К содержанию
РецензированоRU1969

MA’NAVIYATNI SHAKILLANTIRISHDA KOMPONENT TAHLILNING O‘RNI

Qodirova Nargizaxon Abdusattor qizi

Interpretation and researches · 2 · 1969

Аннотация

В статье выявлен анализ компонентов травяных лексем в формировании духовности в разных систематических языках, их состав и различия в узбекском, турецком и персидско-таджикском языках. Ключевые слова: семантика, систем, анализ, лингвистический и компонентный анализ. Annotation: In the article, the analysis of the components of grass lexemes in the formation of spirituality in different systematic languages, their composition and differences in the Uzbek, Turkish and Persian-Tajik languages is revealed. Key words: semantics, systema, analysis, linguistic and component analysis. Tilshunoslikka oid lug‘atlarda bevosita tilni o‘rganish, uni tadqiq qilish bilan bog‘liq jihatlariga e’tibor qaratiladi. Jumladan, S.О.Аhmanova tomonidan 1969 yilda chop etilgan “Lingvistik terminlar lug‘ati kitobida” "Til birligining ikkilamchi komponentlarini bir xil darajadagi turli lingvistik birliklarni bir-biridan ajratishga qodir bo'lgan differentsial xususiyatlar sifatida aniqlash",- deb ta’riflanadi.[1-532] Komponent so‘zi esa tarjima lug‘atida “komponent, tarkibiy qism” [2-456] deb izohlansa, tilshunoslikka oid lug‘atlarda “Komponent (lot. componens — tashkil etuvchi). Biron til (nutq) birligining tarkibiy qismi” sifatida ta’riflanadi. Bevosita “komponent” va “tahlil” so‘zlarining birikuvidan yuzaga kelgan “komponent tahlil” termini mazkur so‘zlarning ma’nosi va ular anglatgan tushunchalar asosida shakllangan. Tilshunoslikda bu termin “Komponent tahlil. Bir sathga mansub til birliklarini o‘zaro farqlaydigan komponentlarni — differensial belgilarni topish, shunday kombinatsiyalarga ajratish. Маs., sememani semalarga ajratish (sememaning semalar tarkibini belgilash)”. [3-45] “KOMPONЕNTLARNI TAHLIL QILISH. Tahlil birliklari lingvistik birlikning qismlari (elementlari) (nominativ-kommunikativ yoki struktur) ekanligiga asoslangan texnika. Komponentlarni tahlil qilish metodologiyasi Qozon va Moskva Tilshunoslik maktablari tomonidan ishlab chiqilgan. Komponent tahliliga misollar: 1) so‘zni morfemik va morfologik tarkibiga ko‘ra tahlil qilish; 2) jumlani tahlil qilish (mantiqiy, grammatik va semantik bo‘linishi bilan); 3) normativ lug‘atda so‘zlarni talqin qilish. Bir qator tadqiqotlarda komponentlarni tahlil qilish diskret tahlil sifatida ko‘rib chiqiladi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi: 1) leksik ma’noni semelarga ajratish; 36 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 2 issue 24 (46) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 2) ularning matritsa tavsifi; 3) semantik darajaning leksik darajaga qarama-qarshiligi; 4) tahlil metodologiyasini tavsiflash metodologiyasi bilan almashtirish; 5) tahlil markazida tematik qator – bu diskret komponentlarni tahlil qilish metodologiyasining mohiyatini tashkil etuvchi qarama-qarshi monosemalar, uning matritsa tavsifi va kontekstual tasdiqlash to‘plami. Ushbu tahlilning kamchiliklari quyidagilardan iborat: 1) tematik qatorlar ixtiyoriy tanlanadi, 2) “so‘zning ma’nosi”, “so‘zning mazmuni”, “monosema” tushunchalari farq qilmaydi. Monosema tizimi so‘zning ma’nolarini emas, balki tushunchalarni o‘rganish uchun ishlatiladi. Komponent tahlilini normativ tahlil va konteksual tahlil bilan to‘ldirish kerak”. [4-160] Komponentlarni tahlil qilish vositalariga, xususan, so‘z ma'nosining tuzilishini,uning tarkibini yoki ikki yoki undan ortiq so‘zlarning ma'nolaridagi farqlarni aniqlash uchun lug‘at ta'riflarini tahlil qilish bo‘lgan ta'rifiy tahlil kiradi.Bu esa o‘z navbatida tadqiqotning sohaviy lug‘at tuzilishi uchun xizmat qilishini yana bir bor ko‘rsatib o‘tadi.Komponentlarni tahlil qilish modelida ta'rifiy tahlil oilalarni aniqlash vositalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, shuni esda tutish kerakki, tushuntirish va sohaviy lug'atlarini tuzuvchilar tomonidan allaqachon amalga oshirilgan tarkibiy tahlil natijalaridan foydalanmoqdamiz. Manbalarda keltirilishicha, so‘zlarning nutqda ishlatilishi ularning tanlanishi, ya’ni boshqa so‘zlar bilan semantik aloqasi va ma’lum so‘zlarning boshqa so‘zlar bilan ma’no jihatdan birikish qobiliyatiga bog‘liqdir. So‘zlarning tanlanishi ularning ma’lum leksik-semantik paradigmalarga u yoki bu semantik belgilari (semalari) asosida birlashuvi deb qaraladi.[5-102] Dugona ( انوگود egizak,ikkita) leksemasi tojik tilida ham дугона shaklida berilgan. O‘zbek tilida dugona fors-tolik tilidan o‘zlashgan leksema bo‘lib o‘rtoq,do‘st (xotin qizlar haqida) ma`nosini anglatadi:Davru davroningizda biz ham to‘yib handalak yeylik, dugonajon!(O.Yoqubov,Er boshiga ish tushsa). Arkadaş (dugona,do‘st)-turk tilida ham dugona va do‘st leksemasi bor. Nedret`in ” arkadaşlari bizi nezaketen davet ettiler.(Mahmut Yesari) Ma`nosi:Nedretning do'stlari bizni xushmuomalalik uchun taklif qilishdi. Yuqorida berilgan dugona leksemasi uchta tilda farqlanuvchi bo‘lib kelayotganligini ko‘rish mumkin.Masalan tojik tilida egizaklarga nisbatan dugona leksemasi ishlatiladi va ularning jinsi farq qilmaydi.Lekin o‘zbek tilidagi ma`nosiga e`tibor qaratadigan bo‘lsak faqa

Доказательный фрагмент

«В статье выявлен анализ компонентов травяных лексем в формировании духовности в разных систематических языках, их состав и различия в узбекском, турецком и персидско-таджикском языках.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье выявлен анализ компонентов травяных лексем в формировании духовности в разных систематических языках, их состав и различия в узбекском, турецком и персидско-таджикском языках. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
semantics, systema, analysis, linguistic and component analysis, tahlil, lingvistik va komponent tahlil., tizim, semantika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники