’asida qamoqda saqlashga buyuradi. Kalit so‘zlar: Shohruh Mirzo, Pir Muhammad Qobuliy, shagʻzoda, Qaydu Mirzo, noib, amir, isyon, viloyat, qoʻshin, hokimiyat. Qaydu Mirzo Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning toʻngʻich oʻgʻli boʻlib, Amir Temurning katta oʻgʻli Jahongir Mirzoning nabirasidir. U 1396-yilda tavallud topgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, sohibqiron Temur vafot qilgan vaqtda Qaydu Mirzo 9 yoshli shagʻzoda boʻlgan. Pir Muhammad Mirzo vafot qilgach Kobul, Qandahor, Gʻaznadan tortib to Shimoliy Afgʻonistonda tashkil topgan viloyatlar uning katta oʻgʻli hisoblangan Qaydu Mirzoga suyurgʻol qilib beriladi. Qaydu Mirzo ibn Pir Muhammad Qobuliyning Qandahordagi faoliyati va Shohruh Mirzo bilan olib borgan aloqalari juda ham muhim hisoblanadi. Qaydu Mirzoning otasi vafot etgandan soʻng Shohruh Mirzo unga quyidagi mazmunda yorliq joʻnatadi: “Mirzo Pir Muhammadning aziz farzandi boʻlmish Mirzo Qaydu bahodirga inoyat qildi hamda unga nasihat qilib: ehson va adolat yordamida u mamlakatga ravnaq va obodonlik bagʻishlash, xavfli oqibatu katta baxtsizliklar keltiruvchi zulmu bedod va jabru fasod andishasini nurli zamiriga yaqin keltirmaslik, odat va fе’l-atvor jilovini aql va ziyraklik qoʻliga tutqizib, es-hushini soʻzlari mazmuniga yoʻnaltirish, mulk obodonligini yangilovchi boʻlgan yaxshi nom ham davlat qoidalarini mustahkamlovchi boʻlgan duo xayrni ulugʻlar nazdida arzimas narsa deb hisoblamaslik lozimligini buyurdi14.” Qaydu Mirzo yosh boʻlganligi tufayli Shohruh Mirzo unga amir Baxlulni otabek qilib tayinlaydi. Bu amir Baxlul Shayx Nuruddinning muxolifatchiligi vaqtida u bilan ittifoqdosh edi. Shayx Nuruddin magʻlubiyatga uchragan vaqtda amir Bahlulni Shohruh Mirzoning huzuriga olib keladilar. Shohruh Mirzo uning barcha gunohidan kechib, Mirzo Qayduga otaliq qilib qoʻydi, chunki u Amir Tumur zamonida Mirzo Qayduning otasi boʻlmish Mirzo Pir Muhammadning qoʻl ostidagi mulozim boʻlib xizmat qilgan edi. 14 Aбдурaззoқ Сaмaрқaндий. Мaтлaи сaъдaйн вa мaжмaи бaҳрaйн: / Фoрс тилидaн тaржимa вa изoҳлaр муaллифи A.Ўринбoев. – Тoшкент: 2008. – Б. 310. 51 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 2 issue 24 (46) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Bahlul Qaydu Mirzoning otaligʻi boʻlib olgach, hukumatga oʻchligi tufayli shahzodaning buyruqlarini bajarmasdan, itoatkor boʻlishdan bosh tortib, Hasan Axtochi, Luqmon Qaro va Usmon Alilar kabi bir guruhni oʻziga ittifoqdosh qilib oldi va hammalari Mirzo Qayduni oradan koʻtarib uning oʻrniga oʻz ukasi hisoblangan Mirzo Sanjarni taxtga chiqarishga astoydil harakat qilganlar. Mirzo Qaydu bundan habardor boʻlib, bu ahvol haqida Shohruh Mirzoga xabar yеtkazadi. Shohruh Mirzo esa Amir Nushirvon va bir guruh sarkadalarni va oʻn ming qoʻshin bilan isyonni bostirishga joʻnatadi va Mirzo Qayduni oʻz oʻrniga qoʻyib, uning muxoliflarini esa hibsga olib huzuriga keltirishlarini buyuradi. Tez orada Shohruh joʻnatgan yordam kuchlar yetib keladi va Mirzo Qayduga lashkarlariga kelib qoʻshiladi, birlashgan qoʻshin isyonchilar ustiga yurish qiladi. Birlashgan qoʻshinga dosh berolmay isyonchilar magʻlub boʻladilar. Mirzo Qaydu esa zafar quchib, oʻz suyurgʻor taxtiga yana qayta oʻtiradi. Bahlul barlos va Hasan Axtochi Shohruh Mirzoning oldiga yani Xurosonga olib borib va amirlarni barcha qilgan ayb ishlari boʻyniga qoʻyiladi. Shohruh ularning qilgan isyonini boshqa qaytarmaslik sharti bilan kechirib yuboradi. Qaydu Mirzo oʻz tasarrufidagi viloyatlarni sekin astalik bilan mustaqil ravishda boshqara boshlaydi. 1415-yilda Shohruh Mirzo akasi Umarshayx Mirzoning oʻgʻli Boyqaro Mirzoni Fors mamlakatidan olib, Qaydu Mirzo huzuriga joʻnatadi. Qaydu Mirzo uni xurmat-ehtirom bilan kutib oladi. Ammo Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Boyqaro Mirzo Kobulda ham tinch yurmay, Qaydu Mirzoning joniga qasd qiladi. Bundan xabardor boʻlgan Qaydu Mirzo uni darhol qamoqga olib, Shohruh Mirzoga maktub yoʻllaydi. Shohruh Mirzo uni “Sind suvidan oʻtkazib yuborilsin, toki u Hind mulkida qaysi joyni istasa oʻsha yеrda tursin”, deb farmon yuboradi. Shundan soʻng Qaydu Mirzo xar holda oʻz tasarrufida boʻlgan yеrlarda markaziy hokimiyatdan mustaqil ravishda hukmronlik qilish orzusiga tushadi. Qaydu Mirzo oʻz tasarrufidagi viloyatlarda oʻz nomidan pul zarb qilish va xutbani oʻz nomiga oʻqilishini talab qilib, viloyatlarga farmon joʻnatadi. Hindiston voliysi Xizrxonga “Hind mulklarida Qunnuj shaxridan tortib to Multon chegaralarigach
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Temuriy shagʻzodalardan biri yani Pir Muhammad Qobuliyning katta oʻgʻli boʻlmish Qaydu Mirzo haqida soʻz yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Temuriy shagʻzodalardan biri yani Pir Muhammad Qobuliyning katta oʻgʻli boʻlmish Qaydu Mirzo haqida soʻz yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Qaydu Mirzo, isyon, amir, Pir Muhammad Qobuliy, qoʻshin, Shohruh Mirzo, hokimiyat., viloyat, noib, shagʻzoda
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025